November 26

Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Yong'in xavfsizligi oyligi" mavzusida ma'rifat soati davra suhbati o'tkazildi

BuxDU xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida o'tkazilgan bugungi ma'rifat soati davra suhbatida quyidagi muhim masalalar haqida to'xtalib o'tildi:

Yong‘in xavfsizligi qoidalari odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yong‘inlardan himoya qilish maqsadida O‘zbekiston hududida umumiy yong‘in xavfsizligi talablarini belgilaydi.

Tashkilotlarning xodimlari hamda fuqarolar quyidagilarga majburdirlar:

a) normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, normativ hujjatlarda, davlat yong‘in nazoratining hujjatlarida va Qoidalarda nazarda tutilgan yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilishga;

b) gaz va maishiy elektr asboblaridan, maishiy-kimyo vositalaridan foydalanishda, yengil alangalanuvchi suyuqliklar (YeAS) va yonuvchi suyuqliklar (YoS) bilan hamda yong‘in xavfliligi jihatidan xavfli bo‘lgan boshqa moddalar, materiallar va uskunalar yordamida imshlarni bajarishda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga;

v) yong‘inni sezib qolganda zudlik bilan bu haqda yong‘indan saqlash xizmatiga xabar qilishga hamda odamlarni, mol-mulkni evakuatsiya qilish va yong‘inni o‘chirish yuzasidan choralar ko‘rishi kerak.

Obektlar Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq soz holatdagi yong‘inga qarshi texnik himoya vositalari, yong‘in o‘chirishning birlamchi vositalari va boshqa yong‘in texnikasi, shuningdek, tezkor aloqa vositalari bilan ta'minlangan bo‘lishi kerak.

Ishlab chiqarish va omborxonalarning eshiklari (darvozasi)ning tashqi tarafiga, shuningdek, tashqi qurilmalarning hududiga mazkur Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq portlab yonish va yong‘in xavfi bo‘yicha toifalarning hamda zonalar klassining belgisi o‘rnatilishi kerak.

“A” va “B” toifalariga mansub xonalarning eshiklariga qo‘shimcha ravishda mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarining ma'lumot kartasi o‘rnatilishi kerak.

Har bir fuqaro yong‘inni sezganda quyidagilarni bajarishi majbur:

a) zudlik bilan “101” telefon raqami orqali Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV)ning yong‘in-qutqaruv bo‘linmasiga xabar berish (xabarda voqea sodir bo‘lgan manzil, yong‘in chiqqan joy va o‘zining familiyasini aytish);

b) odamlarga xabar berishga va ularni evakuatsiya qilish choralarini ko‘rish;

v) imkon qadar mavjud yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari bilan yong‘inni o‘chirish choralarini ko‘rish.