KOʻZLARINGGA TERMULSAYDIM
Kuzgi ko‘chalarda, ularning hikoyasi endi boshlanadi. Ularning muhabbati, eng go‘zal va kuchli his-tuyg‘ularga aylanadi. Seul, o‘zining romantikasi va jozibasi bilan, bu ikki sevishganni bir-biriga bog‘laydi. Qorong‘ilik paydo bo‘lganida, yulduzlar osmonda porlaydi va ularning his-tuyg‘ularini ko‘taradi. Bu, haqiqiy muhabbat va ularning hayotidagi eng go‘zal va'dalaridir.
Kuz va Seul, bu ikki sevishgan uchun, faqatgina zamon emas, balki muqaddas bir sarguzashtga aylanishi mumkin. Ular uchun har bir lahza, sevgi to‘g‘risida yozilgan yangi bir hikoya.
Suho va Eun Ji kichik qahvaxonaga yetib kelishdi va u yerda bir-birlari bilan miriqib suhbatlashishdi. Suho Eun Jidan ko‘zlarini uzmas, Eun Ji esa hayajon bilan yillar davomida boshidan o‘tgan voqealarni hikoya qilib berdi. Suho uning har bir so‘zini yurak-yurakdan tinglardi. U ham Eun Jiga qancha vaqt davomida uni qidirganini va hanuz unutolmaganini aytdi. So‘ngra bir-birlarining telefon raqamlarini almashishdi. Qahvaxonada go‘yo ulardan boshqa hech kim yo‘qdek, miriqib kulishib, suhbat qurishdi.
Soat ancha kech bo‘lgach, ular uylariga qaytishga tayyorlanishdi. Ammo shu payt osmonda qars etib chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumburladi va kuchli yomg‘ir yog‘a boshladi.
Suho va Eun Ji bir-birlariga qarab, endi nima qilamiz degandek hayron turishardi. Ular derazadan tashqaridagi yomg‘irni kuzatishardi. Shu payt Eun Ji Suhoga yuzlandi.
Eun Ji: "Hoy, maktab qiroli, hali ham tabiatga bo‘lgan qiziqishing so‘nmaganmi? Tabiatni hanuz yoqtirasanmi?"
Suho: "Ha, shirin shokolad, hali ham tabiatni yaxshi ko‘raman. Bu mo‘jizaviy tabiat meni o‘ziga tortadi — juda ajoyib va yoqimli!"
Eun Ji: "To‘g‘ri aytasan, tabiat haqiqatan ham jozibali! Aytgancha, endi nima qilamiz? Uyga qanday ketamiz?"
Suho: "Biroz yana o‘tiraylik, balki yomg‘ir tinib qolar," (aslida Suhoning boy oilasi bor va shaxsiy mashinasi ham, ammo Eun Ji bilan yana biroz vaqt o‘tkazgisi kelib, atay vaqtni cho‘zdi).
Eun Ji: "Mayli, kuta qolamiz."
Shunday qilib, yomg‘ir hech to‘xtamadi, go‘yo yomg‘ir ham bu sevishganlarning birga qolishini istayotgandek, ularni bir-biridan ayirishni xohlamayotganday yog‘ishda davom etdi.
Kech tushib, atrof asta-sekin qorong‘ulikka cho‘mib borardi. Osmon yulduzlar bilan bezanishga shaylanayotgandek, shahar ustiga qora libosni yopib olayotganday edi. Daraxtlar va ko‘chalar sirli soyalar ichiga yashirinar, havoda esa sokinlik va xotirjamlik hukm surardi. Shu payt to‘satdan yomg‘irning mayin tomchilari yerga tusha boshladi, avvaliga sekin, so‘ngra kuchayib, atrofni shildiragan ovoz bilan to‘ldirib yubordi.
Birdan osmon qars etib chaqnadi va momaqaldiroq gumburlab, yerni larzaga soldi. Chaqmoqning yorqin nuri zulmatni yoritib, lahza ichida daraxtlar va ko‘chalarni o‘zining qahrli shu’lasi bilan chizib o‘tdi. Yomg‘ir tomchilari yanada tezlashib, tuproq va ko‘chalar namlanib, havo esa o‘ziga xos xushbo‘y hidga to‘ldi. Bu mo‘jizaviy tabiat manzarasi inson qalbiga hayrat va sokinlik bilan to‘lgan iliq bir his olib kirardi, go‘yo kecha va yomg‘ir, chaqmoq va momaqaldiroq birlashib, ularga o‘z sirini ochmoqchi bo‘lganday…
Hanlar va Jeonlar oilasi birdan momaqaldiroq va chaqmoqning ovozidan cho‘chib ketib, suhbatni yakunlashga qaror qilishdi. Ular xizmatkorni chaqirib, biroz suv olib kelishni buyurishdi. To‘satdan kelgan baland ovoz hammani biroz hayajonga solgan edi.
Tepa qavatda esa bir-birini quchoqlab turgan ikki baxtli sevishgan hansirab nafas olishardi. Lekin bu hansirash tezda qo‘rquv va vahimaga aylandi, chunki momaqaldiroq ovozi quloqlarni teshib o‘tdi. Yona qo‘rqib ketib, Jungkookni mahkam quchoqlab oldi, hatto kiyimlarini qattiq ushlab olganidan Jungkookning kiyimlari yirtilay dedi. Jungkook, Yonani hali ham momaqaldiroq ovozidan qo‘rqadi deb o‘ylamagandi. Yona qo‘rquv ichida, titrab gapirdi:
Yona: "Jungkook, iltimos, meni qo‘yib yubormang! Men momaqaldiroq, chaqmoq va… va o‘rgimchaklardan qo‘rqaman. Iltimos, meni yolg‘iz qoldirmang. Nima desangiz ham roziman."
Shu payt yana momaqaldiroq kuchli gumburlab o‘tdi va Yona Jungkookni yanada qattiqroq quchoqladi.
Jungkook hayrat bilan dedi: "Hoy, mitti, yoningda men bor-ku, nega qo‘rqasan? Bo‘ldi, o‘zingni bos, hammasi joyida. Seni hech qachon tashlab ketmayman, yoningdan bir qadam ham uzoqlashmayman. Bo‘ldi, kichkintoy, qo‘rqma. Men endi bilaman, kelajakdagi rafiqam nimalardan qo‘rqishini!"
Yona namlangan ko‘zlari bilan unga boqib dedi: "Sizni sevaman, Jungkook."
Jungkook esa hayratda, "Nihoyat! Nihoyat Yona sevishini tan oldi!" deya xursand edi.
Jungkook: "Rostdanmi? Rost aytyapsanmi?" — deya quvonch bilan Yonani ko‘tarib oldi.
Yona: "Ha, albatta rost. Shunchaki sizni jahlingizni chiqarish uchun rad javobi bergan edim."
Jungkook: "Ehh, shumtakalik qilyapsanmi, mitti? Yaxshi, shoshmay tur!"
Yona Jungkookning gapini tugatishga ulgurmasdan uning lablarini barmoqlari bilan to‘sib dedi: "Iltimos, Jungkook, nojo‘ya harakat qilmang, meni pastga tushiring."
Jungkook: "Yo‘q, tushirmayman. Qo‘rqma, hozir senga teginmayman. Lekin to‘yimizdan keyin rad javobi berganing uchun jazoyingni olasan," — deya ko‘z qisdi.
Yona: "Hoy, bezorilik qilmang, axir men hozir qo‘rqib turgan edim!" — deya hazil bilan gapirdi. Buni anglagan Jungkook uni ko‘tarib aylantira boshladi, Yona esa qo‘rquvini unutib, yuzida tabassum bilan, "Hoy, Jungkook, bas qilsangizchi, tushiring," deya kulib gapirdi. Jungkook ham xursand edi.
Ikkisi shu tarzda baxtli holda yana ota-onalarining yoniga tushishdi. Bu paytda momaqaldiroq ham to‘xtagan edi, ammo yomg‘ir hanuz yog‘ishda davom etardi.
Yona pastga tushar ekan, biroz hayajonda edi. Ular pastga yetib kelishgach, to‘rtala oila boshliqlari unga qarab turishardi. Yona ularga mayin jilmayib salom berdi va Jungkook bilan yonma-yon joylashdi. Shu payt Jeon Mia gap boshladi:
"Voy, mening kelinim juda yoqimtoy ekan! Haqiqatan ham juda go‘zal," — deb, Jungkookga qarab qo‘ydi.
Yona sochlarini qulog‘ining orqasiga olib, "Rahmat, xonim," deya muloyim tabassum qildi.
Jeon ham suhbatga qo‘shilib dedi: "Chindan ham qizingiz juda go‘zal va o‘g‘limga mos ekan."
Han esa tabassum qilib, "Ha, mening malikam juda ajoyib," dedi.
Mariy esa hazil aralash gap qotdi: "Bizning qo‘limizda shunaqa qiz tarbiya topadi-da!"
Ular shu tarzda biroz suhbatlashishdi va xayrlashish vaqti keldi. Hanlar va Jeonlar yana bir uchrashuvni rejalashtirishdi va o‘sha safar to‘y sanasini belgilashni o‘ylashdi. Jungkook va Yona bir-birlaridan ko‘z uzmay qarashib turishardi. Ketishdan oldin Jungkook Yonaga telefon raqamini berib chiqib ketdi.
Yona yugurib xonasiga chiqdi va derazasidan pastga qaradi. Jungkook esa ortiga bir qaradi va Yonani derazadan qarab turganini ko‘rib, unga bir o‘pichli "xayr" qildi. Yona ham jilmayib, unga shunday yoqimli o‘pichli xayr qildi va xonasiga qaytib kirdi. Jungkook esa mashinasiga joylashib, uyiga yo‘l oldi.
Yo‘lda ular Jungkook va Yonaning bir-birlariga naqadar mos ekanliklarini gaplashishdi. Uyga yetib kelgach, hammasi xonalariga tarqalishdi. Jungkook kiyimlarini almashtirib, o‘zining maxfiy xonasiga bordi.
Bu paytda Yona qo‘lida Jungkookning raqamini ushlab, bir telefoniga, bir raqamga qarab turardi. U ichida "Telefon qilsammi, qilmasammi?" deya o‘ylanardi. Buni tasavvur qilgan Jungkook birdan kulib yubordi va o‘ziga o‘zi dedi:
"Bu qiz nega bunchalar o‘zgacha ekan-a?"
Yona nihoyat o‘zida kuch topib, Jungkookga telefon qildi.
Ikki marta qo‘ng‘iroq ovozidan keyin Jungkook telefonni ko‘tardi va Yona birinchi bo‘lib gap boshladi:
Jungkook: "Salom. Ahvollaring qalay?"
Yona kulib yuborib dedi: "Hoy, ahmoq, hozirgina xayrlashgan edik-ku. Ahvolim a’lo!"
Jungkook: "Ha, sendan xavotirdaman."
Yona: "Mendan xavotir olishga hojat yo‘q, Jungkook. Shunchaki raqamimni bilib qo‘yishingiz uchun qo‘ng‘iroq qilgandim. Endi uxlayman."
Jungkook ichida o‘yladi: "Bu qiz umuman g‘alati. Tavba, yana qaysarligini boshladi." Shunday deb, dedi: "Hmmm, mayli, yaxshi. Miriqib dam ol."
Yona kulimsirab javob berdi: "Nima, men bilan gaplashgingiz kelmayaptimi?"
Jungkook: "Hoy, mitti, axir o‘zing uxlayman deding-ku. Nega araz qilasan?"
Yona: "Hhh, mayli unda. Siz ham yaxshi dam oling," dedi-da, telefonni o‘chirib qo‘ydi.
Jungkook esa yuzida tabassum va hayronlik bilan dedi: "Tavba-a! Shunaqa ham qiz bo‘ladimi o‘zi? Uxlayman deb o‘zi aytdi-ku, ehhh, yana aybni menga to‘nkadi. Mayli, unga xabar yuboraman."
Jungkook Yona uchun yanada mehrli va yoqimli xabar yozishga qaror qildi:
"Xayrli tun, mening kichkintoy mittim. Shirin tushlar ko‘rib, xotirjam dam ol, sen mening yuragimda tinchlik va quvonchning asl manbai. Har doim seni qo‘riqlayman va yoningda bo‘laman, shuni unutma. Tushlaringda menga uchrash, seni quchoqlab turishga intilganimni his qilgin. Tinch uxlash va ertalab yanada go‘zal tabassum bilan uyg‘onish nasib etsin, mittim. "
Yona Jungkookdan kelgan xabarni o‘qib, sakrab yubordi. Qo‘llarini tepaga ko‘tarib, telefonidagi xabarni qayta-qayta o‘qirdi. Buni kamera orqali katta ekranda kuzatib turgan Jungkook ham hursand bo‘ldi. Yona, hursand holda, oxir-oqibat uxlab qoldi. Jungkook ham uning uxlab yotganiga amin bo‘lgach, hotirjam uxlashga yotdi.
Yomg‘ir tindi, ikki sevishgan kofedan tashqariga chiqishdi. Suho velosipedini minib oldi, orqasida esa Eun Ji. Ikkalasi qorong‘u ko‘chalarda birga, Eun Ji ning uyi tomon ketishdi. Yo‘l bo‘yida Eun Ji Suhoga har xil savollar berib, boshini qotirib keldi. Nihoyat, Eun Ji ning uyiga yetib keldilar. Suho hayratlanib:
— Nima, uying shu yerdami? Axir, meni uyimga yaqin ekan-ku! Endi har kuni o‘qishga birga ketamiz, — deya hursand bo‘ldi.
Eun Ji: — Ha, meni uyim shu yerda. Mayli, kelishdik, unda birga ketamiz. Endi esa men ham uyga kira qolay, kech bo‘lib qoldi. Sen ham ehtiyot bo‘lib yetib ol.
Suho: — Mmm, mayli. Sen ham yaxshi dam ol, shirin shokolad.
Eun Ji: — Sen ham maktab qiroli! — deya uyiga kirib ketdi.
Suho ham biroz turdi-da, uyiga ketdi. Shunday qilib, ularning bugungi kuni juda ajoyib o‘tdi.
Kuzning ajoyib erta tongi juda go‘zal bir manzara bilan boshlanadi. Quyoshning ilk nurlari ufqdan ko‘tarilayotganda, osmon rang-barang palitraga boy bo‘lib, qizil, sariq va to‘q jigarrang ranglari bilan to‘ladi. Havo harorati yumshoq va engil bo‘lib, ko‘chalar va bog‘lar yumshoq xushbo‘y hidlar bilan to‘ladi.
Daraxtlarning yaproqlari, saralangan ranglar bilan bezalgan, qizil va sariq rangda jilolaydi. Har bir yaproq quyosh nurlarida o‘ynab, xuddi marvaridlar kabi porlaydi. Boshqa tomondan, yomg‘ir tomchilari, qishloq yoki shahar tomlarida oynaga o‘xshab, porlaydi.
Kuzning bu erta tongida qushlarning chug‘urlashi, shunchalik serin burchaklarda kuchli ovozda yangraydi. Ular, yangi kunning boshlanishini xabar berayotgandek, samoviy ko‘kda raqsga tushadi.
Bu paytda odamlar uyqudan uyg‘onib, chuqur nafas olib, kunning yangi imkoniyatlarini kutib olishadi. Tongning go‘zalligi, odatdagi hayotdan bir lahza bo‘lib, yurakni to‘ldirib, yangi umidlar va hayotiy kuchlar bilan ilhomlantiradi. Har kim uchun bu erta tong, bir yangilanish va yangi imkoniyatlar va'dasidir.
Yona uyqudan uyg‘ongach, doimgidek uyida hech kim qolmaganini, faqat xizmatkorlar o‘z ishlarini qilayotganini sezdi. Tezda telefonini qo‘lga oldi va erta tongda Jungkookdan kelgan xabarni ko‘rdi. Xabarni o‘qib, uning kayfiyati ajoyib darajada ko‘tarilib ketdi.
Jungkook: "Hayrli tong, mittim! Yaxshi dam oldingmi? Ahvollaring qalay? Bugungi kuning ajoyib o‘tsin. Agar vaqtim bo‘lsa, seni yoningga oshiqaman. Seni sevaman, kichkintoy mitti."
Bu so‘zlarni o‘qib, Yona hursandligidan xonasi bo‘ylab aylanib, baxtli kulib qo‘ydi. Bugun yana o‘qish kuni ekan. O‘zi uchun ajoyib kayfiyat yaratar ekan, u eng chiroyli libosini tanladi, o‘ziga yoqqan rang va dizaynni tanlab, zargarlik buyumlarini ham taqdi. Keyin nonushta tayyor edi dasturxonga joylashdi. U o‘zini juda chiroyli his qildi va o‘zining ishtahasi yaxshi bo‘lgani uchun nonushta qilishdan zavq oldi.
Nonushtasidan so‘ng, Yona haydovchini chaqirdi va Yonsei tomon yo‘l oldi. Yo‘l davomida, u Jungkook bilan uchrashishini kutayotganini his qildi. Har bir zarra hayajon bilan to‘lgan edi. Kunning qanday o‘tishini, Jungkook bilan yana qanaqa go‘zal lahzalar o‘tkazishini tasavvur qilar ekan, dilidagi his-tuyg‘ular o‘sib borganini his etdi.
Yona o‘zining o‘qish joyiga yetib kelgach, yuragi g‘alabali sevinch bilan to‘lib-toshdi. O‘qish kunining boshlanishini, yangi imkoniyatlarni va yana Jungkook bilan bo‘lishadigan go‘zal lahzalarni kutib, ichidagi quvonchni his qildi. Bugun, albatta, uning hayotidagi eng ajoyib kunlardan biri bo‘lishiga ishonchi komil edi.
Suho ham erta tongda Eun Ji tomon oshiq edi. U Eun Jining uyidan chiqishini naqd yarim soat kutib turdi. Nihoyat, Eun Ji juda go‘zal qilib kiyingan holda chiqdi va Suho uni ko‘rgach, yana bir bor sevib qolgandi. Eun Ji ham Suhonigina ko‘rib, yuragida hayajon paydo bo‘lib, sevgisi yanada oshib ketdi. Ikki yosh bir-biriga salomlashdi va birga o‘qishga yo‘l olishdi. Suho mashinasini ko‘rsatib, "Yur, deya Eun Jini boshlab ketdi. Ikkilasi mashinaga joylashib, yo‘lda davom etdilar.
O‘qishga yetib borishgach, ularni fakultetlariga ajralish muammosi kutardi. Suho ketayotib, Eun Jini olib olishini aytdi, va Eun Ji ham rozi bo‘ldi. Darsga kirishgach, Suho xonaga kirganida, Yonaning kelganini ko‘rdi. U hursand holda Yonaga borib, hamma bo‘lgan voqealarni aytib berdi. Yona hayratda qolgach, birdan u ham hursand bo‘ldi. Shunday qilib, ikkalasi ham baxtli edilar va darslarda faol qatnashishdi.
Darslar o‘tganidan so‘ng, ikki para darsdan keyin tanaffus e’lon bo‘ldi. Suho Eun Jining fakulteti tomon yo‘l oldi va bir mangoli ichimlik olib oldi, chunki Eun Ji mango sharbatini yoqtirardi. Eun Ji dizayner bo‘lib, rassomlik san’ati fakultetida o‘qirdi. Suho borib, Eun Jining xonasini topdi. Xonada faqat Eun Ji bo‘lib, rasm chizib o‘tirgan edi. Suho kirib keldi va "Ta-da! Shirin shokolad, qarang, nima olib keldim!" deya baqirib gapirdi. Eun Ji cho‘chib ketdi.
Eun Ji: "Hoy, maktab qiroli, sekinroq!" deya qo‘liga qaradi. Mangoli sharbatni ko‘rib, quvonib, "Rahmat!" deya sharbatni olib icha boshladi. Ular tashqariga sayr qilgani chiqib ketishdi.
Yona esa hayollar olamiga cho‘mib, dars boshlangani bilmay qolgan edi. Suho ham Eun Ji bilan birga vaqt o‘tkazib qaytgandi.
Nihoyat darslar tugadi. Yona boshini zora ko‘tarib chiqdi. Suho esa allaqachon Eun Jining yoniga ketgandi. Yona sekin asta yurib tashqariga chiqayotganida, birdan koʻzi Taehyungga tushdi va uning yonidan sekin o‘tayotgan edi. Taehyung uni tanib qoldi va gapirdi:
Taehyung: "Hoy, qizaloq, meni tanidingmi?"
Taehyung: "Hmm, juda yaxshi. Hali... Suhoni ko‘rmadingmi?"
Yona: "U allaqachon ketib bo‘lgan."
Taehyung: "Jin ursin, bu bolani," deya sekin gapirdi.
Yona esa: "Menda biror boshqa gapingiz yo‘qmi?" deya javob berdi.
Taehyung: "Ha, yo‘q, ketishing mumkin," deb turgandi. Yona yo‘lakda Jungkook va bir qiz kelayotganini ko‘rdi va yuragida bir narsa sanchilganday bo‘ldi. Bu paytda Jungkook ham Yona va Taehyungni ko‘rdi. Ularning ko‘zlari kesishgach, Yonaning yuragi kuchli urdi, bu voqea yanada hayajonli bo‘lishini his qildi.