March 12

Without any feelings 💔

6- qism ❤️

Jungkook vaqti oz qolganini sezarkan rulni beton devorga burdi. Katta tezlik bilan beton devorga urilgan mashina soniya oʻtmay kuchli portladi. Portlash katta maydonni larzaga keltirdi.

Bir necha soniyalar ichida yetib kelgan oʻt oʻchiruvchilar yongʻinni oʻchirdi.

Lee va Jungkookning doʻstlari

Uning yonib kulga aylangan mashinasini koʻrdi...


Robert mashina portlaganini koʻrib jilmaydi.

Va xoʻjayiniga qoʻngʻiroq qildi.

R: Janob Yoongi ish bajarildi. U oʻldi.

Yoongi: ishingni yaxshi bajarding endi shahardan tezroq chiqib ket. Pulingni ortigʻi bilan olasan.

Robert: Hoʻp janob..

Qoʻngʻiroq yakunlandi.

Yoongi qoʻliga qora atirgullarni oldi.

Va restoran tomon ketdi.

Time skip/ Yoongi binoda.

Yoongi toʻy boʻlayotgan yerga kirib borarkan uyerda koʻp odam yoʻq edi.

Hamma yer suv quygandek tinch...

Yoongi Leeni koʻrarkan, u daxshat ichida nimalarnidir politsiya xodimi bilan muhokama qilardi.

Toʻgʻri uning oldiga bordi.

Yoongi: SALOM Janob Lee .

Lee uni koʻrib rangi oqardiyu oʻzini yoʻqotmadi.

Lee: sennn?

Yoongi: Nima boʻldi Lee arvohni koʻrgandek qoʻrqib ketdingiz?

Lee: Yoʻq... Shunchaki....kuyovim avtohalokatga uchradi. Shu sababli oʻzimda emasman

Yoongi: Qiziq men toʻyga kelgandim. Azani ustida chiqibman.

Lee: Bu baxtsiz hodisa edi...

Yoongi: hoʻsh ahvoli qalay?

Lee: Jasad hali topilmadi. Avtohalokat yaqinida katta dengiz boʻlgan balki u suvga choʻkkan boʻlishi mumkin... Yoki tanasi erib ketgan...

Yoongi: Yn qayerda ?? Uni xabari bormi?

Lee: Menimcha unga qiyin... Toʻyi kuni bevaga aylandi.

Yoongi: Ha u yosh... Lekin ....Beva boʻlmasligi aniq buni men oʻzim kafolatlayman.

Lee: Nima demoqchisan..?

Yoongi: Nima demoqchiligimni tushundingiz.

Lee: Qizim Hozirgina eridan ayrildi. Uni qiynashni istamayman.

Yoongi: Qiynashni istamaysiz? 😂 Qanday mehribon* ota .

Lee ogʻir yutundi.

Yoongi: Oʻlgan oʻlib ketdi.. tiriklar haqida oʻylash kerak... Ha aytgancha

Yoongi uning qulogʻiga yaqinlashib shivirladi.

Yoongi: Mendan oʻgʻirlagan qora dori* biznesingiz yaxshi ketyaptimi?

Leening nafasi ichiga tushdi.

Yoongi: Nima meni hech narsani bilmaydigan ahmoq deb oʻylaganmisan?

Chuchvarani xom sanabsan Lee qora dori evaziga yn ni berasan.!!!

Lee bir soʻz aytolmadi.

Qarshidagi mafia hozir Koreaning tojsiz qiroli edi.

Lee Jungkookning ham oʻlimini undan deya shubxalana boshladi.

Yoongi: Bu atirgullar senga Lee kuyovingni qabriga qoʻyasan

Yoongi uning oqargan yuziga qaradi-yu yn turgan tarafga ketdi.

Y/n

Biroz avval hayotim jahannamga aylanyotganidan oʻzimga achingandm. Endi kimga achinishni ham bilmayman.

Toʻyi kuni Vafot etgan erimgami?

Erga tegmay bevaga aylangan oʻzimgami?

Yoki katta biznes sherigidan ayrilgan otamgani?

Yn doimgidek derazaga soʻzsiz tikilib turardi.

Eshik ochilib Yoongi paydo boʻldi.

Yn/ Yoongi bilan yaqindagina tanishdim . Avval uni koʻrgan boʻlsamda Bunchalik yaxshi inson deb oʻylamagan edim.

Biz unashtiruv kunidayoq telefon raqamlarimizni almashdik.

U yaxshi inson juda koʻp hayriya kechalari uyushtiradi. Uysiz insonlarga yaqinda nafaqa puli ajratilganini eshitgandim. U Jungkook kabi emasligidan hursandman.

Yoongi Yn oldiga kelib kresloga oʻtirdi.

Yoongi:Ahvoling yaxshimi?

Yn: Ha bundan yomonini ham koʻrganman.

Yoongi: Hozir senga ogʻir lekin oʻzingni qoʻlga olishing kerak.

Yoongi uni yelkasidan biroz quchdi.

Yoongi/ uning atiri juda yoqimli...

Yn yaqiniga kelib urilgan apelsin iforini his etdi.

Yoongi unga tasalli bergancha, uni tinchlantirdi.


Lee endi ancha sarosimaga tushib qolgandi. Hozirgina katta mablagʻdan ayrildi. Shartnoma nima boʻladi?

Laʼnati* Lee soʻkingancha Uyoqdan buyoqqa yurardi.

Buni ustiga Yoongi hammasidan xabardor.

Flashback: bir necha yil avval

Lee va Yoongi ancha avval birgalikda qora dori savdosini boshlashgan edi. Bu ularga katta foyda keltira boshladi.

Lekin Lee qoʻrqardi. Yoongi uni istagan payti oʻyindan chiqarib yuborishi mumkin edi.

Lee Yoongidan avval harakat qildi.

Bojxona hodimi bilan kelishib chet eldan kelgan qora dorini tutib berdi.

Oʻshanda Yoongi katta miqdordagi pulni yoʻqotgandi.

Lee qora dorini oʻz biznesiga tikib yubordi*

Yoongi bundan xabar topmaydi deb oʻylagan Lee oʻz hohishi bilan oʻyindan chiqdi.

Yoongi yaqindagina uning hiyonatidan xabar topgandi.

Endi Lee haqiqiy tuzoqqa tushgandi.

Yoongi uni oʻz nogʻorasiga istagancha oʻynatadi.

Hozir barcha oʻz dardi bilan ovvora ekan Jk bilan hech kimning ishi yoʻq edi....

.

.

.

.

.

.

.

Reaksiya koʻproq bosing 😘🍓