"Be my destiny"
Uzoq o'tmishda, baland tog'lar va quyuq o'rmonlar bilan o'ralgan bir qirollik bor edi. Qirollik saroyi dabdabali va mahobatli bo'lsa-da, uning atrofida kichik va unutilgan qishloqlar joylashgan edi. Bu qishloqlardan birida oddiy, ammo samimiy insonlar yashardi.
Cheon-sa shu qishloqda tug'ilgan edi. U mehribon va sokin tabiatli qiz bo'lib, kichik oilada ulg'aydi. Ammo taqdir unga shafqat qilmagan edi — bir kuni kechasi kutilmaganda uyi yong'in ichida qolib, ota-onasi va oila a’zolaridan ayrildi. Yong’in bexosdan qirollik askarlari tomonidan chiqib ketgani keyinchalik ayon bo'ldi. Shu kundan boshlab, Cheon-sa yolg'iz yashashga majbur bo'ldi.
Qishloq odamlari Cheon-sani yoqtirishar, ammo hech kim uni to'liq tushunmasdi. Cheon-sa esa o'zi bilan tengdosh do'stlarga ega emas edi, shu sabab u doim yolg'izlikni o'rmonda sayr qilib yengardi. O'rmon unga go'yo taskin berardi, go'yo bu joy uni dunyoning barcha g'amlaridan himoya qilardi.
Bir kuni Cheon-sa o'rmonda yurganida kichkina bir kiyik bolasini topib oldi. Kiyikcha ona mehridan ajrab, o'rmon ichida yetim qolgan edi. Cheon-sa uni quchoqlab, o'zining yolg'izligini unda ko'rdi va unga "Penni" deb ism qo'ydi. Penni tez orada Cheon-saning yagona sirdoshi va do'stiga aylandi. Ammo Cheon-saning yuzidan kulgi hali ham yo'q edi — uning ko'zlarida og'ir g'amginlik aks etardi.
Qirollik saroyida esa boshqa hikoya davom etardi. Shahzoda Darius — yagona voris, ammo sovuqqon va kezi kelganda qattiqqo'l inson edi. U saroy hashamati ichida ulg'aygan, ammo ota-onasi — qirol va qirolichaning befarqligi uning qalbini muzlatib qo'ygandi.
Bir kuni Darius qirollik odatlaridan bezor bo'lib, o'rmonga ovga chiqdi. O'zi bilan bir necha sodiq askarlarini ham olib ketgan edi.
O'sha kuni Cheon-sa va Penni o'rmonda sayr qilishayotgan edi. Penni kichkina oyoqlari bilan chopib ketayotgan bir paytda, kutilmaganda o'rmon ichida o'qning shivirlagan ovozi eshitildi. Cheon-sa dahshatga tushib, Penni tomonga yugurdi.
Shahzoda Darius esa ot o'rnida o'qni tortayotgan edi. Kiyikcha yonida qizning paydo bo'lishi uni bir lahzaga hayratda qoldirdi. Ko'rgan manzarasi — uzun sochli, sodda libos kiygan, ammo g'amgin va nozik qiz uni beixtiyor o'ziga tortdi.
Darius otidan tushib, unga yaqinlashdi.
Darius: Bu kiyikcha senga tegishlimi? — deb so'radi u jiddiy ovozda.
Cheon-sa (Penni tomonini silab): Ha, janob. Bu mening kiyikcham. Iltimos, unga tegmang.
Darius bir zum qizning ko'zlariga qaradi. Bu ko'zlarda u oldin hech qachon ko'rmagan g'am va tushkunlikni ko'rdi. Uning sovuq yuragi ilk bor nimadir his qilayotganday bo'ldi.
Darius: Men ov qilayotgan edim. Mayli, unga tegmayman. Isming nima? O'rmonda yolg'iz nima qilyapsan?
Cheon-sa (sokin va g'amgin ohangda): Ismim Cheon-sa. Men o'rmonda sayr qilishni yoqtiraman. Penni — mening do'stim.
Darius (tobora qizga qiziqib): Cheon-sa... juda chiroyli ism. Ho'sh, uying qayerda?
Cheon-sa boshini egib, uzoqdan ko'rinib turgan kichik qishloqqa ishora qildi: Ana u yerda. Lekin siz kimsiz? Anchadan beri bu yerlarga hech kim kelmaydi.
Darius (o'zi uchun kibr bilan): Men shahzoda Dariusman. Tanimaysanmi?
Cheon-sa (kuchli ovozda, beparvolik bilan): Sizning hashamatli kiyinganingizdan bilgan edim. Mayli, men endi ketay.
Cheon-sa ortiga o'girildi-da, Penni bilan ketmoqchi bo'ldi. Ammo Darius o'zining shohona kibri bilan to'xtatdi:
Darius: Tanimagan bo'lsang ham, nega ta'zim bajo keltirmading?
Cheon-sa orqasiga o'girilib, sovuq ohangda dedi: Men bunga majbur emasman. Aytgancha, ov qilishni bas qilsangiz yaxshi bo'lar edi. Hayvonlarning ham biz kabi yuragi bor, ular ham yashashga haqli.
Darius g'azabini zo'rg'a bosib, unga qarab qoldi. Bu qizning so'zlari... uning bir shahzodaga bo'lgan isyoni uni hayratlantirdi.
Darius: Senga kim ruxsat berdi menga bunday gapirishga? Yoningdan boshingni olib qo'yishni xohlaysanmi?
Cheon-sa unga ko'zlarini tikdi. U qo'rqmadi. Sizlarga o'xshaganlar mening oilamni olib ketdi. Endi hamma narsam Penni va o'rmon. Siz o'ylaganingiz kabi katta emasligingizni bir kun tushunarsiz, — deya Penni bilan tezda o'rmonga chuqurroq ketib qoldi.
Darius esa o'rnida qotib qoldi. Shu kundan boshlab, uning xayolida Isolde va uning g'amgin ko'zlari jonlanar, yuragida nimadir bezovtalik tug'dirar edi.
U har safar Cheon-sani o‘ylaganida, qalbi bir turli bo‘lib, uni o‘zgacha tarzda his qilar, xuddi taqdiri uni kutayotganday edi. Cheon-sa esa, bir tomondan, o‘zining yo‘qotilgan oilasi haqida doimiy qayg‘u va xafalikda edi. Uning yuragida bo‘shliq hisi va tinchlikni topa olmasdi. Cheon-sa endi o‘zini chalg‘itish uchun nima qilish kerakligini o‘ylab yurardi. U endigina 17 yoshda bo‘lib, yolg‘iz yashashga o‘rgangan, shu sababli, atrofidagi qo‘shnilari unga qo‘lidan kelgancha yordam berishardi. Qishloqni esa Marinda deb atashardi — kambag‘al emas, boyroq bo‘lgan bir qishloq. U yerda asosan tikuvchilik bilan shug‘ullanishar, hatto qirollik uchun kiyimlar ham tikishardi.
Cheon-sa, yosh qizlar orasida eng kattasi edi, shuning uchun u biroz erkatoy bo‘lib qolgan va tikuvchilikni o‘rganmoqchi bo‘lgan. Ammo, qo‘lidan kelmaganini ko‘rib, biroz tushkunlikka tushardi. Shunday bo‘lsa-da, qo‘shnilari Cheon-saning kayfiyatini ko‘tarish uchun qimmatbaho matolardan, hatto qirollikda ortiqcha bo‘lgan matolardan juda go‘zal ko‘ylaklar tikib berishardi. Cheon-sa, ichki quvonchini tashqariga chiqarmasdi, ammo o‘ziga quvnoq bo‘lishni o‘rganishga harakat qilardi. Bir kuni, o‘sha o‘rmon tomon yo‘l olishdi. Albatta, Cheon-sa o‘zining sodiq kiyikchasi — Penni bilan birga borayotgan edi. Shu bilan birga, u tabiatning go‘zalligidan endi rassomchilikka qiziqib qolgan edi.
Cheon-sa, o‘rmonni kezib, kayfiyati ko‘tarilgach, uyiga borib, qo‘shnilari unga sovg‘a qilgan matolarni topa boshladi. U shundan so‘ng, rasm chizish uchun kerakli narsalarni qidirib, barcha kerakli ashyolarni topdi. Cheon-sa uchun bu juda quvonchli daqiqalar edi. U, o‘ylaganidayoq, juda go‘zal rasm chiza boshladi, eng birinchi bo‘lib, kiyikchasi Pennining suratini yaratmoqchi bo‘ldi. Uning qo‘llari go‘yo sehrga to‘lib, Penniyi ajoyib tarzda chizdi. Cheon-sa o‘zining yaratgan rasmini ko‘rib, "Demak, men rassomlik qobiliyatiga egaman!" deb xursand bo‘ldi. U rasmini chizib, barcha narsasini yig‘ishtirib, uyiga qaytmoqchi edi.
Shu payt, Darius paydo bo‘ldi. U Cheon-saning hayotiga kirib kelganida, uning tasavvurida ham, hayotida ham barchasi o‘zgarishlarga yuz tutgan edi.
Darius: Salom, picci, ahvollaring yaxshimi?
Cheon-sa: Siz bu yerda nima qilayapsiz? Aa, yana ov qilgani chiqdingizmi? Hhh, "picci" bu qanday nom boʻldi endi?
Darius: Yoʻq, picci, men endi aslo ov qilmayman. Mmmm, "picci" - italyan tilida "kichkina" yoki "yoqimli" ma'nosini anglatadi, ayniqsa, mehribon va erkalangan odamlar uchun ishlatiladi. Bu laqab ko'pincha kichik va shirin bola yoki kishiga nisbatan qo'llaniladi. Ya'ni, "kichik" yoki "yoqimli" ma'nolarini o'z ichiga oladi. Sen mendan ancha kichiksan, demak, senga mos laqab. Ha, kiyikchang penniga ham oʻxshashsan.
Cheon-sa: Nima, siz meni yosh deb oʻylayapsizmi? Men alla qachon 17 ga kirib boʻlganman. Haddingizdan oshmang, shahzoda Darius.
Darius hayratda edi, Cheon-saning "shahzoda Darius" degan gapini eshitib juda gʻalati boʻlib ketdi, chunki Isoeldening ogʻzidan chiqqan shirin Darius ovozi juda yoqimli edi.
Darius: Menga bunday ohangda gapirma, deya jiddiylashdi.
Cheon-sa: Mayli, sizga halaqit qilmay, keta qolay.
Darius: Men senga ketishing uchun ruhsat bermadim.
Cheon-sa: Sizdan ruhsat soʻradimmi? (Isoelde juda qatʼiyatli, qoʻrmas va bezbetroq qiz edi.)
Darius umri davomida bunday muomalaga uchramaganligi sabab jahli chiqib ketdi.
Darius: Hoy, sen picci, men shu yerdagi qirollik shahzodasi Darius boʻlaman. Yoshim 27 da, seni bir deganda oʻldirib yuborishim mumkin. Nahotki mendan qoʻrqmayotgan boʻlsang?
Cheon-sa: Hissiz yuz ifodasi bilan, "Menga hech narsani qizigʻi qolmagan, hohishingiz oʻldirsangiz, marhamat, hoziroq oʻldiring," dedi.
Darius Cheon-saning bu gaplaridan biroz oʻzidan nafratlandi. Chunki Darius Cheon-saning barcha maʼlumotlarini bilib olgandi. Uni har kuni kuzatdi, ya'ni uni uchratgan kunidan boshlab kuzata boshladi. Cheon-saga juda achindi, ammo hozir unga biroz qattiq gapirib qoʻygani uchun oʻzini laʼnatladi.
Darius: Picci, balki yaxshi gaplashib olarmiz. A nega bunchalik zaharsan?
Cheon-sa: Meni "picci" deb atashni bas qiling! Ha, men shundayman, shuning uchun yonimga yaqinlashmang.
Darius Cheon-saning chizgan rasmiga koʻzi tushdi va savol berdi:
Darius: Sen hali rasm ham chizasanmi, picci?
(Aslida, Cheon-saning qoʻshnilaridan biriga rasm chizish uchun kerakli buyumlarni Darius bergan edi. Ya'ni, Cheon-saga sovgʻa qilib berishlarini talab qilgan, chunki Cheon-sa ba'zan tabiatga uzoq termulib qolardi. Buni esa Darius sezgandi.)
Cheon-sa: Hoy, boʻldi, yetarli! Meni asablarim chidamaydi. Meni tinch qoʻying va kuzatishni bas qiling. Bilaman, 3 kundan beri ortimdan qolmayabsiz. Agar yana shunday qilsangiz, sizni ayab oʻtirmayman.
Darius Cheon-saga qarab kulib yubordi. Chunki Cheon-sa hayajonlanib, qoʻrqsa va asabiylashsa, yanoqlari qizarib ketar edi. Hozir Cheon-sa uchala hissiyotni boshidan oʻtkazayotgan edi.
Darius kulganida juda yoqimtoy boʻlib ketar edi. Uni kulgusini koʻrgan Cheon-sa esa, koʻzini bir zum uza olmay qoldi.
Darius: Picci, sen qizarib ketding! Mmm, shunday degin, qani unda bir mahoratingni koʻraylikchi, oʻzingni qanday himoya qila olasan? Deya Cheon-saga yaqinlasha boshladi. Yoʻlidan penni chiqib, Cheon-sani himoya qildi. Huddiki Darius Cheon-saga biror nima qiladigndek, Darius uni koʻrib engashdi va kiyikcha pennini silab:
Darius: Sen juda mehribon ekansan, kiyikcha penni.
Cheon-sa: Bir oz koʻzlari yoshlanib, "Undan qoʻlingizni oling, biz ketishimiz kerak," deya narsalarini olib, pennini ham quchogʻiga oldi va ketdi.
Darius esa, mayus koʻzlari bilan azob chekayotgan Cheon-saga qaragancha qoldi...
Cheon-sa esa uyiga bordi, narsalarini joylab, pennini quchog‘iga olgancha shirin uyquga ketdi.
Cheon-sa naqt to'rt soat uxladi, ammo yana uyqusi kelayotgan edi. Qarasa, biroz kech tushgan ekan. U uyg'ongach, qishloq chetidagi daryoga borishga qaror qildi. Hozir yoz bo'lgani uchun havo unchalik salqin emasdi. Daryoga yetib borgach, u kichik qizchalar bilan sayoz oqayotgan suvda cho'milishdi. Bir oz yengillashgan Cheon-sa, keyinroq qishloq aholisi bilan birga bozorning nonushta stoliga o'tirdi. Nonushta qilishganidan so'ng, u tabiatni kuzatish uchun chetroqqa borib, bir muddat sokin va huzurli manzarani tomosha qildi. Cheon-sa endi yana uyquga ketmoqchi edi, chunki alla qachon kech kirgandi.
Qishloq kechqurunlari har doim o'ziga xos sehrga ega edi. Quyosh g'arb tomon siljib borar ekan, osmonni to'liq qizil, to'q sariq va yorqin sariq ranglar qamrab olar, bu o'zining sokin va shirin xususiyati bilan yashiringan go'zallikni namoyon etardi. Daraxtlarning barglari yengil shamol bilan shishar, ular o'zaro shivirlaydi, xuddi sirli suhbatni boshlagandek. Ular shunday shovqin qilib turardi, biroq unda hech qanday shovqin, faqat tabiiy tinchlik bor edi.
Kechki quyosh nurlari to'g'ridan-to'g'ri o'simliklar ustiga tushib, ular ustida bir shafaqdan ortiq yorqinlikni yaratardi. Qishloq yo'llari bo'ylab, bu sahnada o'tayotgan odamlar bir-birlariga salom berib, bir-birlarining kunlarini so'rashardi, ba'zan yo'l bo'ylab ketayotgan itlar ham, yoki albatta, bir necha bola, quvnoq tovushlar chiqarib o'ynashardi.
Havoda yangi pishirilgan non, tazelik va tabiatning o'ziga xos hidlari aralashgan edi. Izlanuvchi yengil yomg'ir bo'lgandek, havo biroz namlikni his qilsa ham, bu kechqurunlar uchun mukammal, yengil va osoyishta edi. Kechki havo o'ta shirin va yoqimli edi, barcha tashvishlar va stresslar esdan chiqib, dunyo birdaniga sokinlashgan kabi his qilinardi.
Odamlar uylarining derazalaridan kelgan nur yordamida, kechqurun ovqat tayyorlash va oila a'zolari bilan birga kechki ovqatni o'tkazish uchun tayyorlanishardi. Bu qishloqning tabiati va odatlari ularni bir-biriga yaqinlashtirgan, odamlar bir-birlarini hurmat qilgan va qo'llab-quvvatlashni qadrlashardi.
Cheon-sa uyi tomon yurib ketar ekan, u ham kechki manzaraga nazar solib, o'zini xotirjam va tinch his qildi. Qishloqning kechqurundagi o'ziga xos muhit uni ichki tinchlikka eltardi. U kirishdan oldin bir oz to'xtab, qishloqdagi barcha mayda detallarni kuzatib turdi – uylar o'rtasidagi kichik yo'llar, kechqurunning yengil rangi, hushbo'y gullar, havo va samolyotlar o'z yo'llarini topib, g'oyib bo'lib ketardi. Qishloq o'z hayotini davom ettirar, har bir kechqurun esa shunchaki o'ziga xos bir hikoya yaratardi.
U uyiga kirgach, so'nggi nafasini olgan kabi his etdi. Unga shunday o'ziga xos va yoqimli kechqurun kayfiyati kerak edi – tabiiy, tinch va huzurli. Cheon-sa uyquga ketar ekan, unga shunday bir sokinlik, tabiatning o'ziga xos go'zalligi, hamda o'zining shaxsiy xotirjamligi bo'lib, kun oxirida u juda baxtli edi.