October 16

Toshkent xalqaro investitsiya forumi 1 2 3 (O'zbekistonga nima beradi) tahlili

Birinchi Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi

2022-yil 24-26 mart kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan. Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida dunyoning 56 mamlakatidan 2 mingdan ortiq ishtirokchilarni qatnashgan. Forum yakunlari bo‘yicha 7,8 mlrd dollarlik aniq shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolandi. Shuningdek, qiymati 3,5 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Toshkent xalqaro investitsiya forumini o‘tkazish uchun 15 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan.

Ushbu Xalqaro investitsiya forumi Markaziy Osiyo uchun yangi platforma bo'lib, buning O'zbekistonda o'tkazilishi yurtimizning siyosiy va iqtisodiyot jihatdan mavqeyiga ijobiy ta'sir qiladi.

Jumladan Respublikamizning jadal rivojlanayotgan bozor tizimiga ko'plab xorijiy investitsiyalar jalb qilishga yordam beradi. Bundan tashqari Yevrosiyo savdo yo'llari infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari bo'yicha logistika infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari bo'yicha hamda iqtisodiyotni erkinlashtirish davlat dasturi haqida to'liq ma'lumotlarga, tasavvurga ega bo'lishimiz uchun imkoniyat yaratib berdi.

Ikkinchi Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi

2023-yilning 27-28 aprel kunlari Congress Hall Tashkent City’da Ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib otdi. Umuman, forumda 70 mamlakatdan 2500 ga yaqin biznes va moliya sohasi vakillari ishtirok etdi.

Forum yakunida 167 ta investitsiya loyihasini oʻz ichiga olgan 11 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi. Bular energetika, ko'chmas mulk va infratuzilmani rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Jumladan, yirik bitimlar orasida Acwa Power (Saudiya Arabistoni) tomonidan Qoraqalpog‘istonda quvvati 5 GVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi va 1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi qurilishi kiradi.

Bundan tashqari, O'zbekiston hukumati investitsiya muhitini soddalashtirish bo'yicha ham qadamlar tashladi. Xorijiy sarmoyadorlar endi soddalashtirilgan bojxona tartib-tamoyillaridan, investorlarga kerak bo'ladigan 7000 dan ortiq tovarlar uchun bojlar bekor qilindi yoki chegirmali tariflar joriy qilindi, mulkka egalik qilish va rezidentlik qilish bo‘yicha yengillashtirilgan qoidalardan foydalanmoqda. Xalqaro tijorat sudining tashkil etilishi ham investorlarning ishonchini oshiradi va bu o'zaro ishonchni ta'minlaydi.

Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi

2024-yil 2-3-may kunlari Toshkent shahrida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo'lib o'tdi. Unda dunyoning 93 ta davlatidan ikki yarim mingdan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etdi. Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 26,6 milliard dollar bo‘lgan kelishuvlar imzolandi.

Forum natijalari:

-Bojxona to‘lovlarini pasaytirish to‘g‘risidagi rezolyutsiya tufayli biz Buyuk Britaniya va Qozog‘istondagi kabi adolatli narxlarni o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldik, – deydi «Tashkent City Mall» savdo va marketing direktori Ilya Lyapustin.

-Raqamli texnologiyalar vazirligi, Energetika vazirligi va Data Volt axborot texnologiyalari kompaniyasi o‘rtasida "yashil" texnologiyalarga asoslangan data-markazni qurish bo‘yicha kelishuv forumning asosiy yutuqlaridan biri bo‘ldi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi va "Al Bawani Capital" kompaniyasi o'rtasida Sirdaryo-Baxt halqa avtomobil yo'lini qurish va Toshkent-Samarqand yo'lini rekonstruksiya qilish bo'yicha o'rnatildi. Imzolanganlar kelgusidagi investitsiya tashabbuslari uchun asos bo'lishi kutilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi