Education
April 24, 2020

Onlayn talabalik/Онлайн студентчество

edX
Izlagan imkon topadi. Faqat xohish va istak bo'lsa bas!

Karantin davrida hamma qandaydir ish bilan mashg'ul. Kimlardir foydali, kimlardir(!)... ish bilan band. Karantin ko'pchilikni ishdan va o'qishdan qoldirdi (shaxsan meni ham). Hammada bo'sh vaqt paydo bo'ldi. Fikrimcha, hozir universitetga borishning eng yaxshi vaqti!

Axir karantindamiz-ku! Ko'chaga chiqish mumkin emas, demoqchidirsiz. Aytganimdek, izlagan imkon topadi! Bugun sizlarga qanday qilib onlayn talaba bo'lish mumkinligi haqida gapirib beraman.


edX.org

Bu vebsaytda siz 2000 dan ortiq onlayn kurslarni topishingiz mumkin. Bu kurslar 140 dan ortiq universitet va institutlar tomonidan tayyorlangan. Ha aytgancha, bu kurslarni tugatib siz sertifikatga ham ega bo'lasiz(to'lov qilganingizdan keyin, albatta).

Eeee, bu kurslarni hammasi pulli demoqchidirsiz! Men sizga bitta javob bera olaman xolos - yo'q! Bu gaplarning bari safsata! Sizdan bu kurslarda o'qishingiz uchun bir tiyin ham pul olishmaydi! Bu kurslarning avzalligi shundaki, siz demo versiyasida mutlaqo bepul o'qishingiz mumkin.

Agarda siz gaplarimga hali ham ishonmayotgan bo'lsangiz, ushbu saytga tashrif buyuring va barchasiga o'zingiz guvoh bo'lasiz!

Bu hali hammasi emas. Keyingi postlarimda sizlarni bundanda qiziqarli ma'lumotlar kutib turibdi! Ingliz tilida aytganda "stay tuned".


Тот кто ищет найдёт возможность. Если есть желание!


В период карантина каждый занят чем-то. Некоторые полезным,а некоторые (!) ... заняты. Карантин оставил многих без работы и учебы (и меня лично). У всех появилось свободное время. Я думаю, что сейчас лучшее время, чтобы поступить в университет!

Но мы на карантине! Может вы хотите сказать что выходить на улицу нельза? Как я уже сказал, тот кто ищет, найдет возможность! Сегодня я расскажу вам, как стать онлайн-студентом.


edX.org


На этом сайте вы можете найти более 2000 онлайн курсов. Эти курсы подготовлены более чем 140 университетами и институтами. Кстати, после прохождения этих курсов вы также получите сертификат (после оплаты, конечно).

Вы можете сказать, что все эти курсы платные! Я могу дать вам только один ответ - нет! Все это чепуха! Вы не будете платить ни копейки за эти курсы! Преимущество этих курсов в том, что вы можете обучаться в демо-версии абсолютно бесплатно.

Если вы все еще не верите мне, посетите этот сайт, и вы сами станете свидетелями этого!

Это еще не все. Более интересную информацию ждиье в моих следующих постах! Как говорят на английском "stay tuned".


Blog: T.me/JavohirRAkramovBlog