Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchilari sayyor dars mashg'ulotida
Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish va bir necha xorijiy tillarda erkin muloqotga kirisha oladigan jamiyatni shakllantirish davr talabiga aylandi. Zero, bu haqida davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu qarorni ijrosini ta'minlash maqsadida Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti X.SH.Saidov filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 1- bosqich 11-11ing-24 guruh talabalari bilan “O'qish va Yozish” fani bo’yicha amaliy mashg’ulotni 10.12.24 kunida sayyor dars sifatida o’tkazishdi. Sayyor dars mavzusi "Sentence construction (subject +verb agreement, word order)” bo'lib, talabalarga ushbu fanning muhim jihatlari hamda asosiy terminlari o'qituvchi tomonidan tushuntirilib o'tildi.
Talabalar atrof -muhit hamda tabiatni tasvirlashar ekan, nutqlaridagi gap qurilishi hamda so'zlar tartibiga alohida e'tibor qaratildi va yo'l qo'yilgan kamchiliklar o'qituvchi tomonidan tuzatildi.