October 7

O’zbekistonda o’tkazilgan I II III Toshkent Xalqaro investitsiyalar forumi

24-26-mart kunlari birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) bo'lib o'tkan.Forumda qatnashish maqsadida 56 mamlakatidan 1,5 mingdan ortia kishi, shu jumladan, xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashgan.Forum xalgaro kun tartibidagi muhim voqeaga aylanadi. Tadbir dasturi panel sessiyalari, alohida mavzularga doir muhokamalar va davra suhbatlariga boy bo ladi. Uning davomida O'zbekiston va mintaqa mamlakatlarining investitsiyaviy, savdo, sanoat, transport va tranzit salohiyati ochib beriladi, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo'yicha navbatdagi haqida so'z boradi, hukumatning mamlakatni strategik rivojlantirish, xususiy sektorni rag'batlantirish, alqaro aloqalarni mustahkamlash va boshqa yo'nalishlaridagi ustuvor vazifalari belgilangan.Ishtirokchilar mamlakatimiz iqtisodiyoti xususiy sektorida neft-kimyo, elektronika, mashinasozlik, yengil sanoat sohalarida ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek, kelgusida samaradorlikni oshirishga imkon berishi bolgan qadamlarni muhokama qilishdi. Moderator sifatida Xalqaro moliya korporatsiyasining Markaziy Osiyo va Turkiya direktori Vibke Shlyomer ma'ruza qildi.

27 - 28-aprel kunlari Ikkinchi Toshkent Xalqaro investitsiya forumi bo'lib o'tdi. TXIF-2023da dunyoning 70 mamlakatidan 2,5 mingdan oshiq ishtirokchi qatnashdi. 2022-yilgi forumga 50 mamlakatdan 1,5 ming nafar mehmon tashrif buyurgan edi.Tadbir doirasida ekspertlarning 30 dan ortiq muhokama uchrashuvlari, jumladan, davra suhbatlari va investitsion muzokaralar o'tkazildi.Jumladan, "An'anaviy energiya: qarashlar va istiqbollar" davra suhbatida "O'zbekneftgaz" boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov mamlakatga neft va gaz bo'yicha investorlarni jalb gilish haqida gapirib o'tdi. Forumning "Bank va moliya: yangi imkoniyatlar" mavzusidagi davra suhbatida ekspertlar bank ishi doimiy ravishda rivojlanib borayotgan soha ekanligi, hozirda O'zbekiston bozorida ko'plab imkoniyatlar mavjudligini ta'kidladi.Bundan tashqari, Xalgaro Islom savdo moliya korporatsiyasi bosh operatsion direktori Nazim Nordali "Daryo" ga Trade Connect Central Asia+ dasturi, O'zbekistondagi investitsion holat, mamlakat haqidagi taassurotlari haqida batafsil so'zlab berdi.Agar birinchi forum doirasida jami 7,8 mlrd dollarlik 105 ta hujjat imzolangan bo'lsa, joriy yilda TXIF-2023 doirasida 164 ta kelishuv va shartnoma imzolandi, ularning umumiy qiymati 11 mlrd dollarga yetdi.Ma'lum bo'lishicha, erishilgan kelishuvlarni o'z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida "yo'l xaritasi" ishlab chiqildi.Unda har bir loyihaning ijrochilari va amalga oshirish muddatlari belgilab qo yildi.

2024-yil 2-3-may kunlari Toshkent shahrida Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF-Ill) bo'lib o'tdi.Tadbir doirasida davlat rahbari darajasida yalpi majlis, 50 dan ortiq ekspert muhokama uchrashuvlari, jumladan panel munozaralari, davra suhbatlari va b2b muzokaralar o'tkazildi. Ma'lum gilinishicha, TXIF - nafaqat O'zbekiston, balki butun mintaga uchun muhim tadbir hisoblanadi.O'zbekistonda Ill Xalqaro investitsiya forumi o'z ishini yakunladi. 93 mamlakatdan 2,5 mingdan ortiq delegatni jamlagan forum global muloqot va investitsiyaviy sohadagi ilg'or tajriba almashish maydoniga aylandi.Forumni 30 ta mamlakatdan 110 dan ortiq xorijiy ommaviy axborot vositalari, jumladan dunyoning yetakchi nashrlari "CNN", "Euronews", "London Post", va "Associated Press" tomonidan yoritildi. Forum yakuniga ko'ra jami qiymati $26,6 mlrd.ga teng kelishuvlar imzolandi.