October 6

Jasur Oxunjonov 

O'zbekistonda o'tkazilgan I,II,III Toshkent xalqaro investitsiya forumi

O'zbekistonda o'tkazilgan I Toshkent xalqaro investitsiya forumi 2022-yil 24-25-noyabr kunlari bo'lib o'tdi. Ushbu forumning maqsadi O'zbekistonning investitsion muhitini yaxshilash, xorijiy investorlarni jalb qilish va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish edi.Forumda turli sohalardan, jumladan, energetika, qishloq xo'jaligi, infratuzilma va boshqa sohalardan ko'plab mutaxassislar, investorlar va davlat rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida yangi loyihalar taqdim etilib, investitsion imkoniyatlar muhokama qilindi.Shuningdek, forum doirasida O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha strategiyalari haqida ma'lumotlar berildi. Bu kabi tadbirlar O'zbekistonning global iqtisodiyotdagi o'rnini mustahkamlashga yordam beradi va xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni kengaytiradi.

2023-yil 27—28-aprel kunlari poytaxtda ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF-2023) bo‘lib o‘tgandi. Forum davomida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning investitsiyaviy salohiyatini atroflicha ochib berishga qaratilgan yalpi majlis, ekspertlarning 30 dan ortiq bahs-munozaralari, panel muloqotlari, davra suhbatlari va B2B muzokaralari o‘tkazilgan.Ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “MDH mamlakatlari oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik istiqbollari” mavzusida panel sessiyasi boʻlib oʻtdi. MDH mamlakatlari oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik katta salohiyatga ega bo'lib, undan toʻliq foydalanish uchun transport infratuzilmasini rivojlantirish, oʻzaro savdo va investitsiyalar hajmini oshirish, savdo hajmini oshirish, tajriba va texnologiyalar almashish boʻyicha ishlarni kuchaytirish zarur.

O‘zbekistonda III Xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini yakunladi. 93 mamlakatdan 2,5 mingdan ortiq delegatni jamlagan forum global muloqot va investitsiyaviy sohadagi ilg‘or tajriba almashish maydoniga aylandi.Tadbirda iqtisodiy rivojlanishning eng muhim jihatlari muhokama qilingan panel sessiyalar, muhokamalar, biznes nonushta va davra suhbatlari kabi boy dasturdan iborat bo‘ldi. Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashda davlat, investorlar va tadbirkorlarning roli markaziy mavzulardan biriga aylandi.Bundan tashqari, forumda dunyoning bir qator yirik kompaniyalari hisoblangan “Oraskom Investment” (Misr), “Bonafarm Grup” (Vengriya), “Sayar” (AQSH), “Goldvind”, “Sinoma” (Xitoy), “Sam Yapi” (Turkiya), “Pasha Development” (Ozarbayjon) “Laselsberger” (Avstriya), “Petrosat Chexelsoton” (Eron) kabi kompaniyalar bilan qiymati $6,6 mlrd. teng yangi investisiya loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.