June 27, 2025

𝐁𝐋𝐎𝐎𝐃 𝐀𝐍𝐃 𝐋𝐎𝐕𝐄

EP.16

Jungkook senani qaltirayotgan qoʻllarini ushladi va uni iyagidan ohista tutib oʻziga qaratdi, senaning yoshga toʻla ohu koʻzlariga tikildi

Jk: oʻzimni Senaym, boʻldi qoʻrqma, men seni har qanday holatda himoya qilaman... Faqat yigʻlama, yigʻlama bilasanku yigʻlashingni koʻrishni yomon koʻraman, yigʻlama goʻzalm - dedi yumshoq ohangda va mehr bilan uni bagʻriga bosdi

Jk va Sena

Sena qilgan ishiga haligacha ishonolmasdi, juda hayratda qolgandi, oʻsha payt nina qilayotganini bilmay qolgandi

Sena pov:
Nahotki, men...shuncha yillardan beri nafratlanib kelayotgan dadam kabi qotilga aylandim, lekin men qanday qilib pichoq suqganimni ham bilmay qoldim, men oʻzimda emasdim.... Koʻzimni ochganimda Tae Jkni boshiga vaza bilan urmoqchiligini koʻrganimdan soʻng darxol qoʻlimga pichoqni oldim soʻng.... Jungkookning gapi toʻgʻridr ammo men oʻzimni va uni himoya qilish uchun qoʻlimni boshqaning qoniga botirdim, boshqaning hayotiga nuqta qoʻydim, men... Meni kechiring oyi, men dadam kabi jirkanch ishlarga qoʻlimni urishni hayolimga ham keltirmagandim lekn... Kechiring, kechiring...qotillikga qoʻl urgan qizingizni kechiring, oyi

Sena yigʻlashdan oʻzini toʻxtatolmasdi, jungkook uchun jim qolishni istasa ham aybdorlik hissi koʻzlariga yosh toʻldirardi va uning marjon koʻzyoshlari ohu koʻzidan goʻzal yuziga yogʻilardi

Jk pov:
Unga yana dori bersammikin... Uni yigʻisidan qulogʻim tinchishi uchun emas, u tinmay oʻzini ayblab yigʻlayverishi meni ham yuragimni ezadi...Uning baxtliligini koʻrish yoqadi, bu holatini koʻrmaslik uchun doimo uni baxtli qilishga harakat qilaman ammo uning qalbidagi hislar, ogʻriqlar uni koʻp yigʻlatadi va shu bilan birga uning yigʻisi mening yuragimga ham tigʻdek tegadi

Jungkook Senani tinchlantirish uchun sochlaridan silagancha bagʻrida ushlab turardi, ofitsiant jkdan "nimadir kerakmi?" deb soʻramoqchi boʻlib ularni yoniga bormoqchi boʻlganida, JKning ishchisi uni toʻxtatdi

X: tshh, ular baribir ovqatlanishmaydi... U yerga borma - dedi past ovozda

Ofitsiant ham Senaning baland ovozdagi yigʻisini va jk uni ovutayotganini eshitib turgandi va bosh irgʻab joyiga oʻtirdi

Sena yigʻlab holdan toydi va yigʻidan qizargan koʻzlari ohista yumilib uyquga ketdi, jungkook uni koʻtarib yotoqga yotqizdi

Oradan 2soat oʻtib samolyot Korea aeroportiga qoʻndi va Jungkook Senani uygʻotib yubormay uni koʻtarib ketmoqchi boʻlganida Sena koʻzlarini qoʻllari b-n ishqalab sekin ochdi va oʻrnidan turib sumkasini olib samolyotdan chiqdi va zinalardan pastga tushdi, jk ham Senani ortidan tushdi va uning ishchisi chamadonlarni samolyotdan tushirdi, samolyot oldida JKning qimmatbaho qora mashinasi turardi, Sena mashinaning oldi oʻrindigʻiga oʻtirgancha jkni kutdi, jungkook chamadonlarni mashinaning yukxonasiga joylab rulga oʻtirdi va mashinani yurgizdi

JKning shaxsiy samolyoti va mashinasi

Jungkook mashinani haydab ketarkan Senaga ham tez-tez koʻz tashlab qoʻyardi, Sena esa jimgina derazaga tikilib ketardi, koʻzlari yoshlanardi ammo yigʻlamasdi, shunchaki oʻy-hayollariga choʻkib ketgandi, Jk ham indamadi va ular orasida sokinlik hukmronlik qilardi

Biroz vaqt oʻtgach ular uyga yetib kelishdi, jungkook mashinani uy oldida toʻxtatdi va mashinadan tushib chamadonlarni ham tushirgach uy eshigi oldiga olib bordi va mashinadan tushib sekin kelayotgan Senani oldiga borib uni qoʻlidan tutdi, Sena juda holsiz edi, uning hayollari aybdorlik hissi va oʻsha lahzaning xotiralari uni tamom qilgandi, Sena qadamlarida qoqilib ketdi va jungkook uni tutib qoldi

Jk: yaxshimisan? - soʻradi havotirlanib

Sena bosh irgʻadi va yurishda davom etdi, jungkook eshikni ochib Senani qoʻlini qoʻyib yubormay u b-n birga kirdi, Sena oyogʻidagi poshnali tuflini yechayotganda jungkook uni oyogʻi qizarib qolganini koʻrdi

Jk: Hoy, sening oyoqlaring qizarib ketibdi, poshnali tufli kiyishing shartmidi oʻzingni asrashing kerak hech boʻlmasa men uchun - deb uni sochlaridan siladi soʻng qoʻllariga koʻtarib oldi

...

Jungkook zinalardan koʻtarilib yotoqxonaga kirdi va Senani yotoq ustiga qoʻydi va dori qutini uni olib keldi, Sena qoʻli b-n toʻxtatdi

Sena: qoʻyaver shartmas, senda ham yaralar bor oʻshalarga malham qoʻyish kerak - dedi past ohangda

Jk: yaxshi menikiga ham qoʻyamz avval sen - deb Senaning oyogʻiga malham surtishni boshladi

Sena jkga qarab turardi, unga qaraganida koʻzlari yoshlanardi chunki unga tikilganda oʻsha lahza yodiga tushardi, shuning uchun yoshga toʻlgan koʻzlarini undan olib qochdi, jungkook malham surtishni tugatb qizarb shilingan joyga plaster yopishtirib qoʻydi soʻng Senaning yoniga kravatga oʻtirdi

Jkning shikastlangan yuzi

Sena sekin jkni yuzidan siladi, jungkookning yuzida shilinishlar va kichik jarohatlar bor edi, Sena jkning yuzidagi shilinishlarga malham surta boshladi, jungkook esa Senaning goʻzal yuziga tikilgancha qotib qolgandi

Sena: ana boʻldi... - dedi dori qutisini yopib

Jungkook Senaning qoʻllaridan oʻpib oʻrnidan turib dori qutisini javonga qoʻyib qoʻydi soʻng Senaga qaradi

Jk: ovqatlanasanmi? Juda qorning och qolgandr - dedi senadan havotirlanib

Sena oʻrnidan turib shkafdan tungi koʻylak oldi va ustidagi koʻylakning zamoklarini yecha boshladi

Sena: oʻzing ovqatlanaver, ishtaham yoʻq hech narsa yegim kelmayapti - dedi va koʻylagini butunlay yechib tungi koʻylakni kiya boshladi, jungkook esa koʻzlarini boshqa tomonga qaratib turardi

Senaning tungi koʻylagi

Sena kiyinib boʻlgach jimgina yotoqga yotdi, jungkook ham kiyimini yengil kiyimga oʻzgartirib senani yoniga joylashdi va qoʻllarini oʻtkazib uni quchgancha koʻzlarini yumdi va ular uxlab qolishdi, soat 01:25da Sena uygʻonib ketdi va jkni uygʻotib yubormaslikga harakat qilib telefonini oldi va sekin yotoqdan tushdi, xonadan chiqib zina oldiga keldi, endi zinaga bemalol qadam bosolyotgandi, koʻzlari oldidan Taehyungning murdasi hech ketmasdi, oshxonaga kirib stakanda iliq suv ichdi va stulga oʻtirib telefonidan yangiliklarni tekshira boshladi va...

X: Yaponiyadagi Tokyo shahrining mashxur mehmonxonasidan Koreyalik erkak jasadi topildi, u oʻldirib ketilgan xonadan kichik pichoq ham topilgan,pichoqda barmoq izlari ham bor va kamera yozuvlarida oʻsha xonadan Koreyalik er-xotinlar sarosimaga tushgan holatda shoshilib qochib ketayotganlari topilgan, eng qizigʻi ular aeroportdagi hech bir samolyotga chiqishmagan ammo shaharda ham ularni topishmagan, shuning uchun Tokyolik politsiya mahkamasi bu tergovni hamda barcha dalillarni korealik tergovchilarga topshirdi, hozircha bizda shu yangiliklar.... - dedi yangiliklar shousidagi jurnalist

Sena bu xabarni eshitgach koʻzlari qoʻrquv va vohma b-n katta boʻlib ochildi

Sena: AYSHH JIN URSIN! LANATI - deb baland ovozda qichqirdi

Yotoqxona uxlab yotgan jungkook Senaning ovozini eshitib uygʻonib ketdi va koʻzlarini ishqalab ochganida yonida Sena yoʻqligini koʻrdi va havotirlanib tezda yotoqdan tushdi, xonadan chiqib zinalardan tez tushdi va oshxonada u yerdan bu yerga yurib yigʻlayotgan Senani koʻrdi, koʻngli biroz taskin topb xoʻrsinib uni yoniga bordi

Jk: nma boʻldi tinchlikmi? Yarim kechasi bu yerda nma qilyapsan? - soʻradi havotr va hayratdan

Sena: ular meni qidirishayotgan ekan, eshityapsanmi politsiya meni qidirayotgan ekan, endi nima boʻladi men qamalib ketamanmi? Ularda dalil isbot ham bor ekan, Oʻsha pichoqchada meni barmoq izlarim bor edi va undan tashqari kamera yozuvlari...Jungkook~ endi nima qilaman - deya tinmay yigʻlardi

Jungkook tezda Senani bagʻriga olib mahkam quchdi

Jk: havotrlanma men seni himoya qilaman, hech narsa boʻlmaydi, qoʻrqma men yoningdaman, yigʻlama goʻzalm - dedi Senani tinchlantirish uchun orqasidan silab

Shu payt eshik qoʻngʻirogʻi chalindi, Sena qoʻrqib ketdi jungkookni qattiqroq quchdi

Sena: ana ana kelishdi, jungkook iltimos meni qutqar, iltimos sendan ajralib qamoqda oʻtirishni istamayman, jungkooook - dedi ovozi yigʻi va qoʻrquvdan titragancha

Jungkook Senaga qarash uchun undan ajraldi va Senaning yuzini ikki qoʻli orasiga olib gapirdi

Jk: boʻldi tinchlan, men seni hech kimga berib qoʻymayman, sen shu yerda jim oʻtirib tur - deb uni stulga oʻtqizdi soʻng oʻzi oshxonadan chiqib eshik oldiga keldi

Jungkook chuqur nafas olib eshikni ochdi va eshik oldida bir nechta politsiya xodimlarini koʻrdi

Shunga oʻxshash

Jk: salom?

X: Salom janob kech boʻlganda bezovta qilganimiz uchun uzr

Jk: ha mayli hech qisi yoʻq

X: siz Jeon Sena xonimga eri boʻlasizmi

Jungkook qoʻrquvdan yutindi va ohista bosh irgʻadi

Jk: ha menman, sizlarga kim kerak?

X: iltimos bizga rafiqangiz Sena xonimni chaqirib yuborsangiz, ular qotillik va qochib ketishda ayblanyaptilar, Tokyodagi mehmonxonadan pichoq ham topilgan va u pichoqdan rafiqangizning barmoq izlari topildi, siz ham u bilan oʻsha mehmonxonada boʻlgansiz

Jk: nimalar deyapsiz menimcha sizlar adawyapsiz, biz oxirgi 3kun ichida uyda edik

X: yolgʻon ishlatsangiz yoki qarshilik koʻrsatsangiz sizni ham olib ketishimizga toʻgʻri keladi, bizda uyni tintish uchun ruxsat ham bor iltimos yoʻlimizdan qoching - deb jk qancha toʻsqinlik qilishiga qaramay ichkariga kirib ketishdi, va oshxonadan Senani ikki qoʻlidan mahkam ushlagancha olib chiqishdi

Sena: qoʻyib yuboring meni, QOʻYIB YUBORING

X: siz qotillikda va jasadni tashlab shahardan qochib ketganlikda ayblanasiz, davlat tomonidan advokat yonlashga va tergov vaqtida indamaslikga huquqingiz bor, iltimos xonim qarshilik koʻrsatishni bas qiling boʻlmasa politsiyaga qarshi chiqganlikda ham ayblanasiz - degancha Senani maxsus mashinaga sudrashardi

Politsiya mashinalari

Jk: qoʻyib yuboring uni, siz adawyapsiz u hech qanday qotillik qilmagan, qoʻyib yuboring Xotinimni

Sena: Jungkoooook....QOʻYIB YUBORINGLAR DEYAPMAN SIZLARGA MEN QOTIL EMASMAN, MEN HECH NARSA QILMADIM, QOʻYIB YUBORING... JUNGKOOK ILTIMOS MENI QUTQAR, JUNGKOOOOOK - deb tinmay qichqirib politsiyachilarga qarshilik koʻrsatardi ammo buni hech foydasi yoʻq edi ular Senani mashinaga oʻtqazishdi

Jk: HOY SENLARGA UNI QOʻYIB YUBOR DEDIM, HALI QILGAN ISHLARINGGA AFSUSLANTIRAMAN! - dedi va politsiya mashinalari ketdi

Politsiya xodimlari Senani zoʻrgʻa mahkamaga olib kirishdi, Sena tergov xonasida oʻtirganida tergovchi unga tinmay savollar berardi

Tergov xonasi koʻrinishi

T: Rostini ayting nega uni oʻldirib soʻng qochib ketdingiz?

Sena sochlarini changallagancha faqat bir gapni takrorlardi "men hech narsa qilmadim, hech narsani bilmayman"....

Tergovchi stol ustiga sarafanga oʻralgan pichoqchani qoʻydi

Dalil pichoqcha

T: buni eslayapsizmi? Bu pichoqdan sizni barmoq izlaringiz topilgan

Sena boshini koʻtarib pichoqga qaradi va qichqirib oʻrnidan turdi va quloqlarini qóllari bilan berkitdi

Sena: BAS QILING, MEN HECH NARSANI BILMAYMAN MEN UNI OʻLDIRMADIM UNI OʻLDIRMADIM - deb stulni otib yubordi

Tergovchi qoʻriqchilarni chaqirdi va uni panjaraga qamab qoʻyishlarini tayinladi, qoʻriqchilar Senani ikki tomonidan qattiq ushlab tergov xonasidan olib chiqishdi va panjaraga olib kirib qamab qoʻyishdi

Sena: NEGA MENI QAMAB QOʻYYABSIZ? QOʻYIB YUBORING MENI, MEN HECH NARSA QILMADIM MEN UNI OʻLDIRMADIM, oʻldirmadim men qotil emasman men uni oʻldirmadim... Jungkook meni olib ket, iltimos jungkook- uning qichqiriq ovozlari yigʻiga aylandi va yerga oʻtirib qoldi

Politsiya mahkamasiga Jeon Jungkook kirib keldi albatta u yolgʻiz emasdi, yonida Jimin va ortida koʻp odamlari b-n kelgandi, odamlarining hammasi qurollangan holda kirishgandi

Jungkook and Jimin




16-QISM TUGADI🖤🦋
𝙏𝙊 𝘽𝙀 𝘾𝙊𝙉𝙏𝙄𝙉𝙐𝙀𝘿....