#Reaksiya by Aerin
~ Yaqinda katta muvaffaqiyatga erishgan "Kim Group" bugungi kunda oʻzi uchun masʼuliyatli hodimlarni ishga olmoqda. Bugun "Ish uchun suxbat" jarayonlarining 3- kuni boʻlishiga qaramay hali hamon Seoulning turli nuqtalaridan yoshlar oʻz omadini sinab koʻrish uchun tashrif buyurishmoqda. Albatta mashhur va katta daromad manbai boʻlgan bu kompaniyada ishlash juda koʻp insonlarning orzusi. Ish uchun suhbatni kompaniyaning boʻlajak merosxoʻri Kim Taehyung oʻtkazmoqda.
Muhbir kameraga qaragancha aniq va ravon gapirarkan, uning qarshisidagi operator har bir soʻzini bexato yozib olayotgandi.
Kompaniya qarshisida toʻplangan yoshlar oʻzlariga ishongan holda suxbat uchun tayyor turishardi.
Ichkarida esa qiziqarli suxbat davom etardi.
Kim Taehyung: Nega aynan bizning kompaniyada ishlamoqchisiz?
X: chunki Kim Group Koreaning eng mashhur kompaniyasi. Men buyerda ishlashni doim orzu qilganman.
Bosh kotib: Agar biz sizni ishga olsak kompaniya uchun qanday foyda keltira olasiz?
X: janob men bu haqida ancha avval oʻylaganman. Kim Group ishlab chiqarayotgan barcha mahsulotlarni sifatli reklama qilish kerak.
Kim Taehyung. Sizningcha hozir biz sifatsiz reklama olyapmiz shunaqami?
X: yoʻq janob men bunday demoq...
Tae. Yetarli janob biz sizning hujjatlaringizni koʻrib chiqamiz.
Bosh kotib: Keyingisi Han Aerin .
Baland poshnali tufli kiygan qiz oʻrindiqga kelib otirarkan, qarshisidagi uzun stolda oʻtirgan kompaniya rahbarlariga nazar tashladi.
Bosh kotib: oʻzingizni tanishtiring honim
~ Men Han Aerinman yoshim 20da Seoul milliy universitetida oʻqiyman. Avval "Lee hospital" shifoxonasida ishlaganman.
Kim Taehyung: Miss Aerin bilishm boʻyicha siz biznes menejment yoʻnalishida oʻqigansiz Qanday qilib shifoxonada ishlashingiz mumkun?
Aerin: Mmmm umuman olganda uyerda farrosh boʻlib ishlaganman.😂😂😂
Bosh kotib: Aerin honim nega bu kompaniyada ishlamoqchisiz?
Aerin: Ishlamoqchiman ?? aniyooo Men emas buvim meni shuyerda ishlashimni hohlaydi.
Suxbat yurituvchilar bir biriga hayron boʻlgancha qaradi.
Bosh kotib: siz buvingiz hohlagani uchun shu yerda ishlamoqchimisiz?
Kim Taehyung: Aerin honim sizningcha qanday qilib savdo hajmini oshirish mumkin?
Aerin: Narxni pasaytirish kerak.
Aerin: Albatta kim Group juda qimmat mahsulotlat ishlab chiqaradi, lekin umuman sifatsiz.
Aerin: albatta sifatsiz men Kim Groupning doimiy mijoziman . Juda koʻp marta oyoq kiyimi va sumka sotib olganman. Lekin ular tezda yaroqsiz boʻlib qolgan.
Taehyung: bilasizmi Aerin siz mahsulotni bizdan emas koʻcha bozorida sotib olgansiz bu uchun bizning kompaniya javob bermaydi.
Aerin: MANA GAPIMNING ISBOTI !!!!
Aerin baqirib oʻrnidan turarkan bosh kotib qoʻrqqanidan joyidan sakrab tushdi.
Aerin stoldan turib toʻgʻri Taehyungning oldiga kelib oldi.
Aerin: Janob gapingiz toʻgʻri ✅ men oyoq kiyimlarni koʻcha bozoridan sotib olganman. Chunki uyerda juda arzon.Qancha koʻp oyoq kiyimi olsam ham pulimga achinmayman. Chunki ularni arzon olyapman. Lekin ular sifatsiz boʻlgani uchun men bemalol Kim Groupni ayblayman chunki men haridorman. Boshqa Xaridorlar ham shunday ularga koʻproq sifat emas narx muhimroq.
Taehyung: Agar sizni ishga olsak bizga qanday foyda keltira olassiz?
Aerin: Aniyooo men buyerda ishlashni hohlamayman. Bu yerga buvim hohlagani uchun keldim.
Aerin joyiga qaytib stolga oʻtirdi.
Taehyung: SIZ uchun yaxshi daromad beriladi.
Aerin : Mm Rostanmi unda oʻylab koʻraman. Hayr men ketdim ishga kech qolyapman.
Aerin hujjatlarini koʻtargancha honadan chiqdi.
Taehyung: Biz uni ishga olamiz!
Bosh kotib: Janob lekin u qiz aqldan ozganga oʻxshaydi.
Taehyung: aynan shuning uchun uni ishga olamiz. Kompaniya uchun bitta shunaqasi kerak!
Bosh kotib: tushunarli Janob bajaramiz ✅
Taeyung orqa eshikdan tashqariga chiqdi. Mashinasiga oʻtirib ketarkan. Yoʻlda Aerinni koʻrdi. Taxi haydovchisi bilan bidirlagancha nimanidir tortishardi.
Taehyung: Han Aerin yur olib borib qoʻyaman.
Aerin yugirib kelib Taehyungning mashinasiga oʻtirdi.
Taeyung : yana nimalarni tortishyapsan?
Aern : Yaramas taksi haydovchisi 3km joy uchun 15 won olmoqchi. Men anoyilardan emasman. Unga 10 won beraman desam . Boshqa taksi top deydi yaramas😒
Taeyung uning qiziq gaplarini eshitgancha mashina haydardi.
Aern : Bilsangiz janob Taehyung taksi haydovchilari juda insofsiz. Indamasangiz qisqa masofa uchun ham katta pul olishadi. Agar shoshilmayotgan boʻlganimda avtobusda ketardim. Ancha arzon.
Taehyung: Shunchalik ziqnamisan.😁
Aerin: Albatta men qiynalib topgan pulimni bemaʼni sarflamayman. Meni sizga oʻxshab milliarder otam yoʻq qari buvim bor holos
Aerin: boʻldi shuyerga toʻxtating. Rahmat janob
Aering mashinadan tusharkan 10wonni uzatdi.
Taehyung: shart emas tushaver.
Aerin: Yaxshi oʻzingiz bilasiz yaxshi qoling 😁
Aerin mashinadan tushib bir kichik restoranga kirib ketdi.
Tae yuragini allaqayeri jizz etganini his qildi.
Taehyung uning ortidan qararkan, mashina oynasi yonidagi kichik qutichani ochdi. Ichida brilliant uzuk bor edi.
Taehyung: Menimcha uzuk egasini topdi.
Taehyung qarorini haqida ota onasiga aytish uchun uyga yoʻl oldi.
Avtor ~ Ularning kelgusi hayoti esa menga qorongʻu 🤭
Avtor ~ Ularning kelgusi hayoti esa menga qorongʻu 🤭