June 15, 2020

1963-yil 16-iyun kosmosga birinchi ayol kosmonavt parvoz qilgan kun.

Valentina Tereshkova 1937-yil 6-mart Rossiya Federatsiyasi, Yeroslav viloyatining, Maslennikovo qishlog’ida tug’ilgan. Jahonda kosmosga parvoz qilgan birinchi ayol kosmonavt.

Valentina Tereshkova 1963-yil 16-iyun kuni “Vostok 6” kemasida V.F.Bikovskiy bilan kosmosga parvoz qilgan. Yer atrofini 48 marta aylanib 70 soat 47 daqiqa mobaynida 2 million kilometr masofani parvoz qilgan.