Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchilari sayyor dars mashg'ulotida
Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish va bir necha xorijiy tillarda erkin muloqotga kirisha oladigan jamiyatni shakllantirish davr talabiga aylandi. Zero, bu haqida davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi A.X.Artikov filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 1- bosqich 11-10ing-24 guruh talabalari bilan “Amaliy gramatika” fani bo’yicha amaliy mashg’ulotni 02.12.24 kunida sayyor dars sifatida o’tkazishdi. Sayyor dars mavzusi "Using Dictionaries” bo'lib, talabalarga ushbu fanning muhim jihatlari hamda lug'atlar bilan ishlash tartibi o'qituvchi tomonidan tushuntirilib o'tildi. Talabalar sayyor dars davomida ijtimoiy tarmoqlarda keng foydalaniladigan lug'atlar hamda tasvirlash vositalari haqidagi savollarga javob berishda faol qatnashib mavzuga doir turli fikrlar bildirishdi.