October 16

Koʻzlaringga termulsaydim 

Jeon Yona

// Koʻzyoshlarim, shoshilmangiz ketmang toshib

Qon yurakka malham boʻlar shoʻr koʻzyoshi

Quvonchlardan kechib qaygʻulardan qochib

Sheʼrlar aytib yigʻlatsaydim, kuldirsaydim

Koʻzlaringga termulsaydim, termulsaydim

Aytgil, hamon bormi shirin arazlaring

Salomatmi orzularing havaslarning..?

Qulogʻimdan ketgani yoʻq nafaslaring...

Seni yana bir bor koʻrishga ulgursaydim

Koʻzlaringga termulsaydim, termulsaydim.....

1-ep

__________

Jungkook:uni juda ham sogʻindim,yoqimli tabassumini,mehrli va qahrli koʻzlarini yana koʻrgim kelyabdi ..oʻsha kuni ikkimizning koʻzlarimizdagi toʻnashuvdan boshlangan sevgimizga yana qaytgim kelyabdi..uni kamera orqali kuzatish jonimga tegdi,uni yana hayotda koʻrishni istayman.Iforini toʻyib-toʻyib hidlagim kelyabdi ... ayniqsa koʻzlariii...koʻzlariga soatlab termulsam ..... Mayin va mazali lablarini yana tatib koʻrishni hohlayman yuragim...yuragim u tomon talpinmoqda..hattoki koʻzlarimdan yosh oqmoqda eh uni shu qadar sogʻindimki tezroq yonida boʻlgim baxtimga bosgim kelyabdi....(deya oʻziga oʻzi gapirib hayollar ogʻushida kamerada Yonani kuzatib oʻtirar edi .

Pov avtor—2yil oldin

//•••••

Kuz fasli go'yo tabiatning o'ziga xos sukunati bilan yangi sahifa ochayotgan davrdek. Osmon endi avvalgidek moviy emas, balki salqin, kulrang soyalar bilan qoplangan. Havoda yengil sovuq, ammo qulaylik baxsh etuvchi shabada esadi, xuddi kimdir yumshoq quchoqqa olgandek his qiladi. Daraxtlar esa go'yo o'z so'nggi liboslarini kiygandek — sariq, olovrang va oltin tuslar bilan o'ralgan yaproqlar jimjit yerga tushadi. Har bir qadam shivirlovchi ovoz chiqaradi, bu tovush tabiatning sokin qo'shig'iga o'xshaydi, xuddi yillar o'tib, ortda qolgan xotiralar singari. Faqat kuzgina shu qadar go'zal ayriliqni ifoda eta oladi: kelgusi sovuq qishning yelkasidagi oxirgi quvnoq nafas, hali o'lmagan, ammo to'lib-toshib ketgan umrning guvohi. Qalbingga tinchlik, bir vaqtning o'zida ezgulik va xotiralar bergandek, kuz o'zida iztirob va go'zallikni yashiradi

Han Yona 19 yosh Yonsei universitetida 1 kurs Tarjimon juda yoqimtoy shoʻx shodon qiz va boy oilada yagona qiz

Yona yoʻlak boʻylab kuzning mayin shabadasidan yoqimli hisni his qilib oʻz hayollari ogʻushida ketar ekan yoʻlidan bir yigit chiqib toʻqnashib ketdi

Yona:hooyyy yoʻlingizga qarasangiz boʻlmaydimi) ayshshsh deb koʻz suzib gapirdi

Jeon Jungkook Jeonlar oilasi yagona oʻgʻli mafia juda ajoyib inson va mukammal juda kelishgan yigit

Jungkook:oʻzing yoʻlingga qarasang boʻlmaydimi qara oyoq kiyimimni rasvo qilding) deya qosh chimirdi Yona esa ichida bu kim boʻldi oʻzi menga urilib ketgan lekn kechirim soʻrashni oʻrniga zarda qiladi yana sensirab gapiradi yaaa tovba

Yona:(uning gaplariga qarshi chiqib): Agar siz biroz ehtiyotkorroq bo'lganingizda, bunday bo'lmasdi. Balki piyodalar uchun mo'ljallangan joyda yurishni o'rganarsizg

Jungkook:(kulib):Ha, ha, rostdanmi? O'zingga ortiqcha baho berma. Ko'cha seniki emas

Yona:Men o'z yoʻlimda ketayotgan edim, siz esa... nima, shunchaki ko'proq joy egallashni xohladingizmi?i(

Jungkook:(uning ko'zlariga qarab, xotirjamlik bilan): Sen bunday jahl qilganingda yanada qiziqarliroq bo'lasan. Yana bir to'qnashuvga tayyorman.

Yona:(ko'zlarini o'ynatib, kulimsirab): Men ham, faqat bu safar ehtiyot bo'ling, yo'qsa sizni keyingi safar tinch qoldirmayman.

Jungkook:(ko'zlarini qisib): Katta tahdid... Lekin qiziq... Sen kabi birov bilan yana to'qnashishga qarshi emasman

Yona:Shunaqami? Juda ko'p gapiryapsiz, lekin ehtiyot bo'ling bu safar omadingiz keldi.

Jungkook:(boshini egib, qo'lini cho'ntagiga tiqib, yengil ohangda):Omad bilan bog'liq emas, faqat sening qanday yurishingni bilmayman. Balki menga o'rgatarsan?

Yona:( jiddiy ohangda): O'rgatish deysizmi? O'rgatganimdan keyin ham yaxshilanmaysiz balki siz uchun qoida yo'qdir?

Jungkook:(tabassum bilan, bir qadam oldinga bosib): Yurib o'rgatilish qiziqarli bo'lardi. Kim biladi, balki sen men o'ylaganimdan ham ko'proq narsani o'rgata olarsan.

Yona: (uning oldida qattiq turib): Siz ko'rganingizdan ham aqlliroqman. Lekin men oʻrgatishni istamayman men kechikyabman xayr )deb ketib qoldi

Jungkook:(yuz ifodasi oʻzgarib)ehhh suxbatimiz endigina yaxshi ketayotgan edi mayli, ammo u qizning koʻzlari....juda ajoyib odamni oʻziga jalb qila olar ekan u qizning koʻzlariga oshiq boʻldim u bilan yana albatta uchrashaman ha, ha albatta uchrashaman va u qizni oʻzimniki qilaman yo meniki boʻladi, yoki hech kimniki! (deya Jungkook ham oʻz mashinasi tomon yoʻl oldi va mashinasiga joylashdi )

Yona ham orqasiga oʻgirilmasdan yoʻlida davom etdi va Yonsei universitetiga yetib kelib biroz tomosha qildi (bugun birinchi oʻqish kuni edi ) Yonada zarracha ham hayajon yoʻq edi oʻzini biroz tartibga keltirib oʻz xonasiga chiqdi va u yerda koʻp doʻstlar orttirdi. Dars vaqti hali hanuz hayollarida Jungkook edi chunki Jungkookni bir koʻrishda sevib qolgan edi negaki Yonaning didiga mos edi .Yona bir bir hoʻrsinib qoʻyar edi uni bir savol qiynayotgan edi "U yigit bilan yana koʻrisha olarmikanman" ular shunchaki toʻqnashib ketishgan edi ammo ular bilishmaydiki shu toʻqnashuv ikkalasini taqdirini oʻzgartirishini.

Jungkook mashinasini haydagancha oʻz qarorgohi yaʼni mafia olamiga ketayotgan edi. Bir kimsasiz oʻrmonning ichida Jungkookning oʻz qarorgohi bor u yerda dushmanlarini yomon, yovuz odamlarni gumdon qilar edi . Toʻgʻri Jungkook biroz razil yovuzdir ammo juda mehribon gʻamxoʻr oqkoʻngil ham edi

___________

Yona universitetdan chiqdi bugun birinchi kun boʻlgani uchun erta tugagan edi va oʻz haydovchisini izladi va koʻzi tushdi u tomon sekin-asta borib mashinasiga joylashdi mashinada ham hayol surib ketar edi.Yonaning uyi universitetga yaqinroq joyda joylashgan edi salkam 20 minutlik yoʻl edi, shunday qilib Yona uyiga ham yetib keldi

Hanlar oilasi uyi

Yona mashinadan tushdi va uyiga kirdi kirishi bilan dimogʻiga shirin hid urildi,chunki Yonaning oyisi u yoqtirgan shirin pirokni tayyorlab qoygan edi

Yona yugirib borib oshxonaga kirdi oshxonada esa Han Mariy dasturxon bezatayotgan edi Yona esa onasini orqasidan maxkam quchoqlab yuzidan oʻpib qoʻydi va endigina oʻishgan issiq yoqimli pirokni yeya boshladi, Mariy esa kulib

Han Mariy Yonaning onasi juda mehribon ayol uy bekasi edi endi kompaniya egasi boʻladi

Mariy:hoy qizim shoshilmasangchi! Ahvollaring qalay? Oʻqish kuning qanday oʻtdi ishqilib biror bir ishkal chiqarmadingmi?

Yona:(ogʻzi toʻlib) ommaaa qizingizni qorni och

Mariy:eh oʻzimni ochofat qizalogʻim ha mayli qorningni toʻygʻazib ol! Keyin esa yaxshilab suxbatlashamiz

Yona ha hoʻp degandek boshini qimirlatib qoʻydi va ikkalasi ovqatlanishdi oxiri ochofat Yonaning qorni toʻydi

Yona:ana omma qornim toʻydi,endi gapiring deya kekirib qoʻydi )oyyyyy uzur deb kechirim ham soʻradi hijolat chekib

Mariy:ohh qizim bu nimasi)deya kulib yaxshi qorning toʻygan boʻlsa ana endi soʻzlab ber bugungi kuning qanday oʻtdi

Yona:bugungi kunim juda yaxshi oʻtdi havotir olmang juda koʻp doʻstlar orttirdim) deb suzilib qoʻydi

Mariy:haa unday boʻlsa juda yaxshi. A lekin ishkal masalasichi sen qiz har joydan muammo orttirib yurasanku

Yona: bir zum Jungkook bilan toʻqnashuvni hayolidan oʻtkazdi va ) omma bas qilsangizchi (deb lablarini osiltirib) hech qanday muammo boʻlmadi sizning qizingiz birinchi bor ishkalsizz kunini oʻtkazdi

Mariy:nahotkiii qizalogʻim qaniydi har kuning shunday oʻtsa deb mazax qilib qoʻydi

Yona:ommaaaa (deb erkalanib gapirdi)

Mariy:ha mayli gapirmadim, senga bir yangiligini bor!

Yona:qanday yangilik?

Mariy:bugundan boshlab dadangni eski kompaniyasini boshqaraman ! Dadang hozirgina kelishimni aytdi men esa hozir ketaman

Yona:ooooooo omma siz ham ishlik ayol boʻldingizmi?

Mariy: albatta qizalogʻim dadangni yana bir necha kompaniyasi bor shuning uchun ishlariga yordamlashaman sen ham oʻqishingda yana 2 yil oʻqisang balki dadang seni ham katta qiz boʻlib qoldi deb kompaniyasini topshirar

Yona:ha albattada omma oʻzi ikkita kompaniya meni nomimdaku deb qosh koʻtardi

Mariy:yooooo qizim unda tezroq ola qol

Yona:omma bir kuni albatta egallayman endi siz tezroq ishingizga boring bilasiz dadam kech qolganlarni yoqtirmaydi

Mariy:rostdan ham mayli unda men kiyimlarimni yangilab chiqay va ketaman sen ham yuvinib damingni ola qol

Yona:hoʻp boʻladi omma yaxshi boring men dam olaman dadamga salom ayting va meni nomimdan oʻpib qoʻying!

Mariy:hoʻp qizalogʻim

Shunday qilib Mariy kompaniyaga ketdi Yona esa uyda yolgʻiz oʻzi qoldi va dush qabul qilib chiqib yana hayol surdi (yaʼni Jungkook haqida)

Ehhh nega u yigit hayollarimdan ketmayabdi? Yoki uni nahotki, sevib qoldimmi? Yo Hudo bunday boʻlishi mumkin emas bir koʻrishdagi sevgi boʻlmaydiku! Yona hayollaringni yigʻ boʻlmagan ishni gapirishni va oʻylashni bas qil! (Deya oʻziga oʻzi gapirib yotogʻida uxlab qoldi)

Kuzning erta tongi – havo salqin, ammo yoqimli shabada yuzni ohista erkalaydi. Daraxtlardagi yaproqlar sariq va to'q qizg'ish ranglarda tovlanib, asta-sekin yerga tusha boshlaydi. Osmon och ko‘k tusda, lekin gorizontda quyoshning oltin nurlari asta yengil pardadek taralayotganini ko‘rish mumkin. Qushlarning xushovoz sayroqlari kunning birinchi ohanglarini yaratadi, shabnam tomchilari esa maysalarni yaltiratib, tongni yanada sehrli qiladi. Bu sokin va tinch lahzalar ongni tozalab, yangi kunning va'dalarini his qilishga imkon beradi.

Yona erinibgina koʻzlarini ochdi biroz uyqusirab oʻtirdi va dush qabul qilib biroz pardoz qildi, kiyindi va pastga oshxonaga tushdi, qarasaki hech kim yoʻq chunki dadasi va onasi ertalab erta ishga ketishgan edi lekn nonushtasini tayyorlash eslaridan chiqmabdi Yona biroz gʻalati boʻldi, lekn nonushtani koʻrib ishtaxasi ochilib ketdi

Va ovqatlandi, ovqatlanib boʻlib haydovchisi koʻchada turganini korib tez-tez yurib mashinaga joylashdi va yana oʻsha unvestitet tomon yoʻl oldi, u yana Jungkook bilan uchrashishni hohlar edi. U unvestitetda ancha doʻstlar orttirgan edi va bir yigit bilan ham yaqindan tanishib qolishgandi qiz doʻstlari ham koʻpaydi

Mana 20 daqiqalik yoʻl ham tugadi va Yona sekinlik bilan mashinadan tushib yana oʻsha yoʻlak bilan uchrashdi havo salqin yoqimli lekin Yona kutgan inson kecha uchrashgan joyida yoʻq edi Yonaning koʻzlari har tarafdan Jungkookni izlar edi afsuski Yona izlagan imsonni u yerlarda soyasi ham yoʻq edi shu tarzda Yona yana hayollar domiga shoʻngʻidi yoʻlida ketar ekan ortidan kelgan( salom "Han Yona")degan ovoz Yonani hayollar donidan olib chiqdi va ortiga oʻgirilishiga majbur qildi !

Jungkook:salom Han Yona

Yona ortiga oʻgirilib qarasaki Jungkook turgan edi Yona Jungkookni koʻrib ich ichimdan hursand boʻlib ketdi koʻzlari chaqnab ketay dedi ammo sezdirmadi

Yona:siz....? Siz bu yerda nima qilyabsiz?

Jungkook:nima kelib boʻlmaydimi mitti yoki bu yerlar seni qarorgohingmi? (Deb Yonaga yaqin kelib gapirdi)

Yona: (hayron yuz ifodasi bilann) mitti?... H hoy siz nega meni mitti deysiz axr alla qachon 19 yoshdaman, keyin bu yerlar meni qarorgohim emas janob

Jungkook:ha mitti sen mittisan. Atigi 19 yoshdaman men esa 28 yoshdaman shunday ekan men seni mitti deb chaqiraman shunga jahling chiqyabdimi

Yona:siz mendan 9 yosh katta siz holos meni mitti deb atashingiz shart emas!(Aslida bu soʻzni eshitgan Yonaning qalbida kapalakchalar uchar edi lekin sezdirmas edi )

Jungkook:hoy mitti axr boʻying ham mendan ancha kichik nega qaysarsan ?

Yona:hoʻsh nima qilibdi shungga?

Jungkook:nima shungga?(Deya yuzini Yonaning yuziga yaqin kelib gapirdi)

Yona esa hayajondan oyoqlari qaltirab yuragi boshqacha ura boshladi yuzlari ham qizara boshlagandi chunki Jungkookning issiq nafasi Yonaning yuziga shundoq urilib turar edi Yona esa juda gʻalati hisni tatigandi.......

Yona:aaa..aa ayt.tt.ga.ncha siz meni familiya ismimni qayerdan bildingiz?

Junkgook:(yuzida tabassum bilan)hoy mitti men mafialar boshligʻiman sen haqingdagi maʼlumotlarni 1 daqiqada topa oldim qoyilmisan?kdeb koʻz qisdi)

Yona:ooo haaa oʻzim ham bilgan edi qora kiyim kiyganingizdan va koʻzimga boshqacha koʻringan edingiz qoyil men haqimda nimalarni bildingiz?) men ham mafia boʻlishni orzu qilar edim (deb xoʻrsinib qoʻydi)

Jungkook:haaa shunday

••••••••••

Mana qulpnaychalarim 1-ep ham tugadi keyingi qismi yanada qiziq men uchun fikringizni ayamaysiz degan umiddaman chunki menga sizlarni fikringiz juda kerak meni ilhomlantiradi reaksiya ham ayamaysiz degan umiddaman XATOLAR BOʻLSA OLDINDAN UZUR!