Xolmirzayev Sirojiddin 301-guruh talabasi.
Raqamli iqtisodiyotni ko'raman…
Kalit so'zlar: Raqamli iqtisodiyot, Elektron pullar, Suniy intilekt.
Kirish: Raqamli iqtisodiyot hozirgi kunda shu darajada rivojlanib ketmoqda-ki, raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda va qaysidir manoda aylanib bo'ldi ham. O'ylashimcha yaqin kelajakda barcha sohalar raqamli texnologiyalarni o'zida qo'llaydi va yanada rivojlanib ketadi. Elektron pullar haqida gapiradigan bo'lsam, yillar o'tishi bilan biz qog'oz pullardan foydalanmay qo'yamiz va barcha pullar elektron shaklda bo'ladi deb o'ylayman.
Asosiy qisim: Raqamli iqtisodiyotning asosiy texnologiyalaridan biri bo'lgan Suniy intelekt butun dunyoni qaysidir manoda bosib olishga ulgurdi. Suniy intelekt o'zi aslida nima? Suniy intelekt bu turli xil mavjudotlar, shu jumladan odamlar tomonidan ko'rsatiladigan tabiiy intelektdan farqli o'laroq mashinalar tomonidan namoyish etilgan aqldir.
Raqamli iqtisodiyot hozirgi kunda turli xil yo'nalish va platformalar orqali hayotimizga chuqur kirib kelmoqda. Raqamli iqtisodiy ayni damda barcha sohalarda o'zini ko'rsatmoqda. Raqamli iqtisodiyotni hozirgi kunda juda ommalashib ketgan elektron pullarda va suniy intelektda ko’raman. So'nggi 4 5 yil ichida juda rivojlanib ketgan elektron pullar hayotimizning bir qismiga aylanishga ulgurib bo'ldi. Elektron pullarning afzalliklari qancha miqdorda ko'p pul bo'lmasin uni birgina qurilma orqali o'zimiz bilan olib yurishimiz yoki istalgan vaqtda hech qanday ortiqcha harakatsiz u pullarni ishlatishimiz mumkin. Fikrimcha yaqin kelajakda barcha tanga va qog'oz pullar momiladan chiqib ketadi va barcha insonlar elektron pullardan foydalanishni boshlashadi. Hozirgi kunda elektron pullar orqali biz o'z uyimizdan chiqmay kreditlarimizni va qarzdorliklarimizni qisqa fursatda to'lamoqdamiz. Shaxsiy fikrimcha elektron pullarga o'tishmizning salbiy tomonlari umuman yo'q. Raqamli iqtisodiyotning yana bir turi bu Suniy intelekt qisqa vaqt mobaynida deyarli butun dunyoni egallab oldi. Suniy intelekt bu kampyuterlarni o'rganishda va boshqarishda, malumotlarni tekshirish va taxlil qilish kabi ko'plab soxalarda bizga katta yordam beradi. Suniy intelektning bizning kundalik hayotimizdagi + tomonlari u bizning ishimizni yanada osonlashtiradi vaqtimizni tejaydi va aniqlikni oshiradi. Bu texnologiyaning minus tomoni esa bo'sh ish o'rinlarini kamaytirib yuboradi va yaqin kelajakda ishsizlar sonini ortib borishiga sabab bo'lishi mumkin. Xulosa qilib aytganda Suniy intelektdan insonlarni xayotiga xavf soladigan sohalarda foydalanishni tavsiya qilgan bo'lar edim.
Xulosa: Yakuniy fikr qilib shuni aytgan bo'lar edim-ki raqamli iqtisodiyotga o'tish hamma uchun yaxshi va foydali bo'ladi. Hamma narsani yaxshi tomoni bo'lgani kabi yomon tomonlari ham bo'ladi. Biroq raqamli iqtisodiyotga o'tishning foydali tomonlari juda ko'p va rivojlanishning eng to'gri yo'llaridan biri hisoblanadi.