February 16

Without any feelings 💔

Without any feelings

4-qism

Toʻy oqshomi....

Yoongi: Sen qanday qilib???

Yoongi Yn ga qarar ekan tosh kabi qotib qolgandi.

Y/n : sizni bu yerda koʻraman deb oʻylamagan edim.

Yoongi: Men seni endi hech qachon koʻrmayman deb oʻylagandim..

~~~~~

Flashback: 10 yil avval.

Y/nning oyogʻida yana ogʻriqlar paydo boʻlgani tufayli shifoxonaga yotqizilgandi. Uni eng yaxshi shifokorlar qarashardi.

Y/n davolanayotgan shifoxonada Yoongi ham davolanayotgan edi. Yoongi juda koʻp qora dori isteʼmol qilishi tufayli aziyat chekardi. Otasi uni majburlab shifoxonaga yotqizgandi.

Y/n odatiy tekshiruvga ketayotgan edi.

Burchakda tamaki chekib oʻtirgan Yoongini koʻrdi. Uning oldiga bordi.

Y/n : Nega tamaki chekyapsz?

Yoongi nogironlar aravasida oʻtirgan qizaloqqa qararkan unga javob berishni istamadi.

Y/n : Chekish sogliq uchun zararli Yashashni istamaysizmi deyman?

Yoongi: ha istamayman. Bu lanati dunyoda yashashni istamayman. Senga nima A ?

Y/n: Men esa yashashni istayman

Y/n past va qaygʻuli ovozda gapirardi.

Y/n : Oʻz oyoqlarimda yugirishni istayman. Bolalar bilan quvlashmachoq oʻynashni istayman, Lekin koʻrib turganingizdek bunday qilolmayman.

Hayotda har doim ham biz istagandek boʻlavermaydi janob muhimi oʻzimizda bor narsani qadrlash! Siz aytayotgan laʼnati dunyoni oʻzgartirish oʻz qoʻlingizda!

Y/n aravasida uzoqlasharkan, Yoongi hayolga choʻmib qolgandi. 22 yil anglay olmagan haqiqatni bu qizcha 10 soniyada tushuntirgan edi.

Yoongi qizni koʻp qidirdi. Lekin faqat yuzi orqali topib boʻlmasdi. Yoongi uning fikriga qoʻshilgan holda oʻzi uchun adolatli dunyo yaratdi. Mafia toʻdalarini birin keyin yoʻq qilib Mafia Kingga aylandi. Hozirda Min Yoongi ismini eshitgan har bir insonni vujudiga titroq yuguradi.

Flashback tamom

~~~~~~

Y/n: Men sizni tanidim lekin meni taniysiz deb oʻylamagandim

Yoongi: Seni tanish qiyin emas . Umuman Oʻzgarmabsan yuzing haliyam yosh bolalarniki kabi)

Yn va Yoongi juda yaxshi kelishib olishganini koʻrgan Jk asabiylashdi.

Jk: Siz tanishmisiz🤨

Y/n: ha tanishmiz

Jk: Qanday tanish?!?

Yoongi: Buning tarixi uzun.

Jk yana nimadir demoqchi boʻldi-yu Uni boshqa mehmonlar chaqirib qolishdi.

Ora sira Yn va Yoongi tomon qararkan ular qiqirlab kulib suxbat qurayotganniga guvoh boʻlardi. Jk hali oʻzi yetarlicha suxbat qura olmagan rafiqasi bilan begona kulishayotganini koʻrib asabiylashardi.

Jk mehmonlar bilan suxbatlashar ekan bazmga eng soʻnggisi boʻlib kirib kelgan shaxs barchani eʼtiborini tortdi.

Shohona kiyimlarga burkangan baland poshnali tuflida qoʻshiqchi Rose kirib kelardi.

Atrofdagilar qarsak chalib kutib olishar ekan. Yn yaqin dugonasi kelganidan bagʻoyat hursand edi. Bugun uni unashtiruv marosimi emas balki bazm boʻlayotgandek his qilardi.

Rose qoʻshiq aytarkan. Barcha unga mahliyo boʻlib qoʻshiq tinglardi.

Uning farishta kabi jarangdor ovozi tomoshabinlarning yuraklariga yetib borar edi.

Rose keyingi qoʻshiqni tugatarkan, Oqshom ziyofati boʻlayotgan maydonga katta quti olib kelindi. Mehmonlar bu katta quti ichida nima borligiga qiziqishardi. Lee mikrofon koʻtarib oʻrtada paydo boʻldi.

Lee: Hurmatli xonimlar va janoblar bugun qizim yn ning unashtiruv bazmiga kelgan barchaga rahmat aytaman. Bu sovgʻa (Qutiga ishora qilarkan) qizim yn uchun ..

Yn bu sen uchun sovgʻa

Lee soʻzlarini tugatar ekan quti toʻrt tarafga ajralib. Ichidan Hechkim kutmagan mehmon Jimin chiqdi.

( Jimin taniqli Qoʻshiqchi.)

Qoʻlida bir dasta pushti lolalar bor edi. Jimin "Like Crazy" qoshigi yangrarkan. Bazmga kelgan yoshlar bogʻni larzaga keltirgudek qichqirishdi. Jimin qoʻshiq aytgancha kelib lolalarni yn ga berdi. Va yana ortiga qaytib davom etdi.

Shu paytgacha Rose va Jimin birorta toʻy marosimida ishtirok etmagan edi bu ular uchun obroʻsiga putur yetkazardi . Lekin Rose Ynga yoʻq deyolmagani kabi Jimin ham Leening taklifini rad etolmadi.

Unashtiruv marosimi konsertga aylandi. Rose va Jimin navbatma navbat qoʻshiq aytarkan har bir qoʻshiq koʻplab olqishlarga sazovor boʻlardi.

Unashtiruv marosimi konsert boʻlib nihoyasiga yetdi.

Mehmonlar tarqar ekan faqat asosiy mehmonlar Jk, Yoongi, Jimin, Rose , yn va Lee yumaloq stol atrofiga yigʻildi ( ynning oʻgay onasi kasalman deya bahona qilib bazmda ishtirok etmagandi.

Dasturxonga anvoyi taomlar tortilarkan. Qizgʻin suxbat boshlandi.

.

.

.

.

.

.

Avtor: Jangsu 🌷🫶🏻

Kanal: Rubyjane fanfic💖🫶🏻