BLACK LOVE🔞
Tunggi Seol koʻchalari kunduzgidan qolishmaydigan odamlar bn toʻla. Faqat bir farq kunduzgi insonlar va kechgi insonlar oʻrtasidagi farq... Odamlar kunduzi ishi, oʻqishi va yaqinlari tomonidan qoldirilgan jarohatni tunggi klubda koʻngilhushlik bn davolashga urinishadi. Oʻz faoliyatini tundan oʻtganda boshlaydigan va faqat zodagonlar uchun moslashgan klup tashqarisida spirtli ichimlik isteʼmol qilganidan joyida tura olmay chayqalayotgan yigit nimalarnidir gapirish davomida chayqalib chayqalib qadam tashlaydi. Birdan nimadir yodiga tushgandek qimmatbaho kiyim choʻntaklariga qoʻl suqadi. Izlagan buyumini topa olmaslikdan yuzaga kelgan tajanglik bn soʻkinadi.
Joyida tik turolmay chayqalgan yigit telefonini bir necha oʻn daqiqa oldin klub vip xonalaridan birida qoldirganini eslaydi.
Ayni dam uyiga oʻzi yetolmasligini anglab yetgach haydovchisini chaqirmoqchi edi u. Muhim voqea roʻy bermagandek oʻzini ovutadi.
-Hech qisi yoʻq. Muhim ish roʻy bermadi. Janob Park sen doim bir ilojisini topgansan axir.
Shovqinli muhitdan bazoʻr chiqqanligi sabab u yerga yana shoʻngʻishni istamagan yigit telbanamo qadam tashlab atrofdan qoʻngʻiroq qilib olish uchun bekatlarda joylashtirilgan mobil telefon qidira boshladi.
Nihoyat uncha uzoq boʻlmagan bekatga koʻzi tushib yana nimalardir deb oʻzini maqtagan boʻladi. Yiqilar holda bekatga yetib keladi.
Telefon joylashgan shahobcha ichiga kirar ekan koʻzlari yerga qorishib yotgan kichik jussaga tushadi. Norozi boʻlib soʻkingan yigit jussani oyoqlari yordamida turtadi.
-Hoy, tur. Muhim ishim bor. Qoʻngʻiroq qilib olishim kerak.
Gaplariga oʻzgarmagan va hamon yerda yotgan jussadan javob olmagan yigit suzilgan koʻzlarini qoʻllari bn ishqab kattaroq ochadi. Yana oyoqlarini jussa yelkasidan turtishga undaydi.
-Hoy bu nimasi?! Tursangchi. Sen meni kimligimni bilasanmi oʻzi?
Bu safargi turtkidan yuzi ochilgan jussa jinsi aniqlanadi. Bu biror kollejning bitiruvchisi boʻlishi mumkin edi.
-Endi maktab oʻquvchilari ham ichkilik isteʼmolini boshladimi? Buning uchun ular hali yosh.
Haliyam mastligi tarqalmay nimalarnidir gapiradi u.
Jussaga biroz egilgan yigit qoʻllari yordamida uni qoʻllaridan tutib shahobchadan chiqarib yuborishga uringan onida barmoq terisining sezgisi bn sovuq suyuqlikni his qiladi. Beparvolarcha qizning bilagiga qaraganida qoʻrquvdan tutila tutila faqat bir soʻz ayta oladi holos
-Chida qizaloq chida tez orada shifoxonaga yetamiz va shifokorlar seni davolashadi.
Bir necha oʻn daqiqa oldin qizni holatini koʻrganida hayrat va qoʻrquvdan nima qilishini bilmay kalovlangan yigit mobil qurilmaning tanga solish teshigiga choʻntagidan bazoʻr qidirb topgan tangani soladi va kerakli raqamga aloqaga chiqqan edi. Boʻlgan holatni tushintirib goʻshakni qoʻygan yigit bekat oʻrndigʻiga biroz oldin oʻzi joylagan qizga yaqin kelib uning ahvoli ayni dam ancha yomonligini biladi. Qizni qoʼl tomiriga yigitning qimmat baho koʻylak parchasi tangʻib bogʻlangan edi. Uncha koʻp kuttirmagan va ayni dam sabrsizlik bn kutilayotgan mashina bekat yoniga kuchli silkinish bn toʻxtadi. Mashina ovozidan allaqachon ichkilikdan paydo boʻlgan sarxushligi yoʻqolgan yigit ovoz kelgan tomonga yuzini burib mashina uzoq kuttirmagan boʻlsada haydovchiga oʻshqirdi.
U gaplarini tugallamasdanoq qizni qoʻllarida koʻtarib uning uchun ochilgan mashinaning orqa oʻrindigʻiga qizni shoshilinch va ehtiyotkorlik bn joylashtirgan boʻldi.
-Janob Park bu kim? Qayerdan...
Hech narsaga tushinmagan haydovchi savollariga javob olishga urinadi. Har doim uning bu savollarini toʻgʻriligicha qabul qilgan direktor esa ayni dam juda jizzaki edi.
-Hozir buning mavridimi Jack? Mashinani oʻzim haydayman sen tezlikda qizni mana shu ism orqali ota onasini yoki biror yaqinini topib markaziy shifoxonaga olib bor.
Shoshilinchda direktori tomonidan qoʻliga tutqazilgan bejikka hayron qarab unda yozilgan ismni lablarida shivirladi.
Mashinani katta tezlikda boshqarib kelayotgan yigit mashina orqa oʻrindigʻiga joylashtirgan qizga koʻz tashlab qoʻyadi. Sabrsizlik bn markaziy shifoxona ostonasiga yetib kelgan yigit qizni qoʻllarida yengil koʻtarib ichkariga shoʻngʻiydi. U aynidam lablari yordamida pichirlardi holos
-Chida qizaloq chida ishonamanki sen kuchlisan..!
Qoʻl tomirlari bir nechta joydan ayanchli tarzda kesilgan va tanasida koʻkarishlar hosil boʻlgan qiz uchun shifokorlar zudlikda birinchi yordamni koʻrsatishdi.
Nafas olishi qoʻrquvdanmi yoki charchoqdanmi kuchaygan yigit oq koʻylagida qizning qon yuqilariga termulib u yoqdan bu yoqqa borib kelishadi. Shifoxona yoʻlagining burchaklarida yosh yosh hamshiralar yigit tomon koʻz qiri tashlab bir birlariga pichirlaydi.
-Xuddi oʻzginasi.Lekin men uni juda insofli va adolatparvar deb oʻylardim. Biroz oldin qoʻlida koʻtarib kelgan oʻsmir qiz ahvoli va oʻzining hozirli holatidan oʻylaganlarim chippakka chiqadimi deb qoʻrqaman.
-Bu nima deganing? U haqiqatdan ham juda insofli inson. Shunchaki qizaloqni koʻchada koʻrib olib kelgan boʻlishi mumkin emasmi?
-Boylar seningcha insofi bn boy boʻlar ekanmi? Qolaversa juda mashhur inson yarim kechasi zoʻrlangandan kam boʻlmagan qizni olib kelishi... Bu chindan oʻyga soladigan voqea axir...
Ayni dam biroz nafas rostlash uchun yoʻlakka oʻrnatilgan stullardan biriga joylashgan Jimin qoʻllari yordamida toʻzgʻigan sochlarini tartibga soladi.
Shifoxona yoʻlagida jussasiga moslanmagan yugurish bn Jack Jiminga yuzlanadi.
Oʻz familiyasini tanish ovozdan eshitgan yigit oʻsha tomonga burilib oʻrnidan sabrsiz siljiydi.
-Hoʻsh? Qizni oilasini topa oldingmi?
Direktor vajohatidan yurak oldirgan yigit bu safar ham dashnom eshitmaslik harakatida yugurgani sabab oʻpkasini toʻldirib kislorod yutadi. Nafasini rostlab ulgurmasidan qarshisida qosh chimirib turgan janobiga maʼlumot bergan boʻladi.
-Bu Kimlar oilasi... Uni asl familiyasi Min emas Kim ekan. Yaʼni siz bir necha kun oldin shartnoma tuzgan oila boshisi Kim Jungseokning qizi. Oilaga habar berdim. Ular yoʻlda kelishyapdi.
Haydovchisi va yordamchisini tinglayotgan Jiminni diqqatini jonlantirish boʻlimidagi chaqiruv boʻldi.
Tezlikda yuzida jiddiylikni saqlab tibbiy niqobini yechayotgan shifokorga yaqin kelgan Jimin shifokordan tashhis kutadi.
-Janob Park qizaloqning ahvoli yomon emas yana bir necha soatga kech qolganimizda balki u hozir hayot boʻlmagan boʻlardi.
Yuragi biroz tinchigan Jimin barcha havotirini chuqur nafas chiqarish orqali chiqarishga urindi.
-Rahmat Janob Kang unga oʻzi nima boʻlgan ekan? Nima uchun bu ahvolda?
Oʻzga yetti yot begona qiz uchun jon kuydirayotgan Jiminga hayron qaragan shifokor hayronlik bn javob qiladi.
-Janob Park oʻylashimcha qizaloqqa aloqangiz yoʻq yoki bundaymasmi?
Jiminning hozirgi holati har qanday odamni hayratga solishi turgan gap.
Shubha oralagan vaziyatni oʻz tashabbusi bn yumshatishga uringan Jack soʻz qotadi.
-Albatta unday emas Janob Kang. Shunchaki Janob Park oliyjanob yigit va juda eʼtiborli.
Oʻzi shaʼniga aytilgan maqtovdan haydovchisi tomon jiddiy qaragan yigit nigohlari Jackga nima demochiligini ochiq ravshan edi.
-Janob Parkning oliy janob ekanligi barchamizga ayon.
Direktorining nigohlaridan nooʻrin yoki oʻrinli gapirganini anglamagan yordamchi shunchaki bosh egish bn kifoyalandi holos.
-Rahmat Janob Kang qizaloq uchun biror yordam kerak boʻlsa biz shu yerda boʻlamiz.
Yodidan nimadir koʻtarilgandek Jiminga yuzlangan shifokor soʻzladi.
-Ha aytgancha Janob Park qizaloqning oilasiga xabar bergansiz shundaymi?
-Ha ha albatta. Ular yetib kelishgandir.
Tinch yoʻlak shoshilinch qadam va asabiy shovqin sabab jonlandi. Yoʻlakda bemorlar toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi hamshira orqali qizining ahvol haqida maʼlumot olgan erkak va ayol Jiminga yaqinlashdi.
Bir necha kundan buyon uyidan chiqib ketgan qizining bir erkak tomonidan tashlandiq ahvolda topilganining alami bn Kim xonim erining ogohlantirishlariga qaramay Jiminning yoqasidan oldi.
-Sen iflos. Shuncha vaqtdan buyon qizimni qayerda saqlab yurganding. Javob ber yaramas.
Shoshilinchda yoqasida paydo boʻlgan qoʻllar sabab devorga siqilgan Jimin ayolni tinchlantirishga urinadi. Jiminning yordamchisi tomonidan qizining ahvoli haqida maʼlumot eshitsada toʻxtash haqida hatto oʻylamagan ayol yoshli koʻzlarini yigitga qaratadi.
-Agar qizimga qoʻlingni uchini tekkizganingni bilsam butun Koreya u yoqda tursin dunyodan izingni yoʻqotaman. Iflos!
Jimin:Kim xonim tinchlaning iltimos uning ahvoli yaxshi siz vaziyatni notoʻgʻri tushingan koʻrinasiz.
Janob Kim Jackning urinishlari sabab ayol Jimindan uzoqlashadi.
-Agar Chaeminimga nimadir qilgan boʻlsang ont ichaman yoʻq qilaman seni.
Tilidan doʻq-poʻpsani toʻxtatmagan Kim xonim qizi haqida maʼlumot olish uchun shifokor xonasiga kirib ketadi.
Sharmandali va ayni dam qiziq voqeaga guvoh boʻlgan shifoxona hodimlari burchak burchaklarda ularni kun mavzusiga aylantirgani aniq va ravshan.
Oʻziga qaratilgan nigohlar sabab chuqur hoʻrsingan Jimin ayolining gʻazabi sabab hijolat boʻlin uzr soʻrayotgan Janob Kimni tinchlantiradi.
-Hech qisi yoʻq Janob Kim. Men Kim xonimni tushunaman. Muhimi Chaeminning ahvoli ayni damda barqaror.
Yelkasiga tashlangan qoʻlga javoban jilmaygan yigit qariya qoʻllariga oʻz qoʻllarini yupanch sifatida urib qoʻyadi.
Qizining palataga koʻchirilganini eshitgan ota Jimin va Jackni yolgʻiz qoldirib ichkariga shoʻngʻiydi.
Direktoriga nisbatan qoʻpol va sharmandali munsabatda boʻlgan oiladan alamzada Jack Jiminga yuzlanadi.
- Bu nima qilganingiz Janob? Shu ayolning muomalasiga bu tarzda indamaslik toʻgʻri ish emas. Axir siz u oilaning farzandini saqlab qoldingiz!
Jimin oʻzidanda qiziqqon yordamchisini tinchlantiradi.
-Hammasi joyida. Ularning bu holida shunday munosabatdan boshqachasini ham kutmagandim aslida.
-Kechirasiz.Siz Park Jiminsiz shundaymi?
Oʻtkir ovozda aytilgan oʻz ismini taasdiqlash uchun oʻgirilgan yigit politsiya hodimlari bn yuzlashadi.
-Hayrli kech Janob Park. Men
ichki ishlar bosh boshqarmasidan Yung Junseo boʻlaman.
Gaplarini tasdiqlash uchun qoʻllaridagi kichik hujjatni ularga tomon yuzlashtiradi.
-Siz hoziroq biz bn mahkamaga borishingizga toʻgʻri keladi Janob Park!