October 29

KOʻZLARINGGA TERMULSAYDIM

5-ep

__

Shundan so‘ng Jeon va Han, Mariy va Mia o‘zaro suhbatga berilib ketishdi. Jungkook esa Yonaning xonasiga chiqib ketdi. Tepaga ko‘tarilar ekan, yuragi tez ura boshladi. Xonaga kirib, Yonani raqsga tushayotganini ko‘rdi va bu manzaradan yuziga kulgu yugurdi. U, albatta, bu go‘zal lahzani kuzatishdan zavq oldi.

Yona esa Jungkookni ko‘rib, birdan qo‘rqib ketdi. Jungkook yuzida tabassum bilan Yonaning yoniga yurib kela boshladi. Yona esa birdan:

— Siz bu yerda? Yana nima qilyapsiz? — deb savol berishga shoshildi. Jungkook hali ham tabassum yo‘qotmasdan, shirin ovozda gap boshladi:

— Demak, hech narsadan xabaring yo‘q.

— Nima? Nimadan xabarim bo‘lishi kerak? — Yona qiziqib so‘radi.

Jungkook atay gapni olib qochib:

— Chiroyli raqsga tushar ekansan, deb ko‘z qisib qo‘ydi.

Yona esa hayajon va biroz jahl aralash dedi:

— Biror kishining xonasiga eshikni taqillatib kiriladi, siz esa jinoyat qildingiz — biror kimsani bildirmay kuzatib qo‘rqitib yubordingiz!

Jungkook esa kulib:

— Nega menga biror kishi bo‘lishi kerak? Axir, yaqinda xotinim bo‘lish arafasidasanku, mitti. Keyin bu jinoyat emas, bilsang, bu shunchaki kuzatish holos.

Yona hayratlanib:

— Nimalar deyapsiz? Xotin? — deb kulib yubordi.

Jungkook davom etdi:

— Nima deb o‘ylaysan? Kunduzi dam olish kunida uyingda dadang va onang bor, lekin men qanday qilib bemalol seni xonangga kirib keldim?

Yonaning ko‘zlari kattalashib ketdi, Jungkookga tez qarab savollar berishga shoshildi:

— Axxrr... qanaqasiga? Siz rostdan ham qanday qilib kira oldingiz? Shoshmang! Nima? Yo‘q, men o‘ylagan ish emas, to‘g‘rimi?

Jungkook nazarini qattiq tutib:

— Albatta, sen o‘ylagan o‘sha ish, mitti.

Yona esa hayron bo‘lib:

— Bo‘lishi mumkin emas! Aldayapsiz! — deb o‘zini jinnilikka solardi. Ammo u Jungkookning oilasi bilan Yonaning qo‘lini so‘rab kelganini his qilib, ich-ichidan shunaqangi hursand bo‘layotgan edi. Ammo bu hislarni tashqariga chiqarmaslikka harakat qildi, chunki agar bildirsa, yonida turgan bezori hursandligidan yana qandaydir sho‘xlik qilishini bilib turardi.

Jungkook:

— Nega seni aldashim kerak? Men seni qo‘lingni sarab keldim, ya’ni dadam va onam bilan sening oilang bizga, bizning oilamiz esa sening oilangga ma’qul kelayapti. Balki yaqin orada to‘yimizni ham belgilashar...

Yona:

— Hoooy, bunday hayollarni bas qilsangizchi! Bu hech qachon ro‘y bermaydi, men rozi bo‘lmayman! — dedi shoshqoloqlik bilan.

Jungkook bilib turgandi, Yona atay jahlini chiqarayotganini, ammo Jungkook bu gaplardan biroz hafa bo‘ldi. Biroq u ham bu holatga toqat qilmadi va yana tabassum qilib, Yonaning yoniga yaqinlashdi. Yona ham nimadir bo‘lishini sezib, o‘sha tun nima bo‘lganini eslab, Jungkookga gapirdi:

— Hooy, joyingizda qoling! Menga yaqin kelishni hayotingizga ham keltirmang!

Jungkook esa uning gaplariga parvo qilmay, yurib gapira boshladi:

— Yana qarshilik ko‘rsatyapsan, sen qiz, juda ham o‘zgachasanda, mitti Yona.

Yona:

— Sizga nima dedim, Jungkook? Agar yana o‘sha tun nima bo‘lganini eslatmoqchi bo‘lsangiz, men allaqachon esladim. Bunday ishni yana takrorlash niyatingiz yo‘qdir!

Jungkook kulib yubordi va joyida to‘xtab gapirdi:

— Sen mitti hayoli buzuq, nimalar deyabsan?

Yona:

— Nima, o‘zingiz-ku, mendan ham buzuq bezori.

Jungkook:

— Oxirgi marta so‘rayman, menga turmushga chiqasanmi, Han Yona, mitti xotinjon? — deb juda ajoyib tabassum bilan so‘radi.

Yona:

— Siz ahmoqsiz! Men ahmoqlarga turmushga chiqmayman! — dedi.

Jungkook yana yuzini tundlashdi va Yonaga biroz tikilib turdi. Yona bundan biroz cho‘chidi va Jungkook yana tirjayib, Yonaga yaqinlasha boshladi.

Yona:

— Yana nimalarni o‘ylab qo‘yganingizni bilmayman, menga bunday qaramang!

Jungkook:

— Sen qizni tarbiyalab qo‘yish kerak ekan-da, nima deysan shunga?

Yona:

— Yo‘q, meni tarbiyam yetarli!

Jungkook esa tobora yaqinlashar ekan, Yona nimadir qiladi deb, xonasi bo‘ylab u yoqdan bu yoqqa yugurib, Jungkookdan qocha boshladi. Jungkook ham uni tutaman deb ortidan quvdi. Yona endi eshikdan chiqib ketmoqchi edi, Jungkook abjirlik bilan xonani qulflab qo‘ydi va kalitni cho‘ntagiga solib oldi. Yona esa battar qo‘rqdi va qochishda davom etdi. Borgan sari ikkalasining yuzidan kulgi arimasdi; ikkalasi ham miriqib bir-birini quvardi. Jungkook va Yona charchashdi va Jungkook shartta Yonaning qo‘lini ushlab, o‘ziga tortdi. Yona birdan hansiragancha, Jungkookning ko‘ksiga boshi urildi. Jungkook esa hansirab, Yonani mahkam quchoqlab oldi.

Pastda esa Jeonlar va Hanlar ham miriqib suhbat qurishardi. Ular qanchalik yaqin bo‘lib ketishganini o‘zlari ham sezmasdi, huddiki juda yaqin avvaldan tanish odamlardek suhbatda edilar.


Taehyung va Suho mashinada ketar ekan, Suho tashqariga qarab ketardi va Taehyungga yuzlandi.

Suho:

— Tashqi tabiat juda go‘zal, to‘g‘rimi, aka?

Taehyung:

— Tashqariga e’tibor bermayman bilmadim, menga unchalik qiziq emas.

Suho Taehyungga qarab:

— O‘zi sizga nimadur qiziq bo‘lganmi? — deb yana tashqariga termulib ketdi. Taehyung esa yuzida jiddiylik bilan endi gapirmoqchi edi, bir payt Suho birdan shoshilinch ovozda:

Suho:

— Aka, aka! To‘xtating mashinani! To‘xtating! — dedi.

Taehyung nimadur bo‘ldimikan deb biroz havotirda edi va mashinani chetroqqa to‘xtatdi. To‘xtashi bilan Suho mashinadan tushib, piyodalar yo‘lakchasidan velosiped haydab kelayotgan bir qizning yoniga yugirib ketdi. Taehyung esa ortidan jimgina kuzatib qoldi.

Pov

Suho mashinada tashqi tabiatni kuzatib ketar ekan, birdan piyodalar yo‘lakchasida velosiped haydab kelayotgan bir qizga ko‘zi tushdi. U qiz Suhoning maktabdagi sevgan qizi edi, ammo sevgisini u qizga aytib ulgurmasdan, u boshqa shaharga ko‘chib ketgandi. Suho u qizni juda ko‘p qidirgan, ammo topa olmadi. Lekin hali ham sevar edi. Shuning uchun ham uni ko‘rib qolib, yuragidan boshqacha his qilgani aniq bo‘ldi.

Lee Yumi 19 yosh juda goʻzal, mehribon, rahmdil, samimiy, hamma bilan tez chiqishib keta oladigan qiz.Hozirda Yonsei universitetida Dizaynerlik fakultetida 1 kurs

Lee Yumi:

— To‘g‘rida, men tomon yugurib kelayotgan yigit, men maktab paytimda sevgan yigit, Suhoga o‘xshar ekan. Juda yoqimtoy bola edi, deb hayollar bilan kelar ekan. Tobora yaqinlashgani sari, o‘sha yigit haqiqatdan ham Suho ekanligini Yumi lol qoldirdi. Yumi juda hursand bo‘lib ketdi va velosipedni tez to‘xtatib, tushdi. U ham Suho tomon yugirib bordi va uni quchib oldi. Suho esa bundan hayratda qotib qolgandi va o‘ziga kelib, u ham Yumini mahkam bag‘riga bosdi.

Suho:

— Hoy, Yumi, o‘zingmisan?

Yumi:

— Ha, albatta, men. Nima, tanimadingmi?

Suho:

— Mm, tanidim, haligicha juda o‘zgarib kelibsan.

Yumi:

— Nima, hunuk bo‘lib ketibmanmi?

Suho:

— Yo‘q, yo‘q, juda chiroyli bo‘lib ketibsan, degan ma’noda gapirdim. Haligi... Ahvollaring yaxshimi? Hol-ahvol ham so‘rashni unutibman, seni ko‘rib hursand bo‘lib ketdim.

Yumi:

— Ha, menda hammasi yaxshi. Sen o‘zing qandaysan? Haa, men ham juda hursand bo‘ldim seni ko‘rib, — deb tabassum bilan gapirdi. Suho esa Yumiga yanada oshiq bo‘lib qolgandi.

Suho:

— Yur, biror joyda o‘tiramiz. Shu atrofda biror restorandami?

Yumi:

— A-a-a, haligi men velosipedda edim.

Suho:

— Hali ham o‘sha odating qolmabdimi? Sen doim velosipedda sayr qilishni yoqtirar eding, hozir ham shunday, to‘g‘rimi?

Yumi:

— Hali ham esingdamanmi? Men o‘ylagandimki, meni unutib yuborgansan, deb.

Suho:

— Albatta, albatta, esimda. Doim esimda bo‘lgan san.

Yumining yuzlari biroz qizarib ketdi.

Suho:

— Velosipedingni men olib olaman, yur qol, — dedi.

Yumi:

— Mayli, anchadan beri ko‘rishmagan edik, biroz mazza qilib suhbatlashamiz.

Suho:
— Menda senga aytadigan gaplar juda ko‘p, Lee Yumi. A-a, yo'q, shirin shokolad! — deb kulib yubordi.

Yumi esa:
— Hoy, maktab qiroli, meni hayratda qoldiryapsan, hammasi esingda ekan-da!

Suho:
— Albatta, esimdalar, bularni unutib bo‘lmaydi.

Yumi:
— O‘sha paytlar o‘ziga xos edi.

Suho:
— Nimasini aytasan? Hozir kutib tur, akamga ketavering, deb qo‘yay. — Suho Taehyungning yoniga yugurib bordi.

Taehyung ikki yoshni chetdan kuzatib turardi va Suho yoniga keldi.

Suho:
— Aka, siz ketavering, men kechroq uyga qaytaman. Men maktab paytidagi sinfdoshimni uchratib qoldim.

Taehyung:
— Hoy, ahmoq, men senga nima, yosh bolamanmi? O‘sha maktab paytidagi sevgan qizing-ku. Mayli, men ketdim, — deb ketdi.

Suho hursand holda Yumining yoniga keldi va ular yaqin atrofda joylashgan restoranga borishdi.

Taehyung uyiga yo‘l oldi va yarim soat o‘tgach, uyiga yetib keldi. Kirib, xonasiga chiqdi. Doimgidek, dushga kirdi, kiyimlarini almashtirib, yotoqqa o‘zini tashladi. Ko‘zlarini yumganida, Yona hayolida gavdalanardi. O‘ziga o‘zi ichida: “Nega u qizni hadeb o‘ylayveraman? Axir, men bir bora ko‘rgan bo‘lsam, undan boshqa qizlarni ham ko‘rganmanku? Ammo bu qiz boshqacha, o‘ziga odamni jalb qilar ekan”, — deya hayol surib yotardi.

Yana o‘zini savolga tutib: “U qizni sevgan yigit bormikan? Suhodan so‘rab ko‘rsammikin? Yo‘q, yo‘q! Taehyung, agar unga aytsam, butun jahon biladi. Yaxshisi, u qizni o‘zim kuzataman”, — dedi va ko‘zlarini asta yumib, uxlab qoldi.

Uxlab yotganida, yodida Yonaning jozibasi, tabassumi va ko‘zlaridagi o‘zgacha olov qoldi. U qiz haqidagi fikrlar Taehyungning ongida tugashni bilmasdi, o‘zini esa har kuni yangi savollar bilan chulg‘ar edi. “Yona bilan yanada ko‘proq vaqt o‘tkazishni xohlar edim, lekin qanday qilib?” — deb o‘yladi Taehyung, ichidagi his-tuyg‘ularni tartibga solishga harakat qilib. U yotoqdan ko‘tarilib, Yona haqida ko‘proq ma’lumot olishni niyat qildi. O‘ziga berilgan vaqtda, u qiz haqidagi har bir detalni eslab qolishga harakat qiladi.

Aynan shu fikrlar bilan Taehyung bir qadar o‘zini xotirjam his qila boshladi. Yoning nazarida, har bir inson o‘zining ichki olamida yashirin sirlar va his-tuyg‘ular bilan to‘la. Taehyungning qalbida esa Yona bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni to‘plashi uchun kerakli vaqt keldi.

Suho va Yumi

Seulning kuzgi ko‘chalari, engil shamol bilan o‘ralgan, rang-barang yaproqlar bilan bezatilgan. Har bir qadamda, to‘kilgan yaproqlar ostida yangi his-tuyg‘ular va taassurotlar hosil bo‘ladi. Bu shahar, o‘zining tarixi va madaniyati bilan birga, sevgi hikoyalariga boy. Kuzning har bir kuni, o‘zining g‘amgin va zavqli atmosferasi bilan ikki sevishganni o‘z bag‘riga oladi.

Ikkita yigit-qiz, Seulning qoq o‘rtasida joylashgan eski ko‘chalardan birida, bir-biriga nazar tashlaydi. Ularning ko‘zlari, o‘zaro sukunatda ajralmas bir munosabatni ifodalaydi. Dunyodagi barcha muammolarni unutgan holda, ular faqat bir-biriga qaramay, qalblaridagi tuyg‘ularni o‘rganishadi. Kichik kafe oldida turishib, qahvalarini ichishadi. Bu yerda, ularning muammolari sekin-sekin yo‘qoladi va faqat muhabbatning kuchi qoladi.

Kuzgi ko‘chalarda, ularning hikoyasi endi boshlanadi. Ularning muhabbati, eng go‘zal va kuchli his-tuyg‘ularga aylanadi. Seul, o‘zining romantikasi va jozibasi bilan, bu ikki sevishganni bir-biriga bog‘laydi. Qorong‘ilik paydo bo‘lganida, yulduzlar osmonda porlaydi va ularning his-tuyg‘ularini ko‘taradi. Bu, haqiqiy muhabbat va ularning hayotidagi eng go‘zal va'dalaridir.

Kuz va Seul, bu ikki sevishgan uchun, faqatgina zamon emas, balki muqaddas bir sarguzashtga aylanishi mumkin. Ular uchun har bir lahza, sevgi to‘g‘risida yozilgan yangi bir hikoya