Yesterday

My love

Hikoya:Muhabbatim...
1950-yillarning eski zamonlari, kichik qishloq va qirollik saroyi o‘rtasida bir sevgi hikoyasi...

Kichik, bir qishloq... Unda hayot oddiy va oson edi. Qishloqning eng chiroyli qizi Caroline edi. Uning uzun to‘q jigarrang sochlari, yaltiroq ko‘k ko‘zlari va yuzidagi beg‘ubor tabassumi qishloqni go‘zallik bilan to‘ldirardi. U har kuni bozorga o‘zining ekkan gul va o‘simliklarini sotish uchun chiqardi.

Bozorning narigi tomonida esa kambag‘al temirchi yigit – Adrian yashardi. Qattiq mehnatkash, ammo yuragi sehrli ertaklarga ishonadigan yigit. Caroline va Adrian bir-biriga ko‘p yillar davomida ko‘z qirini tashlab kelishgan. Faqat sevgi so‘zlari ularning tilida emas, ko‘zlarida yashardi.

Bir kuni...
Bozor kunlaridan birida Caroline doimiy yo‘lidan emas, qishloq chetidagi eski yo‘ldan yurib ketayotgan edi. Shu yerdagi daraxt soyasida Adrian qo‘liga eski gitara olib, she’r o‘qib o‘tirganini ko‘rib qoldi.

Adrian (kulib): Sen bu yo‘lda hech yurmasding, Caroline

Caroline (tabassum bilan): Ehtimol, bu yo‘l seni tomonga eltish uchun bor bo‘lsa kerak.

Adrian kulib yubordi va qo‘lidagi gitarasida bir kuyni chala boshladi. Ularning yuragi bir lahzada bir-biriga bog‘landi. Lekin bu go‘zal kunlarning soyasida kelayotgan bo‘ron borligini ular hali bilishmasdi...

Kunlarning birida qishloqqa katta qirollik karvoni keldi. Tilla qoplamali aravalar, qator otliq qo‘riqchilar va ulug‘vor bayroqlar – bu Prince Edward ning tashrifi edi. U kichik bir shaharni aylanib, xalqqa ko‘rinish berish uchun kelgan edi.

Prince Edward bozorga yetib kelganida, ko‘zi bir darhol Carolinega tushdi. U bozor oralab gullarni terib, o‘ziga hos jozibasi bilan tabassum qilayotgan edi. Shahzoda ot ustidan tushib, uning oldiga keldi.

Edward (tabassum bilan): Sening gullaring saroydagi bog‘lardan ko‘ra chiroyli ko‘rinadi. Isming nima, go‘zal qiz?
Caroline (hayron bo‘lib, bosh egib): Caroline, hazratlari.

Atrofdagilar bu uchrashuvni pichirlab muhokama qilishar, ammo Caroline yuragida sovuq bir titroqni his qilardi. Shahzoda o‘zining so‘nggi qarorini shu kuniyoq e’lon qiladi:

“Men Caroline’ni malika qilib olaman!"

Qishloq ahli hayratda qoldi. Kimdir Caroline’ni tabrikladi, kimdir uning hayotidan kuyindi. Lekin Caroline uchun bu ertak emas, qamoqqa aylangan edi.

Adrian bu xabarni eshitganida, yuragiga bir o‘q qadalgandek bo‘ldi. U darhol Caroline’ning uyiga yugurib borib, uni uchratdi. Qizning ko‘zlarida yosh, yigitning ko‘zlarida alam bor edi.

Adrian (titroq ovozda): Caroline, men seni hech kimga bermayman! Qirollik bo‘lsa ham, kurashaman. Men seni sevaman!
Caroline (yig‘lab): Adrian, iltimos... Qirollik farmoniga qarshi borish mumkin emas. Sen faqat o‘zingni o‘ldirgaysan...

Oradan bir necha kun o‘tib, Adrian og‘ir xayollarga botgan holda, qishloqni tark etishga qaror qildi. Ketish oldidan Caroline’ga xat yozib qoldirdi:

"Sen uchun kurasha olmadim... Balki bu mening ojizligimdir. Ammo seni baxtli ko‘rishni xohlayman. Yuragim seniki, ammo yo‘llarimiz boshqa..."

Caroline xatni o‘qigach, uzoq yig‘ladi.

Caroline qirollik saroyiga ko‘chib o‘tdi. Uning har bir kuni tilla devorlar orasida o‘tsada, yuragi huvillab yotardi. Prince Edward unga mehr ko‘rsatar, qimmatbaho tuhfalarga ko‘mib tashlardi. Lekin Caroline sovuq edi. Shahzoda buni ko‘rib turardi, ammo hech qachon taslim bo‘lmasdi.

Bir kuni urush chog‘ida, Edwardning sabri tugadi.

Edward (jahl bilan): Nega? Nega hamon uning orqasidan yig‘laysan? U nima qildi senga?! Haqiqiy sevgan yigit o‘z sevgisini qo‘ldan boy bermas edi! Men bo‘lsam, seni qo‘limdan kelgancha baxtli qilish uchun kurashdim. Meni ko‘ra olmaysanmi, Caroline?!

Caroline bu so‘zlardan keyin ko‘z yoshlarini to‘xtata olmadi. U Edwardning yoniga yaqinlashib, titroq ovoz bilan pichirladi:

Caroline (ko‘z yosh bilan): Men uni allaqachon unutganman... Men seni sevaman, Edward. Menga shunchaki vaqt kerak edi.

Shahzoda uning ko‘z yoshlarini artib, yumshoq ohangda dedi:

Edward: Endi mening baxtim faqat sening tabassumingda yashaydi, Caroline...

Bog‘dagi atirgullar ostida Edward Caroline’ni qo‘llaridan tutib, asta o‘ziga tortadi. Yulduzlar ostida ikki sevishganning taqdiri birlashgan edi. Caroline yuragidagi barcha og‘riqlarni unutib, endi o‘z sevgisini qabul qilgan edi.

Caroline: Endi meni qo‘yib yuborma, Edward.
Edward (tabassum bilan): Hech qachon, malikam.

Saroy atrofini shamol silkitib, uzoqlarda Adrianning o‘z yo‘lini topganini tasavvur qilsa bo‘lardi. Lekin Caroline o‘z baxtini endi topgan edi...


Yakun:Caroline va Edward bir-birini sevib, baxtli hayot kechirishadi. Ammo bu hikoyada sevgi faqat kurashib qolganlarning emas, balki uni qabul qilganlarning ham g‘alabasi edi.