March 4

Mermaid and King love 🎀

Choson qirolligi.

Qirol Min ning vafotidan soʻng taxtga chiqqan Min Yoongi butun mamlakatni zir titratdi.

Yangi qonun va qarorlar xalqni ayanchli ahvolga solib qoʻygandi.

Qirol va amaldorlar ustidan qoʻzgʻolon koʻtargan har qanday shaxs shubxasiz hiyonatda aylanib Qatl qilinardi.

Qirol Min Yoongi

Oddiy aholi garchi Shahzoda Park Jimin taxtga chiqishini hohlashsa ham buni amalga oshira olishmasdi.

Shahzoda Park Jimin marhum qirolning tutingan farzandi edi.

Shahzoda Park Jimin

Qirol Min Yoongi oʻgay ukasi Jimin taxt uchun urush qilishi mumkin deb hisoblardi. Oldidagi tekinxoʻr amaldorlar esa bunga ishontirishardi.

Lekin shahzoda chumoliga ham ozori yetmaydigan yigit. U akasini juda yaxshi koʻradi. Uning har bir soʻzini qonun deb bilardi.


Qadimiy afsonalarda aytilishicha haliham suv parilari mavjud. Ular Cheonjan togʻlari ortidagi dengizda yashaydi. Kimki, omadi kelib Suv parisini oʻziga boʻysundirsa va unga egalik qilsa u abadiy hayot va tugab bitmas boylik orttiradi. Juda koʻp odamlar oʻz omadini sinab koʻrgan. Biroq suv parisi uchun borganlarning hech biri tirik qaytmagan...


Gʻarazgoʻy amaldorlar nihoyat Shahzoda Jiminni oson oʻldirish rejasini topishdi.

Qirol: Jimin senga muhim topshiriq bor

Jimin: buyrugʻingiz shubxasiz bajariladi hazrati oliylari

[Qirolni (q) qilib yozaman]

Q: Seni Cheonjan togʻlariga yuboraman, suv parisini menga olib kelasan.

Jimin oʻylanb qoldi.

Akasi uni bunday xatarli va hali hech kim uddalay olmagan topshiriqqa yuborishini

Oʻylamagandi.

Qirol: Nima boʻldi qoʻrqyapsanmi?

Jimin: Yoʻq qirolim qoʻrqmayapman. Lekin bu topshiriqni bajarishga ojizlik qilaman deya oʻylaypman...

Q: shahzoda Park Jimin men senga Cheonjan togʻlariga borib menga suv parisini tutishni buyuraman! Rad etsang qirolga boysunmaslikda ayblanasan va oila aʼzolarining bilan qatl qilinasan!!!

Jiminning endi tanlov imkoniyati yoʻq edi. Taʼzim qilgancha qirolning buyrugʻini qabul qildi.


Koniyan dengizi...

10 kun avval yoʻlga chiqqan shahzoda Park Jimin Cheonjan togʻlarini zabt etib dengizga yetib kelgandi.

Koʻpchilik kemalar bu dengizdan qaytmagan. Shahzoda buni yaxshi bilardi. U oʻzini emas u bilan birga kelgan ovchilardan xavotir olardi. Akasi uni bu yerga tirik qaytmasligi uchun yuborganligini bilardi. Bu ovchilar ham uning kasofatiga qolishini oʻylarkan yuragi achishardi.

Dengiz atrofi qoyatoshlar bilan oʻralgan kirish qismi faqat bitta edi. Kemalarning hammasi uyerga kira olmasdi.

Shahzodaning buyrugʻi bilan kemalar suzib ketish uchun qulay boʻlgan yerga toʻxtatildi. Ovchilar tez yurar qayiqlarga oʻtirishdi. Qirg'oqqa chiqqan ovchilar juda koʻp yerlarga toʻr tashlashdi.

Shahzoda esa bundan hayron boʻlardi.

Suv parilari baliq emaski toʻrga oson ilinadigan.

Jimin shu paytgacha suv parisini koʻrmagan. Biroq uni koʻrgan insonlar uni juda koʻp taʼriflashadi.

Kimdir farishta kabi goʻzal desa, yana kimdir uni jodugar deb ataydi.

Jimin barchaga tushlik qilishni buyurdi .

Oʻzi esa oʻylab olish uchun dengiz qirgʻogʻiga keldi. Dengizni tomosha qilgancha endi nima qilishini oʻylarkan 30 metr narida toʻr ichiga kimdir kirib qolganini koʻrdi.

Sekinlik bilan uyerga bordi.

Ovchilar ancha narida tushlik qilishyapti.

Jimin ularga bir qarab qoʻydi-da toʻr oldiga keldi.

Toʻr ichidagi oddiy baliq emas, haqiqiy suv parisi edi. U tipirchilgancha toʻrdan chiqib ketishga urinardi.

Jiminni koʻrib joyida qotib qoldi.

Jimin uchun bu dumli yarim inson qiziqarli boʻlsa

Pari uchun bu ikki oyoqli odamni kuzatish hayratlanarli edi.

Jimin: Sen suv parisimisan? ... Koʻzlarimga ishonmayman!! Men mavjud emassizlar deb oʻylardim.

Jimin parining oldiga yana bir qadam tashlarkan suv parisi havotirli qimirladi.

Jimin: Qoʻrqma senga zarar yetkazmayman!

Jia : Pff zarar yetkamasmish unda nega buyerga kelding??

Jimin uning ovozini eshitib qoʻrqib ketdi.

Rangi dokadek oqarib ketarkan :

Jimin: sen gapirishni bilasanmi?

Jia unga boshqa gapirmadi, yana tipirchilgancha toʻrdan chiqishga urindi.

Jimin: Nima qilmoqchisan ?

Jia : Kormayapsanmi qochyapman

Jimin : istasang yordam beraman?

Jia ...?

Jia unga savo nigohi bilan qarab turarkan Jimin pichoq chiqardi.

Jia qoʻrqib ketdi .

Jmn: Qoʻrqma men toʻrni ketmoqchiman

Jia qimirlamay turarkan Jimin sekin toʻrni kesdi.

Soʻngi yelkalarida oʻralashib qolgan toʻrlarni kesarkan, parining yelkasidagi tangachalariga qoʻlini tekkizdi. Sekin silamoqchi boʻlarkan, Jia undan qochdi.

Jimin suv ostida katta tezlik bilan suzib kirib ketgan pariga qararkan, ilk bor noyob mavjudodni koʻrganidan hayratda edi.


Jimin pariga rahmi kelgani uchun uni qoʻyib yubordi. Biroq qirolning buyrugʻini unutib qoʻygandi.

Agar Suv parisisz borsa qirol uni va oila aʼzolarini qatl qildiradi.

Jimin shularni oʻyladi.

Biroq oradan 2 hafta oʻtsa ham boshqa suv parisini tuta olishmadi.

Hafsalasi pir boʻlgan ovchilar allaqachon oʻz oʻlimlariga rozi boʻlishgandi.

Shahzodaning buyrugʻi asosida kemalar ortiga qayta boshladi. Biroq kemalar dengiz oʻrtasiga yetganda toʻfon boshlandi.

Dengiz oʻrtasidagi girdob barcha kemalarni oʻz domiga tortib keta boshladi.

Shahzoda oʻtirgan kema girdobga tushib qoldi. Toʻfon kemani chirpirak qilib aylantirib yubordiyu toʻgʻri qoyatoshlarga urdi.

Baʼzi kemalar dengiz girdobidan qutulishga muvaffaq boʻldilar.

Ular shahzoda uchun qaygʻurishdi. Biroq endi uni qutqara olishmasdi. Bu katta toʻfon kemalarni oʻz yoʻliga solib yubordi.


Jimin kema girdobga tushganini sezdi.

Endi ortga yoʻl yoʻq edi. Kema qoyatoshlarga borib urilarkan, boshida kuchli ogʻriqni sezdi. Dengiz tubiga gʻarq boʻlarkan yashashdan umidini uzdi. Biroq bellariga teggan qoʻllar uni yuqoriga tortdi. Jimin quruqlikda ekanlgini sezdi. Biroq uning haloskori kim ekanligini

koʻra olmadi. Qattiq Oʻqchidyu nafas ololmay yoʻtala boshladi .

Boshidagi kuchli ogʻriq tufayli koʻzlarini ocha olmasdi. Asta hushdan ketdi .

Jia uni qutqargan inson kim ekanligiga qiziqardi. Aslida insonalar bilan koʻrishish suv parilari uchun taqiqlangan edi. Biroq Jia bu ikki oyoqli mavjudodni toʻliq oʻrganishni istardi. Otasining aytishicha insonlar vahshiy mahluqotlar edi. Lekin Jimin sira vahshiyga oʻxshamasdi.

Uning yonib turgan koʻzlari insonning qalbiga iliqlik baxsh etardi.

Tanasiga qoʻl tekkizganda butun tanasi seskanib ketgandi.

Jia u bilan yana uchrashishni hohlardi. Ammo biror ovchi uni koʻrsa shubxasiz tutib olardi.

Jia hali yosh boʻlgani tufayli sehrgarlikni uddalay olmasdi. Bor yoʻgʻi bir nechta afsunni bilardi.

Lekin u Jiminni koʻzdan qochirmadi. Har doim uni uzoqdan kuzatib turdi.

Oxirgi kuni ular ketarkan gʻamgin boʻlgancha uni kuzatdi.

Otasi va boshqa sehrgar suv parilari ularni oʻldirish uchun suv girdobini hosil qilishdi. Ular afsun yordamida katta toʻfon paydo qilarkan, Jia Jiminga zarar yetishidan qoʻrqib ketdi.

Lekin kech edi uning kemasi allaqachon qoyaga urilgandi.

Jia suv ostiga chuqur shoʻngʻidi va uning tanasini hech kim topa olmaydigan sharshara ortiga olib oʻtdi. Uning hushsiz ekanligini koʻrib afsun ishlatdi. Va uning jarahotlarini tuzatdi.

Jimin hamon hushsiz yotarkan Jia uning tanasini tomosha qilardi

Jia: Uning oyoqlari chiroyli ekan, tanasi ham. Yana u latta puttalarga oʻranib olibdi. Uning tanasida hatto tangachalar yoʻq ekan.

Tishlari ham kichkinagina.... bu tishlar bilan qanday qilib qisqichbaqalarni chaynash mumkin. Jia qoʻlini Jiminni ogʻziga solgancha uni ichkarisini tomosha qildi.

Ajoyib mahluqotni yetarlicha tomosha qilarkan tun tushganini sezdi. Jiminni yuzi oy nuri ostida yanayam kelishgan koʻrindi. Jianing yuragi tez ura boshladi.

Jia: Men... Men.... Uni sevib... Qoldim ...

Ha... Sevib qoldim...

Jia egilib Jiminning lablariga lablarini bosdi.

Uning qaynoq lablaridan oʻparkan, oʻzgacha his butun tanasini yondira boshladi.

Qalbida keskin paydo boʻlgan nomaʼlum tuygʻu parini ishqdan sarmast qilib qoʻydi.

Boʻsani tamomlab . Uni bagʻriga bosgancha uyquga ketdi.

.

.

.

Muallif : Jangsu 🌷