Karona virusni birgalikda yengamiz!
Bugungi kunda butun dunyo qarshisida turgan asosiy muammolardan biri bu karona virus pandemiyasi bo‘lib qolmoqda. Dunyoning barcha mamlakatlari bu virus bilan kurash olib bormoqdalar
Shu qatori bizning yurtimizda ham Prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich boshchiliklaridagi shifokorlarimiz, harbiylarimiz, ichki ishlar organlarining va boshqa sohalarning fidoiy xodimlari tomonidan ushbu ofatni bartaraf etish va uni respublika bo‘ylab keng tarqalishini oldini olish borasida kechasi-kunduzi, har qanday ob-havo sharoitida mashaqqatli faoliyatlarini olib bormoqdalar.
Ushbu mashaqqatli kunlarda shifokorlarimizning o‘zi esa o‘zlarining naqadar masʼuliyatli kasb egasi ekanliklarini yana-da chuqur his etgan holda, har bir bemorlarning sog‘ayishlari uchun haftalab uylariga bormasdan karona virus kasalligi bilan kurash olib bormoqdalar.
Bugungi qiyin davrda bizlar ushbu soha vakillarining naqadar yuksak kasb egasi ekanliklarini his qilishimiz va ularning ushbu mehnatlarini qadrlashimiz, ularni qo‘llab-quvvatlab, karona virusga qarshi kurashishda o‘zimizning yordamimizni berishimiz, beʼetibor bo‘lmagan holda o‘rnatilayotgan qoida va tavsiyalarga to‘liq rioya etishimiz zarur.
Ho’sh!!! Biz bunday holda qanday yo’l tutishimiz kerak?
Dastlab shuni unutmasligimiz kerakki virus ham tirik organizm hisoblanib u ham o’z hayoti uchun kurashadi. Ya’ni virus inson tanasiga yashab qolish uchun kiradi va u hech qachon organizmdan butunlay yo’q bo’lib ketmaydi. Shuning uchun ham biz bu virusga bepisand qaramasligimiz kerak. Kimdir ana bir haftada tuzalib ketibdi oddiy shamollashga o’xshagan kasallikda degan fikrdan uzoq bo’lishimiz lozim. Lekin bu kasallik haqida behuda o’ylab vahimaga tushish ham yaramaydi. Inson ko’p hollarda vahima va qo’rquvga berilishi oqibatida ham turli kasalliklarga chalinishi mumkin.
Biz hozirgi paytda korona virusga qarshi jangga kirgan ekanmiz, avvalo xotirjamlikni yo‘qotmasligimiz. Jamiyatimiz tomonidan o‘ranitlayotgan qoidalar, talab va tavsiyalar rioya etishimiz, tegishli soha vakillari (shifokorlar, ichki ishlar, sanitariya xizmati, Milliy gvardiya, harbiylar va boshqalar)ning ko‘rsatmalari, maslahatlari va tavsiyalariga amal qilishimiz kerak.
Jumladan ko‘chaga zaruratsiz chiqmaslik, chiqqanda ham tibbiy niqob bilan chiqish, ijtimoiy masofani saqlash, qo‘llarni tez-tez dezinfeksiyalovchi vositalar bilan tozalash yoki yuvish va boshqa ijtimoiy munosabatlarda bo‘ladigan jarayonlarda ham ushbu qoidalarga amala qilish lozim.
Ushbu maqolada Karona virus info telegram ijtimoiy tarmog'i hamda boshqa internet tarmoqlaridagi fotosuratlardan foydalanildi.