#Reaksiya by Rose🌹
Insonni gʻamgin payti hursand qila oladigan. Yoki baxtli kunida gʻamgin qila oladigan gʻalati hissiyot...
Psixologlar har doim oʻtmish bilan yashamaslik kerakligini uqturishadi. Lekin ularning oʻzichi?
Oʻz oʻtmishidan voz kecha oladimi?
Qanday qilib inson oʻz oʻtmishini osonlik bilan unutishi mumkin....
Shunchaki unutdim deya oʻzlarini ovutadi...
Shunday insonlarga doim aytgim keladi?
"Sen oʻzingni unutgandek koʻrsatishing mumkin lekin yuraging unutdimi?"
" Oʻz oʻtmishingni keraksiz chiqit kabi burchakka ota oldingmi?"
" Oʻtmishingni hotirangdan oʻchira oldingmi"?
Nega unda oʻzingni aldayapsan ?
Menga aytchi oʻsha oʻtmish bugungi seni yaratmadimi?
Oʻsha ortingda qolgan insonlar senga qanday boʻlishing kerakligini oʻrgatib ketmadimi?
Sen qadrlagan insonlar yuzinga oyoq qoʻyganda , asli kimligini bilib olmadingmi?
Endi aytchi Sen aytayotgan Oʻsha qora oʻtmish senga baxtsizlik keltirdimi ??...
Ha bu men Rose . Tabiatdan odamovi va kamgapman. Lekin nohiqlikka jim qarab oʻtirmayman. Ruhiy muommoim tufayli juda koʻp psixologlar bilan tanishdim. Ular bilan shunchalik koʻp suxbatlashdimki, oʻzim ham psixologga aylandim desam boʻlaveradi...
Doim ozgalarning muommosi haqida oʻylayman....
Balki shunisi yaxshidir oʻz muommoyimni oʻylashdan koʻra?
Rose chuqur uhh tortgancha oʻziga qadrli boʻlgan qutichani ochdi. Bu qutida uning goʻzal oʻtmishi yashardi.
Kichik quti ichiga solingan suratni qoʻliga oldi.
Bu surat undan qolgan yagona esdalik edi...
Rose./ Jimin... Sendan qolgan narsa faqat shu surat va alamli xotiralar...
Menga bor yoʻgʻi mana shu gʻam qaygʻuli xotiralarni tashlab ketding...
Agar sen bilan yana bir marotaba koʻrishish imkoni boʻlganda shubhasiz kechirim soʻrardim.
Hayotingda paydo boʻlganim uchun....
Seni hammadan koʻra koʻproq sevganim uchun...
Koʻzlarim sendan oʻzgasini koʻrmagani uchun...
Seni dunyodagi eng yaxshi inson deb oʻylaganim uchun...
Soʻngi soʻzing bir umrga hotiramda muxrlangan
" Bizning oramizda hech qanday his tuygʻular boʻlishi mumkin emas"
Sen bu gapni juda chiroyli tarzda aytding.
Shunday chiroyli aytdingki rad etilganimni ham sezmadim.
Rose yana doimgidek suratga termulgancha Jiminni oʻylay boshladi..
Jimin: Rose qayerdasan?🗣️rosiieee
Jimin baland ovozda baqirgancha Roseni chaqirarkan. Rose tepa qavatdan tushdi.
Jimin: Qara rose . qara ular meni qabul qilishdi. Ular loyihamni koʻrib chiqib eng yaxshisi deb topishdi. Ishonasanmi ular meni millionlab odamlar orasidan tanlab olishdi. Va nihoyat 7 yillik orzuim ushladi. Men Amerikaga ketaman.
Jimin hursand boʻlgancha tinimsiz gapirarkan, uning koʻzlariga qarab rose ham hursand boʻlardi.
Jimin quvongancha Roseni quchib oldi.
Rose/pov ~ Sen meni ilk bor quchogʻinga olganding oʻshanda. Oʻsha paytdagi rang barang hissiyotlar hamon meni oʻz ogʻushiga oladi. Qaynoq tafting tanamni kuydirib yuboray degandi . Sen meni atigi 3 soniya bagʻringa bosding lekin bu 3 soniya men uchun bir umrga yetarli hotira boʻlib qoldi.
Jimin hursandligidan 7 osmonda uchardi goʻyo. Rose uni qahvaga taklif qildi. Ikkisi qahva icharkan Jimin tinimsiz qoʻngʻiroqlarga javob berar ularga ham oʻz sevinchini bayon etardi.
Nihoyat soʻngi qoʻngiroq tinishi bilan Rose tilga kirdi.
Rose: demak endi Amerikaga ketasan shundaymi?
Jimin Roseni homush tortib qolganini koʻrdi.
Jimin: Eyy kichkina nega hafa boʻlasan ? Men bir umrga ketmayman. Bor yogʻi 10-15 yilga senga tez tez qoʻngʻiroq qilib turaman. Axir bolalikdan beri doʻstmiz seni unutishim mumkinmi?
Rose/pov.~ Bolalikdan doʻstmiz.... Ha oʻshanda toʻgʻri aytganding Jimin biz shunchaki doʻst edik. Men esa bu doʻstlikni buzdim. Keraksiz boʻlgan qalbim ovozi va jilovlay olmagan hislarim tufayli biz ayrildik... Ha ayrildik. Butun umrga...💔💔💔
Rose Jiminni gapidan soʻng tabbasum qildi.
Jimin: Barakali kichkina senga tabassum qilish yarashadi.
Rose : Qayerga yana biroz oʻtir??
Jimin: ilojim yoʻq rose uyga borishim kerak hali ota onam bilan hayrlashishim. Yana bu haqida qarindoshlarga aytishim kerak. Ertaga hayrlashuv ziyofatini uyushtiraman.Sen ham albatta kel seni kutaman hoʻpmi?
Rose : Yaxshi Jimin albatta boraman.
Rose ochiq chehra ila Jimin bilan hayrlashdi.
Jimin ketishi bilan dugonasi Sua keldi.
Sua. Hozir chiqib ketgan jimin edimi?
Rose. Ha Jimin uning loyihasi tasdiqlanibdi. 3 kundan soʻng Amerikaga ketarkan.
Sua. Rostanmi? Qanday yaxshi..
Rose : ha boʻldi Sua agar u ketsa men qanday yashayman?😓
Sua. Yo xudoyim buni qaranga Jiminni omadi kelib, katta loyiha egasi boʻlsayu sen oʻzingni oʻylaysana.
Rose: Nima qilay Sua qiynalib ketyapman. Unga sevgi izhor qilmoqchi boʻlamanu qoʻrqaman...rad etsa chi?
Rose yigʻlashdan toʻxtab dugonasiga qaradi.
Sua. Unga sevishingni maktub qilib yubor.
R : Rostanmi? Shunday qilsam boʻladimi?
S. albatta boʻladi. U seni rad etsa ham yoki qabul qilsa ham yonida boʻlmaysan qanday emotsiya bildirishingni koʻrmaydi. Seni bilaman rad etilsang yigʻlab yuborasan.
R. Yaxshi fikr albatta shunday qilaman hoziroq
Rose telefonini titkilagancha Jiminni pochta raqamini qidira boshlarkan Sua undan telefonni olib qoʻydi.
Sua : tentak qiz maktubni pochtadan yuborsang jimin uni yuz yildan keyin koʻradi. Yaxshisi yozib menga ber men ertaga olib borib beraman
Rose: Lekin ertaga bazm bor men uyerga borishim kerak .
Sua: shunaqami yaxshi unda maktubni bazmdan 2 soat avval menga yubor men uni Jiminga olib borib beraman. U seni qabul qilsa bazmga malikalardek tashrif buyurasan . Qabul qilmasa shunchaki uni unutasan. U Amerikaga ketadi unutishing osonlashadi.
Rose oʻylanib turib dugonasini quchdi.
Sua : Yo hudoym boʻgʻib qoʻyasan qoyvor🗣️
Rose: Sua sen eng yaxshi dugonamsan🥰
Ikki dugona hursand boʻlib hayrlashdi.
Rose/pov ~ Sua men uchun eng maʼqul yoʻlni topgandi. Maktub yuborsam u meni koʻrmaydi. Hayajonim kamroq boʻladi deb oʻylagandim . Lekin aksincha hayajon 2 baravar koʻp boʻldi.
Soʻzlarni yozishga harakat qilarkanman barmoqlarim menga boʻysunmasdi . Titragancha soʻz terarkanman, yozgan gaplarim maʼqul boʻlmay qayta qayta oʻchirib yuborardim ohiri oʻzim uchun munosib izhor qilish usulini topdim.
Maktub - Jimin sen bilan juda yaxshi doʻstmiz. Bolalikdan birga oʻsdik. Ota onam yoʻq boʻlgani uchun eng yaqin insonim sen eding. Ham doʻstim ham akam sifatida meni barchadan himoya qilarding. Doim men uchun eng yaxshisini ravo koʻrgansan. Sening ota onang meni koʻchadan topib olib uyiga olib kirmaganda balki men hozir tirik boʻlmasdim. Sen bilan birga katta boʻldik lekin oʻzimni singling deb atay olmasdim. Menga sening oʻgay singling boʻlish emas, yoningda umr yoʻldosh sifatida turish koʻproq yoqardi. Bolaligimizda juda koʻp marotaba sevishganlar roʻlini oʻynardik. Bu oʻyin ikkimizga ham yoqardi. Maktabda qanday bazm boʻlmasin ikkimiz juftlik boʻlib raqs tushardik. Shunchalik bir birimizga yaqin edikki hatto seni qanday sevib qolganimni tushuna ham olmadim . Lekin seni sevgilim deya olmasdim. Meni rad etsang yashay olmaydigandek tuyular edim. Shu tufayli universitetni tamomlagach alohida yashashga qaror qildim. Sendan uzoq turishim sevgimni pasaytirmadi. Aksincha olov kabi yondirardi. Shunchalik koʻp yondirardiki,bu olov meni kuydirib adoyi tamom qilardi.
- Jimin sen bilan juda yaxshi doʻstmiz. Bolalikdan birga oʻsdik. Ota onam yoʻq boʻlgani uchun eng yaqin insonim sen eding. Ham doʻstim ham akam sifatida meni barchadan himoya qilarding. Doim men uchun eng yaxshisini ravo koʻrgansan. Sening ota onang meni koʻchadan topib olib uyiga olib kirmaganda balki men hozir tirik boʻlmasdim. Sen bilan birga katta boʻldik lekin oʻzimni singling deb atay olmasdim. Menga sening singling emas, yoningda umr yoʻldosh sifatida turish koʻproq yoqardi. Bolaligimizda juda koʻp marotaba sevishganlar roʻlini oʻynardik. Bu oʻyin ikkimizga ham yoqardi. Maktabda qanday bazm boʻlmasin ikkimiz juftlik boʻlib raqs tushardik. Shunchalik bir birimizga yaqin edikki hatto seni qanday sevib qolganimni tushuna ham olmadim . Lekin seni sevgilim deya olmasdim. Meni rad etsang oʻlib qolishim mumkin edi. Shu tufayli universitetni tamomlagach alohida yashashga qaror qildim. Sendan uzoq turishim sevgimni pasaytirmadi. Aksincha olov kabi yondirardi. Shunchalik koʻp yondirardiki,bu olov meni kuydirib adoyi tamom qilardi.
Sen esa buni hattoki sezmasding.
Koʻzlaringa termulishimni sezmasding.
Men uchun dunyodagi eng qadrli insonim ekanliginni sezmasding.
Bugun buni senga aytishga qaror qildim. Bilmadim meni rad etsang qay ahvolga tushaman lekin aytmasam koʻksimdagi olov butun borligʻimni kulga aylantiradi.
Bu maktub qoʻlingga yetib borganda men javobingni intizorlik bilan kutayotgan boʻlaman.
Seni hammadan koʻproq sevuvchi Rose❤️
Ertasi kuni. Sua kelib maktubni olib ketdi.
Rose sabrsizlik bilan javob kutarkan.
Telefoniga sms keldi. Bu jimindan edi.
U oʻzining barcha soʻzlarini shunday bayon qilgandi
" Bizning oramizda hech qanday his tuygʻular boʻlishi mumkin emas"
Bu jumlalar Roseni butun borligʻini qulatdi. Qalbini larzaga keltirdi. Shunchalik shok holatiga tushib qolganidan bir necha soat bir yerda oʻtirgancha bir nuqtaga tikilib qoldi. Honadagi eski soat chiqqilib yurarkan, yolgʻiz ugina Roseni alamli qaygʻusini koʻrardi.
Rose/ pov ~ Oʻsha kuni faqat seni yoʻqotmadim Jimin. Men dunyodagi eng qadrli insonimni yoʻqotdim. Hayotga qiziqishimni yoʻqotdim. Oʻzligimni yoʻqotdim. Sevgiga limmo-lim qalbimni yoʻqotdim.
Bu shahar endi men uchun begona edi.
Sen bilan yurgan koʻchalar meni tubsiz jarlikka otayotgandek boʻlardi. Hech kimga aytmay Fransiyaga ketdim, telefon raqamimni oʻzgartirdim, oʻzimni oʻzgartirdim. Har kuni seni unutganimni aytradim-u, Tunda bizni bir birimizdan ayirib turgan shaharlarga lanatlar oʻqirdim.
Rose suratni qutiga solib qoʻydi.
Deraza oldiga kelarkan . Yaqqol koʻrinib turgan Eyfel minorasiga qaradi. Oʻzi uchun qahva tayyorlab balkonga chiqdi. Parij shahrining betakror manzarasini tomosha qilgancha qahva icharkan Eshik qoʻngʻirogʻi jiringladi.
Rose qahvasini stol ustida qoldirib eshikni ochdi. Eshik tashqarisida uni oʻtmishi turardi.
Jimin Rosega tikilib turarkan ikkisi ham nimadan gap boshlashni bilmasdi. Jiminni ortida turgan Sua gap boshladi.
Sua yigʻlab dugonasini qucharkan rose hayron koʻzlarini Jiminga tikkancha biror soʻz aytishini hohlardi.
Rose ularni ichkariga taklif qilarkan. Qahva tayyorlash uchun oʻrnidan turdi.
Sua: Qahvani keragi yoʻq rose iltimos oʻtir.
Rose joyiga oʻtirarkan Sua tilga kirdi.
Sua: Rose men bir umrlik kechirilmas xato qildim , shunchalik katta gunoh qildimki buni umr boʻyi oqlay olmayman.
Rose: Sua nega bunday deyapsan.? Ochiqroq gapir iltimos.
Sua: Men hiyonat qildim ....Rose senga hiyonat qildim...
Sua hiqqilab yigʻlarkan Rose uni nima deyotganini tushunmasdi.
Sua oʻzini bosib olgancha soʻzlay boshladi
Flashback 5 yil avval. Bazm payti.
Sua maktubni Jiminga berishni istamadi. Aksincha Roseni Jiminga nisbatan his tuygʻularini yoʻq qilishni istadi. Fursat topib Jiminni telefonidan Rosega rad etilgani haqida sms yubordi. Sua bu ogʻir jinoyati jazosi haqida hatto oylamadi. Uning yagona maqsadi Jiminga erishish edi. Jiminni ilk koʻrgan kuniyoq unga qiziqish paydo boʻlgandi. Sua Hammasini hal etib boʻlgandi. Jimin bazm kuni juda koʻp martoba , roseni soʻradi chunki shu bugun jimin ham oʻz sevgisini bayon qilmoqchi edi.
Sua Roseni yigiti borligini buni jimindan yashirganini , bugun unga turmushga chiqishni taklif qilmoqchiligini bilib turib buyerga kelmasligini aytdi. Jimin oʻz oʻtida qovurilgancha Amerikaga uchib ketdi. Bir necha kundan keyin esa ota onasidan Roseni izsiz ketganligini bor yoʻgʻi undan havotirlanmasliklari uchun maktub tashlab ketganligini aytdi.
Shu bilan tamom ikki sevishgan qalb bir biridan uzoqlashdi. Sua ham oʻz maqsadiga yeta olmadi. Otasi avtohalokatga uchrab vafot etdi. Onasi buni koʻtarolmay yotoqqa mixlanib qoldi.
Sua turmushga chiqqach ketma ket 2 bolasidan ayrildi. Farzandlari ona qornidayoq vafot etdi. Sua qilgan ishini badali juda oʻgir ekanlgini sezdi. Zero u ikki sevgiga toʻla qalbni bir biridan yiroqlashtirgandi.
Sua: Meni kechir Rose 😭😭 Iltimos kechir bunday boʻlishini hohlamagandim. Farzandlarim nobud boʻlgach gunoh qilganimni tushundim. 😭 Lekin juda kech edi rose seni hech qayerdan topa olmadim. Hatolarim badalini 5 yil davomida toʻlab kelyapman. Yashashdan yagona umidim seni va Jiminni birlashtirish edi. Men maktubni Jiminga berdim...
. Iltimos meni kechiringlar Sua yigʻlab kechirim sorarkan bir yigit honaga kirib uni olib chiqib ketdi. Bu uning eri edi.
Jimin: Oʻzgarmabsan Rose hali ham oʻshanday san
Rose unga soʻzsiz tikilib turardi. Uni besh yil qiynagan oʻtmishi qarshisida oʻtirardi.
Jimin: Nega jim oʻtiribsan kichkina meni quchib qoʻymaysanmi?
Jimin shu soʻzlarni aytarkan koʻzlaridan yosh chiqib ketdi. Rose ham yigʻlagancha uning bagʻriga otildi.
Rose Jiminni koʻksiga bosh qoʻygancha yigʻlarkan, alamli va azobli kunlar ortda qolganini sezib Jiminni qattiq bagʻriga bosardi.
~ Yoningdagi insonlaringi qadrla!
Bugun ular uchun vaqt ajratmasang ertaga vaqt ularni sendan ajratib qoʻyishi mumkin.❤️
Jimin: Oʻzgarmabsan Rose hali ham oʻshanday san
Jimin: Oʻzgarmabsan Rose hali ham oʻshanday san
Rose: Sen esa ozgaribsan jimin .
biz shunchaki doʻst edik. Men esa bu doʻstlikni buzdim. Keraksiz boʻlgan qalbim ovozi va jilovlay olmagan hislarim tufayli biz ayrildik... Ha ayrildik. Butun umrga...💔💔💔
Ha oʻshanda toʻgʻri aytganding Jimin biz shunchaki doʻst edik. Men esa bu doʻstlikni buzdim. Keraksiz boʻlgan qalbim ovozi va jilovlay olmagan hislarim tufayli biz ayrildik... Ha ayrildik. Butun umrga...💔💔💔
Ha oʻshanda toʻgʻri aytganding Jimin biz shunchaki doʻst edik. Men esa bu doʻstlikni buzdim. Keraksiz boʻlgan qalbim ovozi va jilovlay olmagan hislarim tufayli biz ayrildik... Ha ayrildik. Butun umrga...💔💔💔