Unga ko’ra,
2023-yilning dekabr oyiga qadar islom moliyasini joriy qilish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqiladi va unda quyidagilar nazarda tutiladi:
• islomiy mahsulotlar, xizmatlar va banklar faoliyatini huquqiy asosini yaratish;
• islomiy mahsulotlar va xizmatlar hamda ularni ko‘rsatuvchi tashkilotlarni soliqqa tortishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash;
• islom moliyasi asosida joriy etilgan omonatlarni himoya qilish.
Shuningdek, 2024-yil 1-yanvar sanasidan boshlab tadbirkorlik sub’yektlarining ishonchlilik reytingi joriy etiladi. Reytingni shakllantirish mezonlari 2023-yilning noyabr oyiga qadar ishlab chiqiladigan prezident qarori loyihasida ko‘zda tutiladi. Loyihada yuqori reytingga ega tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagilar belgilanadi:
• barcha turdagi soliq tekshiruvlaridan ozod qilish (jinoiy ishlar doirasidagi tekshiruvlar bundan mustasno);
• QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) va barcha soliq turlari bo‘yicha mavjud ortiqcha to‘lov summmasini 1 kun muddatda tezlashtirilgan tartibda qaytarish.