Mermaid and King love ⛩️
Jimin jiani suv ichidan koʻtarib oldi.
Va saroy tashqarisiga olib chiqdi.
Jianing yelkasiga xoʻl matoni yopdi, va aravani saroydan tashqariga olib chiqib ketdi.
Min Yoongi oʻz honasiga qaytarkan, Jia yoʻqolganini koʻrdi.
Qirol Min Jiani jimin oʻgʻirlagan deya taxmin qildi.
Qirol va uning odamlari arava izlari tomon izma iz ularni quvib ketdi.
Jimin jiani yana dengizga qaytarmoqchi edi. Lekin Cheonjan togʻlariga yetib bora olmasdi.
Shahzoda Park Jiani yaqin atrofdagi dengizga qoʻyib yubormoqchi boʻldi.
Lekin ularning ortidan kelayotgan ajal juda yaqin qolgandi.
Jimin dengizga yetib keldi jiani suvga tushirarkan, Jia suzib dengiz ortiga oʻtdi.
Shu ondayoq soqchilar qirgʻoq boʻyida turgan shahzodani qoʻlga olishdi.
Jimin u tomonga kelayotgan jiani koʻrdi.
Jimin: Kett.... Ket.... Buyerdan...
Jimin baqirgancha Jiani haydarkan, Jia sevgilisidan umid uzolmasdi.
Jimin: Bu buyruq bu yerdan Kett.
Jianing boshqa yoʻli qolmagandi buyruqqa boʻysunishga majbur edi.
Jiminni esa arqon bilan bogʻlashdi.
Va saroyga qaytarib olib ketishdi.
Jia nima qilishni bilmay qolgandi.
Suv oʻrtasida ilojsiz turarkan yigʻlab yubordi. Suv parisining koʻz yoshlari osmonni larzaga keltirdi.
Jia yigʻlarkan kuchli chaqmoq chaqib momaqaldiroq gumburlay boshladi.
Osmon yorilgudek, kuchli chaqmoq chaqdiyu quruqlik parisi osmondan paydo boʻldi.
Parining koʻrinishi misli koʻrilmagan darajada goʻzal edi.
Jia unga hayron boqarkan,pari unga kulib turardi.
Pari: Nega yigʻlayapsan dengiz malikasi?
Jia: Chunki sevgilimni olib ketishdi. Mening qoʻlimdan esa hech narsa kelmaydi.
Pari: Yigʻlashni bas qil sen tufayli osmon va okeanlarda toʻfonlar sodir boʻlmoqda.
Jia: Kechirasiz men bilmagan edim.
Pari: Dengiz malikasi men senga bir tumor beraman. Tumor yordamida sen Huddi insonlar kabi oyoqlarga ega boʻlasan. Lekin...
Jia: Men roziman. Hammasiga tayyorman.
Pari: Hali gapimni tugatmadim.
Pari: Bu tumor bilan inson boʻlishing mumkin lekin. Unutma hamma narsaning badali bor.
Jia: Hozir oʻylay olmayman. Mening egam havf ostida.
Pari: Sen bu tumor evaziga oʻz sevgingni qurbon qilasan?
Jia uning soʻzlarini tushunmadi.
Pari: Sen Shahzoda Park Jiminni oʻlimdan saqlab qolasan lekin... Uni qutqarib boʻlgach oʻzingni bizga topshirasan. Butun borligʻingni. Umringni ohirigacha samo qirolligiga buysunasan.
Jia chuqur nafas olarkan, jimindan ayro yashash qanchalar ogʻirligini oʻyladi biroq boshqa chorasi yoʻq edi.
Jia taklifni qabul qilib tumorni oldi.
Pari kelishib boʻlgach samoga qaytdi.
Jia endi Jiminni qutqarish uchun qoʻlidan kelganini qilishi kerak edi.