"If I could gaze into your eyes."
Koʻzyoshlarim, shoshilmangiz ketmang toshib
Qon yurakka malham boʻlar shoʻr koʻzyoshi
Quvonchlardan kechib qaygʻulardan qochib
Sheʼrlar aytib yigʻlatsaydim, kuldirsaydim
Koʻzlaringga termulsaydim, termulsaydim
Aytgil, hamon bormi shirin arazlaring
Salomatmi orzularing havaslarning..?
Qulogʻimdan ketgani yoʻq nafaslaring...
Seni yana bir bor koʻrishga ulgursaydim
Koʻzlaringga termulsaydim, termulsaydim.....
Jungkook:uni juda ham sogʻindim,yoqimli tabassumini,mehrli va qahrli koʻzlarini yana koʻrgim kelyabdi ..oʻsha kuni ikkimizning koʻzlarimizdagi toʻnashuvdan boshlangan sevgimizga yana qaytgim kelyabdi..uni kamera orqali kuzatish jonimga tegdi,uni yana hayotda koʻrishni istayman.Iforini toʻyib-toʻyib hidlagim kelyabdi ... ayniqsa koʻzlariii...koʻzlariga soatlab termulsam ..... Mayin va mazali lablarini yana tatib koʻrishni hohlayman yuragim...yuragim u tomon talpinmoqda..hattoki koʻzlarimdan yosh oqmoqda eh uni shu qadar sogʻindimki tezroq yonida boʻlgim baxtimga bosgim kelyabdi....(deya oʻziga oʻzi gapirib hayollar ogʻushida kamerada Yonani kuzatib oʻtirar edi.
Kuz fasli go'yo tabiatning o'ziga xos sukunati bilan yangi sahifa ochayotgan davrdek. Osmon endi avvalgidek moviy emas, balki salqin, kulrang soyalar bilan qoplangan. Havoda yengil sovuq, ammo qulaylik baxsh etuvchi shabada esadi, xuddi kimdir yumshoq quchoqqa olgandek his qiladi. Daraxtlar esa go'yo o'z so'nggi liboslarini kiygandek — sariq, olovrang va oltin tuslar bilan o'ralgan yaproqlar jimjit yerga tushadi. Har bir qadam shivirlovchi ovoz chiqaradi, bu tovush tabiatning sokin qo'shig'iga o'xshaydi, xuddi yillar o'tib, ortda qolgan xotiralar singari. Faqat kuzgina shu qadar go'zal ayriliqni ifoda eta oladi: kelgusi sovuq qishning yelkasidagi oxirgi quvnoq nafas, hali o'lmagan, ammo to'lib-toshib ketgan umrning guvohi. Qalbingga tinchlik, bir vaqtning o'zida ezgulik va xotiralar bergandek, kuz o'zida iztirob va go'zallikni yashiradi
Han Yona 19 yosh Yonsei universitetida 1 kurs Tarjimon juda yoqimtoy shoʻx shodon qiz va boy oilada yagona qiz
Yona yoʻlak boʻylab kuzning mayin shabadasidan yoqimli hisni his qilib oʻz hayollari ogʻushida ketar ekan yoʻlidan bir yigit chiqib toʻqnashib ketdi
Yona:hooyyy yoʻlingizga qarasangiz boʻlmaydimi) ayshshsh deb koʻz suzib gapirdi
Jeon Jungkook Jeonlar oilasi yagona oʻgʻli mafia juda ajoyib inson va mukammal juda kelishgan yigit
Jungkook:oʻzing yoʻlingga qarasang boʻlmaydimi qara oyoq kiyimimni rasvo qilding) deya qosh chimirdi Yona esa ichida bu kim boʻldi oʻzi menga urilib ketgan lekn kechirim soʻrashni oʻrniga zarda qiladi yana sensirab gapiradi yaaa tovba
Yona:(uning gaplariga qarshi chiqib): Agar siz biroz ehtiyotkorroq bo'lganingizda, bunday bo'lmasdi. Balki piyodalar uchun mo'ljallangan joyda yurishni o'rganarsiz
Jungkook:(kulib):Ha, ha, rostdanmi? O'zingga ortiqcha baho berma. Ko'cha seniki emas
Yona:Men o'z yoʻlimda ketayotgan edim, siz esa... nima, shunchaki ko'proq joy egallashni xohladingizmi?
Jungkook:(uning ko'zlariga qarab, xotirjamlik bilan): Sen bunday jahl qilganingda yanada qiziqarliroq bo'lasan. Yana bir to'qnashuvga tayyorman.
Yona:(ko'zlarini o'ynatib, kulimsirab): Men ham, faqat bu safar ehtiyot bo'ling, yo'qsa sizni keyingi safar tinch qoldirmayman.
Jungkook:(ko'zlarini qisib): Katta tahdid... Lekin qiziq... Sen kabi birov bilan yana to'qnashishga qarshi emasman
Yona:Shunaqami? Juda ko'p gapiryapsiz, lekin ehtiyot bo'ling bu safar omadingiz keldi.
Jungkook:(boshini egib, qo'lini cho'ntagiga tiqib, yengil ohangda):Omad bilan bog'liq emas, faqat sening qanday yurishingni bilmayman. Balki menga o'rgatarsan?
Yona:( jiddiy ohangda): O'rgatish deysizmi? O'rgatganimdan keyin ham yaxshilanmaysiz balki siz uchun qoida yo'qdir?
Jungkook:(tabassum bilan, bir qadam oldinga bosib): Yurib o'rgatilish qiziqarli bo'lardi. Kim biladi, balki sen men o'ylaganimdan ham ko'proq narsani o'rgata olarsan.
Yona: (uning oldida qattiq turib): Siz ko'rganingizdan ham aqlliroqman. Lekin men oʻrgatishni istamayman men kechikyabman xayr )deb ketib qoldi
Jungkook:(yuz ifodasi oʻzgarib)ehhh suxbatimiz endigina yaxshi ketayotgan edi mayli, ammo u qizning koʻzlari....juda ajoyib odamni oʻziga jalb qila olar ekan u qizning koʻzlariga oshiq boʻldim u bilan yana albatta uchrashaman ha, ha albatta uchrashaman va u qizni oʻzimniki qilaman yo meniki boʻladi, yoki hech kimniki! (deya Jungkook ham oʻz mashinasi tomon yoʻl oldi va mashinasiga joylashdi )
Yona ham orqasiga oʻgirilmasdan yoʻlida davom etdi va Yonsei universitetiga yetib kelib biroz tomosha qildi (bugun birinchi oʻqish kuni edi ) Yonada zarracha ham hayajon yoʻq edi oʻzini biroz tartibga keltirib oʻz xonasiga chiqdi va u yerda koʻp doʻstlar orttirdi. Dars vaqti hali hanuz hayollarida Jungkook edi chunki Jungkookni bir koʻrishda sevib qolgan edi negaki Yonaning didiga mos edi .Yona bir bir hoʻrsinib qoʻyar edi uni bir savol qiynayotgan edi "U yigit bilan yana koʻrisha olarmikanman" ular shunchaki toʻqnashib ketishgan edi ammo ular bilishmaydiki shu toʻqnashuv ikkalasini taqdirini oʻzgartirishini.
Yona universitetdan chiqdi bugun birinchi kun boʻlgani uchun erta tugagan edi va oʻz haydovchisini izladi va koʻzi tushdi u tomon sekin-asta borib mashinasiga joylashdi mashinada ham hayol surib ketar edi.Yonaning uyi universitetga yaqinroq joyda joylashgan edi salkam 20 minutlik yoʻl edi, shunday qilib Yona uyiga ham yetib keldi
Hanlar oilasi uyi
Yona mashinadan tushdi va uyiga kirdi kirishi bilan dimogʻiga shirin hid urildi,chunki Yonaning oyisi u yoqtirgan shirin pirokni tayyorlab qoygan edi.
Yona yugirib borib oshxonaga kirdi oshxonada esa Han Mariy dasturxon bezatayotgan edi Yona esa onasini orqasidan maxkam quchoqlab yuzidan oʻpib qoʻydi va endigina pishgan issiq yoqimli qulpnayli pirokni yeya boshladi, Mariy esa kulib...
Mariy:hoy qizim shoshilmasangchi! Ahvollaring qalay? Oʻqish kuning qanday oʻtdi ishqilib biror bir ishkal chiqarmadingmi?
Yona:(ogʻzi toʻlib) ommaaa qizingizni qorni och
Mariy:eh oʻzimni ochofat qizalogʻim ha mayli qorningni toʻygʻazib ol! Keyin esa yaxshilab suxbatlashami
Yona ha hoʻp degandek boshini qimirlatib qoʻydi va ikkalasi ovqatlanishdi oxiri ochofat Yonaning qorni toʻydi
Yona:ana omma qornim toʻydi,endi gapiring deya kekirib qoʻydi )oyyyyy uzur deb kechirim ham soʻradi hijolat chekib
Mariy:ohh qizim bu nimasi)deya kulib yaxshi qorning toʻygan boʻlsa ana endi soʻzlab ber bugungi kuning qanday oʻtdi?
Yona:bugungi kunim juda yaxshi oʻtdi havotir olmang juda koʻp doʻstlar orttirdim) deb suzilib qoʻydi
Mariy:haa unday boʻlsa juda yaxshi. A lekin ishkal masalasichi sen qiz har joydan muammo orttirib yurasanku
Yona: bir zum Jungkook bilan toʻqnashuvni hayolidan oʻtkazdi va ) omma bas qilsangizchi (deb lablarini osiltirib) hech qanday muammo boʻlmadi sizning qizingiz birinchi bor ishkalsizz kunini oʻtkazdi
Mariy:nahotkiii qizalogʻim qaniydi har kuning shunday oʻtsa deb mazax qilib qoʻydi
Yona:ommaaaa (deb erkalanib gapirdi)
Mariy:ha mayli gapirmadim, senga bir yangiligini bor!
Mariy:bugundan boshlab dadangni eski kompaniyasini boshqaraman ! Dadang hozirgina kelishimni aytdi men esa hozir ketaman
Yona:ooooooo omma siz ham ishlik ayol boʻldingizmi?
Mariy: albatta qizalogʻim dadangni yana bir necha kompaniyasi bor shuning uchun ishlariga yordamlashaman sen ham oʻqishingda yana 2 yil oʻqisang balki dadang seni ham katta qiz boʻlib qoldi deb kompaniyasini topshirar
Yona:ha albattada omma oʻzi ikkita kompaniya meni nomimdaku deb qosh koʻtardi
Mariy:yooooo qizim unda tezroq ola qol
Yona:omma bir kuni albatta egallayman endi siz tezroq ishingizga boring bilasiz dadam kech qolganlarni yoqtirmaydi
Mariy:rostdan ham mayli unda men kiyimlarimni yangilab chiqay va ketaman sen ham yuvinib dam ola qol
Yona:hoʻp boʻladi omma yaxshi boring men dam olaman dadamga salom ayting va meni nomimdan oʻpib qoʻying!
Shunday qilib Mariy kompaniyaga ketdi Yona esa uyda yolgʻiz oʻzi qoldi va dush qabul qilib chiqib yana hayol surdi (yaʼni Jungkook haqida)
Ehhh nega u yigit hayollarimdan ketmayabdi? Yoki uni nahotki, sevib qoldimmi? Yo Hudo bunday boʻlishi mumkin emas bir koʻrishdagi sevgi boʻlmaydiku! Yona hayollaringni yigʻ boʻlmagan ishni gapirishni va oʻylashni bas qil! (Deya oʻziga oʻzi gapirib yotogʻida uxlab qoldi)
Kuzning erta tongi – havo salqin, ammo yoqimli shabada yuzni ohista erkalaydi. Daraxtlardagi yaproqlar sariq va to'q qizg'ish ranglarda tovlanib, asta-sekin yerga tusha boshlaydi. Osmon och ko‘k tusda, lekin gorizontda quyoshning oltin nurlari asta yengil pardadek taralayotganini ko‘rish mumkin. Qushlarning xushovoz sayroqlari kunning birinchi ohanglarini yaratadi, shabnam tomchilari esa maysalarni yaltiratib, tongni yanada sehrli qiladi. Bu sokin va tinch lahzalar ongni tozalab, yangi kunning va'dalarini his qilishga imkon beradi.
Yona erinibgina koʻzlarini ochdi biroz uyqusirab oʻtirdi va dush qabul qilib biroz pardoz qildi, kiyindi va pastga oshxonaga tushdi, qarasaki hech kim yoʻq chunki dadasi va onasi ertalab erta ishga ketishgan edi lekn nonushtasini tayyorlash eslaridan chiqmabdi Yona biroz gʻalati boʻldi, lekn nonushtani koʻrib ishtaxasi ochilib ketdi
Va ovqatlandi, ovqatlanib boʻlib haydovchisi koʻchada turganini korib tez-tez yurib mashinaga joylashdi va yana oʻsha unvestitet tomon yoʻl oldi, u yana Jungkook bilan uchrashishni hohlar edi. U unvestitetda ancha doʻstlar orttirgan edi va bir yigit bilan ham yaqindan tanishib qolishgandi qiz doʻstlari ham koʻpaydi
Mana 20 daqiqalik yoʻl ham tugadi va Yona sekinlik bilan mashinadan tushib yana oʻsha yoʻlak bilan uchrashdi havo salqin yoqimli lekin Yona kutgan inson kecha uchrashgan joyida yoʻq edi Yonaning koʻzlari har tarafdan Jungkookni izlar edi afsuski Yona izlagan imsonni u yerlarda soyasi ham yoʻq edi shu tarzda Yona yana hayollar domiga shoʻngʻidi yoʻlida ketar ekan ortidan kelgan( salom "Han Yona")degan ovoz Yonani hayollar domidan olib chiqdi va ortiga oʻgirilishiga majbur qildi !
Yona ortiga oʻgirilib qarasaki Jungkook turgan edi Yona Jungkookni koʻrib ich ichidan hursand boʻlib ketdi koʻzlari chaqnab ketay dedi ammo sezdirmadi
Yona:siz....? Siz bu yerda nima qilyabsiz?
Jungkook:nima kelib boʻlmaydimi mitti yoki bu yerlar seni qarorgohingmi? (Deb Yonaga yaqin kelib gapirdi)
Yona: (hayron yuz ifodasi bilann) mitti?... H hoy siz nega meni mitti deysiz axr alla qachon 19 yoshdaman, keyin bu yerlar meni qarorgohim emas janob
Jungkook:ha mitti sen mittisan. Atigi 19 yoshdaman men esa 28 yoshdaman shunday ekan men seni mitti deb chaqiraman shunga jahling chiqyabdimi
Yona:siz mendan 9 yosh katta siz holos meni mitti deb atashingiz shart emas!(Aslida bu soʻzni eshitgan Yonaning qalbida kapalakchalar uchar edi lekin sezdirmas edi )
Jungkook:hoy mitti axr boʻying ham mendan ancha kichik nega qaysarsan ?
Yona:hoʻsh nima qilibdi shungga?
Jungkook:nima shungga?(Deya yuzini Yonaning yuziga yaqin kelib gapirdi)
Yona esa hayajondan oyoqlari qaltirab yuragi boshqacha ura boshladi yuzlari ham qizara boshlagandi chunki Jungkookning issiq nafasi Yonaning yuziga shundoq urilib turar edi Yona esa juda gʻalati hisni tatigandi.......
Yona:aaa..aa ayt.tt.ga.ncha siz meni familiya ismimni qayerdan bildingiz?
Junkgook:(yuzida tabassum bilan)hoy mitti men mafialar boshligʻiman sen haqingdagi maʼlumotlarni 1 daqiqada topa oldim qoyilmisan?kdeb koʻz qisdi)
Yona:ooo haaa oʻzim ham bilgan edi qora kiyim kiyganingizdan va koʻzimga boshqacha koʻringan edingiz qoyil men haqimda nimalarni bildingiz?) men ham mafia boʻlishni orzu qilar edim (deb xoʻrsinib qoʻydi)
Jungkook:haaa shunday toʻgʻri oʻylabsan. Nega unda mafia boʻlmading ?
Yona:Afsuski dadam bunga ruxsat bermagan (deya lablarini osiltirdi)
Jungkook:ha demak tushunarli ... (Deya sukut saqlashdi ikkalasi nima deyishini bilmay turgandi.
Shunday sukunatni bir yigit buzdi, bu Yona kecha tanishib doʻst boʻlgan Suho edi.
Kim Suho Kimlar oilasining ikkinchi oʻgʻli, uning akasi Kim Taehyung
Suho 19 yosh 1 kurs Tarjimon juda yoqimtoy mehribon yigit
Suho yugurib kelib Jungkook eʼtibor bermay Yonaning qoʻlidan ushlab
Suho:hoy hayolparast qani yursangchi kech qolyabmiz (deya olib ketayotgan edi Yona esa hayratda
Bu holatni kuzatib turgan Jungkook ichidan gʻazabi toʻlgʻonib tashqariga alla qachon chiqqan edi Jungkookning jahli chiqsa hech nimaga eʼtibor bermaydi,
Jungkook borib Suhoni qoʻlini Yonaning qoʻlidan siltab tashladi,Yonani esa orqasiga yashirib oldi huddi uni kimdur Jungkookdan olib qoʻyadigandek (bu juda ajoyib) lekin Jungkookning gʻazabi ohhh juda yomon holat shunday qilib Jungkook Suhoni yoqasiga yopishib ketdi
Jungkook:sen kim boʻlding endi, nima meni koʻzlaring koʻrmayabdimi deyman ? Iflos mishqi (deya Suhoni va Yonani gaplarini eshitmay Suhoni doʻpposlab ketdi Jungkook Suhoni shunaqangi mahorat ila urar ediki, hatto Suho javob qaytarishga ulgurmas edi
Bu yerda nimalar boʻlayotganini anglay olmayotgan Yona esa chetda shokda edi nima qilishni ham bilmas edi. Yona borib Jungkookni ajrataman deb bor kuchi bilan Jungkookni surdi ammo foydasi boʻlmadi va ohir oqibat u bor ovozi bilan baqirishga tushdi!
Yona:HOY IKKALANGIZ BAS QILINGLAR ! AKS HOLDA OʻZIMNI MASHINA TAGIGA TASHLAYMAN !!! (deb bor ovozi bilan baqirdi tomogʻi ham achishib ketdi bir bir yoʻtalib qoʻydi!)
Jungkook Yonaning gaplarini eshitiboq shu zahoti oʻrnidan tezlik bilan turib Yonaning qoʻllaridan mahkam ushlab oldi va u ham baland toʻnda gapira boshladi.
Jungkook:nima aqldan ozdingmi ? Nega bunday deysan
Yona:agar shunday demaganimda siz Suhoni urib oʻldirib qoʻygan boʻlar edingiz (deya koʻzlariga yosh oldi )
Jungkook:hoy mitti nega yigʻlaysan nima u sen uchun shunchalik qadrli insonmi?
Jungkook:bilib qoʻy meniki boʻlgan insonga hech km qoʻlini tekkizmasligi, yomon koʻz bilan boqmasligi,suykalmasligi kerak aks holda meni qoʻlimdan oʻlim topadi!(Deb qatʼiy gapirdi) SEN HAM QADAMINGNI OʻYLAB BOS! BILIB OL DOIM KUZATUVIM OSTIDASAN HAN YONA!
(Deb soʻzlarini yakunladi va asabiy holda ketib qoldi
Yona esa Jungkook ortidan soʻzsiz qoldi va Suhoga qarab achindi chunki Suho bir ahvolda yerda yotardi Yona rossa hijolat chekayotgan edi
bechora Suho men nima qildim,oʻzi u kim deya ogʻriqlarini yashirib yotardi. Yona Suhoni turishiga yordamlashdi Suhoni tartibga keltirishdi va Universitet shifoxonasiga yoʻl olishdi sekin sekin yurib ohiri yetib borishdi va Yona Suhoning yuzlaridagi qonlarni artib malham surtib qoʻy
Shunaqa deb tassavur qilaszlar
Yona:hooyyy jinni boʻldingmi, yoʻq u meni yigitim emas bilmayman kim ekan kecha u bilan yoʻlakda ketayotib toʻqnashib ketgandik bugun esa yana koʻrishib qoldik shu holos
Suho: ha demak u seni sevib qolgan
Yona:(koʻzlarini katta katta ochib) bunday gaplarni gapirmasangchi.
Suho:nima gapim notoʻgʻrimi? Axr oʻzing ham koʻrdingku nima qilganini aniq bilaman sen hayolparastni sevib qolgan (deya mayin kulib koʻz qisb qoʻydi)
Yona:hooyy ahmoq bas endi mayli menga qiziq emas (deb huddi qiziq emasdek gapirdi ammo Yonaning oʻzi ham Jungkookni sevib qolgan edi )
Suho:hoʻp, hoʻp boʻldi gapirmadim.
Suho:ha hayolparast xonim nima deysan ?
Yona: mmm meni kechir meni deb senga shikast yetdi
Suho:nega kechirim soʻraysan hech qisi yoʻq bunday holatlar boʻlib turadi men sendan hafa emasman (deya tabbasum qildi) lekin juda zoʻr urdi hattoki javob qaytara olmadim (deb kulib yubordi
Yona: haa u mafia shuning uchun shunday boʻldi yaxshiyamki oʻldirib qoʻymadi
Suho: o yoʻgʻe rostdan mafia ekanmi?
Yona:haa men mafia man dedi rostdan ham qora kiyimda yuradi biroz oʻzgacha ekan
Suho:haa oʻzi ular shunaqa oʻzgacha boʻlishadi ) qani endi ketdikmi? Darsga ham kech qolamiz
Yona:ha lekn ahvoling yaxshimi?
Suho:mendan havotirlanma menda hammasi joyida yur ketdik
Shunday qilib ikkalasi oʻz xonalariga chiqishdi Yona kuni boʻyi Jungkookni "KUZATUVIM OSTIDASAN" degan soʻzlarini oʻylab yurgandi, nega u bunday dedi nahotki endi meni kuzatib yursa, nahotki Suho aytgan gap toʻgʻri boʻlsa rostdan u meni sevib qoldimi? Deya oʻz hayollariga choʻkib ketgandi .
Va nihoyat darslar tugadi bugungi darslar kech tugagan edi. Hamma bir biri bilan hayrlashib uylariga ketishdi Yona ham mashinaga oʻtirdi va 20 daqiqada uyiga yetib bordi uyga kirsa dadasi va oyisi oshxonada ovqatlanib oʻtirishgan ekan.Yona ham kirdi va salomlashdi
Yona:salom dada salom oyi deb ikkalasini ham yuzidan oʻpib joylashdi
Janob Han katta biznesmen juda koʻp kompaniyalar egasi
Janob Han:hayrli kech mitti malikam keldingmi?
Han Mariy:o keldingmi? Ahvoling qalay?
Yona:sizga ham hayrli kech dadajon, ha keldim, ahvolim joyida, lekin charchadim
Han:meni mitti malikam muammo chiqarmadimi?(Deya kuldi)
Mariy:kecha ishkalsiz kun oʻtkazgandi bugun bilmadim (deb Mariy ham kuldi)
Yona:dadaaa ommmaaa (lablarini osiltirib,yanoqlarini shishirib) bilsangiz qizingiz katta boʻlib qoldi endi muammo chiqarmayman (koʻz suzib)
Han:meni kuchli qizim doim shunday boʻlsin
Yona:ha ikkalangiz ham ishdan erta qaytibsizmi
Han:ha onang bilan bugun ertaroq kelishga kelishdik a aytgancha ertadan hizmatkor ishlaydi uyda
Yona:o yana yangilik oʻzi oldinroq hizmatkor yonlash kerak edi
Mariy:toʻgʻri aytasan lekin hizmatlarga ham ishonch yoʻq qizalogʻim
Han:men ham shunga ruxsat bermas edim endi esa majburmiz
Yona:toʻgʻriiii ha mayli bu yaxshi endi esa men dam olaman qornim esa toʻq sizlarga hayrli tun
Mariy:mayli qizim senga ham hayrli tun
Han:hoʻp mitti malikam sen ham yaxshi dam ol
Yona:hoʻp muah (deb xonasiga chiqdi
Han va Mariy ham ovqatlanib boʻlib oʻz xonalariga kirib uxlab qolishdi
Yona ham dush qabul qilib tungi kiyimini kiyib yotoqqa joylashdi
Koʻzlarini yumigan edi hayolida Jungkook gavdalandi Yonaning yuzida tabassum paydo boʻldi va oʻziga "ehh Yona sen ham uni sevib qolibsanku" deb kuldi
Jungkook esa bu payt barcha ishlarini yakunlab uyiga qaytdi uni ham kuni boʻyi hayolida Yona edi
Jungkook kiyimlarini almashtirdi yuvinib chiqib oʻzi yoqtirgan taomni tanovvul qilib qoʻliga bananli sutini olib, maxfiy xonasiga yoʻl oldi, u yerga kirdi va katta ekranni yoqdi, yoqishi bilan Yonani koʻrdi, uni koʻrib Jungkookni koʻzlari porlab ketdi. Jungkook Yonani shu qadar sevib qolgan edi tassavur qilib boʻlmaydi.Jungkook oʻrindiqqa joylashdi va miriqib Yonani kuzatardi lekin Yona esa hayol surib uxlab qolgandi. Jungkook esa Yonani yoqimtoy boʻlib uxlab yotganini koʻrib yeb qoʻygisi kelardi va shu payt Jungkookni ishtiyoqi oshib miyyasiga bir fikr keldi bu fikr....
Hanlar oilasini uyiga yaʼni
Yonaning uyiga borish edi
Jungkook mafia boʻlgani uchun shogirdlari bor edi va bir necha shogirdlariga telifon qildi
Jungkook: men Hanlar oilasini uyiga kirishim kerak tayyor qiling
X:tushunarli janob
Deya qoʻngʻiroq yakunlandi.
Jungkook tezda ustiga qora plashini, boshiga esa qora kepkasini kiyib mashinasiga joylashdi va tezda Yonaning uyiga yetib keldi. Jungkook osonlikcha Yonaning uyiga kirdi chunki shogirdlari ishni ustalik bilan bajargan edi va Yonaning xonasiga kirdi
Jungkook sekin yurib Yona yotgan yotoq yoniga joylashdi unga termulgani sari yanada sevib qolayotgan edi
Jungkook:(past ovozda) nega bunchalar yoqimtoysan a , seni yeb qoʻygim kelyabdi! Koʻzlaringga soatlab termulgim kelyabdi meni oshiq qilgan koʻzlaringni koʻrgim kelyabdi (Yuzida juda ajoyib tabbasum bor edi) Qani endi xotinim boʻlib qolsang va shunday quchogʻimda yotsang seni maxkam quchoqlab yotardim va shunday boʻladi ham) deya havas ila gapirar edi
Jungkookni koʻzlari Yonaning pushti lablariga tushdi. Undan boʻsa olgisi kelar edi ammo oʻzini chalgʻitishga harakat qildi lekin eplay olmasdi chunki hirslari uygʻonar edi.
Birdan Yona qimirlay boshladi va Yonaning qoʻllari Jungkookni qoʻllariga tegib choʻchib uygʻonib ketdi Jungkook esa tezda Yonani ogʻzini berkitdi Yonani koʻzlari kattalashib endi baqirmoqchi edi
Jungkook:hoy mitti men Jungkookman baqira koʻrma qoʻrqma senga hech narsa qilmayman agar baqirmasang qoʻlimni olaman kelishdikmi!
Yona ha degandek boshini tez tez qimirlatdi Jungkook sekin asta qoʻlini oldi
Yona:hoy nega bu yerdasiz uyga qanday kirdingiz
Yona:siz aqldan ozgan telba ekansiz ahmoq tezda uyimdan chiqib keting aks holda dadam va oyimni chaqiraman.
Jungkook:ha meni shunday aqldan ozganman bunga sababchi oʻzingsan. Agar shunday qilsang men senga boshqa ish qilaman (deb tirjaydi)
Yona:nima qilasiz oʻldirasizmi?
Jungkook Yonaning yuziga yaqin keldi nafaslari bir biriga urilib turardi derazadan tushayotgan oyning nurlari ikkalasini koʻzlariga tushar edi