Test of patience - ep1
Hayotim izdan chiqgan edi. Nima qilishni bilmay qoldim. Odamlar menga yaqinlashishsa qoʻrquv meni qurshab olardi. Hayotimda kim menga yaqinlashmoqchi boʻlsa doim biror manfaatni koʻzlardi. Balkim bu soddaligim sababdir. Ammo men insonlarga boʻlgan ishonchimni yoʻqota boshladim. Zulmat meni oʻziga tortar, atrof qorongʻulashib, zulmat meni yutib yuborayotgan bir paytda, sen meni yorugʻlikka olib chiqding. Mening yoʻlimni yana yorugʻ boʻlishi uchun sharoit yaratding. Sendan minnatdorman Seungmin. Hurmat bilan sevgiling Nisa.
Pov N: Avvalgidek otam yana men uchun koʻr koʻrona uchrashiv belgiladi. Bu safar kim boʻlishi mumkin. Ilgargi uchragan qorinboy sartarosh kabi boʻlsa hech bir soʻzsiz rad etaman.
Nisa hayol surgancha manzilga keldi. Eshik oldida toʻxtadi. Bruklin fare restarani. Tashqaridan hashamatli ekani kundek ravshan. Qiz chuqur nafas oldi. Koʻksiga tushgan sochlarini yelkasi uzra beliga tashladi. Mayus tortgan chehrasida soxta kulguni namoyon qilib ichkariga kirdi.
Pov N: U toʻgʻridagi ikki kishilik stulda oʻtirardi. U tomon qadam tashlar ekanman, uning nigohi kalta boʻlgan yupkamga tushganini sezdim. Oʻzimni bilmaganlika solgancha borar ekanman, u oʻrnidan turib men uchun stulni surdi. Joylashganimdan soʻng esa kastyumini yechib mening oyoqlarim ustiga yopdi. Bu biroz yoqimli edi. Hech bir uchrashuv bunday boshlanmagan edi. Men oʻzimni yoʻqotib qoʻymasligim kerak.
N: Ouv meni mazur tuting bu uchun rahmat
S: Ismingiz Nisa edi shundaymi?
S: Ismingiz jamolingiz kabi chiroyli ekan
Pov N: Bu nima. Nega men bunday uyalib ketyapman. Yuragim boshqacha urmoqda
S: Yaxshi unda men sizga baʼzi narsalarni aytaman. Bu yerning oshpazi Sezar Ramiriz. U har doim noodatiy menyu qiladi. Hohlasangiz undan oʻz hohishiga koʻra ajoyib menyu soʻraymiz
Pov N: U shu darajada kelishganki, uni oʻzimniki qilishim kerak. Bunday ajoyib ohang. Unda nimadur oʻzgacha
N: Yaxshi menga yangilik qilib turish yoqadi
Seungmin afitsantni chaqirib noodatiy menyu buyurdi
N: Kechirasiz. Sizdan bir narsa soʻramoqchiman
Pov N: Unga qanday qilib ismidan boshqa hech qanday maʼlumotim yoʻq ekanini aytaman. Jin ursin ota ja boʻlmaganda biroz boʻlsa ham u haqida maʼlumot aytishingiz kerak edi.
N: Menga sizning ismingizni aytishdi holos. Oʻzingiz haqingizda aytib bera olasizmi?
S: Demak koʻr-koʻrona uchrashuvdasiz shundaymi?
Pov N: Albatta koʻr-koʻrona uchrashuv boʻladida axir 23 yoshimdan beri otam bunday uchrashuvlarni koʻp uyushtirgan.
Nisa uyalgancha ha ishorasini qildi
S: Buning noqulay tarafi yoʻq. Men musiqachiman. Amerikada ikki yildan beri yashayman. Bu yerda tanishlarim koʻp emas. Hoʻsh oʻzingizchi Amerikada nima qilyapsiz? Koʻrinishingizdan karealiksiz
N: Ha meni ota onam kareys. Men Amerikada katta boʻlganman. Bu yerni yaxshi bilaman. Ammo yoshligimni qumsab turaman. Kareys taomlarini sogʻinganman.
N: Otam bunga qarshi. Aytishi boʻyicha qachonki men turmush qursam va erim olib borishini aytsagina kareaga qaytishim mumkin
N: Shuning uchun boʻlsa kerak. Siz bilan koʻr-koʻrona uchrashuvga rozi boʻlganim
S: Demak meni koʻrganingizdan beri koʻrinishim ishim sizni qiziqtirmadi
Biroz kulib yuborgancha oʻzini zoʻrgʻa bosgan Seungmin Nisaga qarab qoldi.
N: Yoʻq unday demoqchi emasdim. Men kareys yigiti boʻlganingizni nazarda tutdim
S: Hijolat boʻlmang. Toʻgʻri tushundim, bu hazil edi
Seungmin kulishdan toʻxtadi va Nisaga jiddiy savol berishga oʻtdi.
S: Hoʻsh turmush qursak, toʻy kuni Kareaga ketishimiz kerak menimcha. Nega bunday kalta va ochiq kiyinasiz?
Pov N: U hozir nima dedi? Men.. u meni qabul qildimi?
N: Bu sizga noqulaymi? Agar hohlamasangiz keyingi safar bunday kiyinmayman.
S: Yoʻq. Men meniki boʻlishi kerak boʻlgan narsa va odamlarga taqiq qoʻymayman.
Nisa hayratdan Seungminga qarab qotib qoldi.
S: Hatto bu birovlarni nazariga tushadigan boʻlsa ham, men sizni yoningizda yomon koʻzlardan himoya qila olaman.
N: Bu degani siz menga uylanmoqchisiz shundaymi?
S: Axir oʻzingiz kareani sogʻinganingizni aytdingiz
Pov N: U aqldan ozgan. Buni menga qanday ayta oladi. U haqiqatdan ham aqldan ozgan
Afitsant buyurtmani olib kelib stul ustini yasaydi. Ikkisi ham taomlangancha suhbat qurishdi.
Ishga shoshilayotgan Nisa Seungmin tayorlagan tushlikni yeyish uchun ham vaqt ajrata olmadi. Oyoq kiyimini shoshib kiyar ekan Seungmin qoʻlida ovqat solingan kantenerni Nisaga uzatdi. Peshonasidan oʻpib qoʻygach uni ishga kuzatib qoʻydi.
N: Kechir bugun seni ishga kuzatib soʻng oʻzim ketaman deb oʻylagan edim. Ammo boshliq favqulodda yegʻilish qilayotgan ekan.
S: Hech qisi yoʻq. Bugun ishga bormayman. Shu sabab uyga bugun oʻzim qarayman.
Seungmin qizni sochlarini quloqlari orqasiga oʻtqazgancha jilmaydi. Nisa uni yuzidan oʻpib qoʻyib ketdi.
Ishxonaga yetib kelgan qiz tashqaridagi notinchlikni koʻrib koʻngli gʻash boʻldi.
Nisaning savoliga shu yerdagilardan biri javob qaytardi.
X: Bu yerda ikki yigit urushib ketishdi.
X: Bilmaymiz, ammo ularni ajratishdi. Shunga tartib buzuldi.
Nisa bosh irgʻib oʻz xonasiga oʻtib ketdi. Xonasiga sumkasini qoʻygancha majlisga shoshildi. Majlis xonasiga kirar ekan hali hamma yegʻilib ulgurmagan, asosiysi boshliqni oʻzi ham koʻrinmaydi. Qiz chuqur nafas olib stulga joylashdi. Qulogʻiga sheriklarining pichir-pichiri eshitildi
A: Bugun bir xodim qoʻshilar ekan
B: Boshliqning injiqligini koʻtara olarmikin?
A: Bilmasam ammo eshitishim boʻyicha endi Nisa bir oʻzi ishlamaydi.
A: Kelgan xodimning ham sohasi Nisani tabaqasida ekan
B: Ha va nihoyat Nisa ham oʻzi ishlamaydi.
Nisa tishini tishiga boshgancha asabiylashdi.
N: Agar sirlashayotgan boʻlsangiz, pastroq gaplashing
Nisa qilichdek oʻtkir nigohini ularga qaratdi. Ikki xodimning dami ichiga tushib jim boʻlib qoldi. Ular aytgandek majlis davomida bir necha masalalardan soʻng yangi xodim haqida gap ketdi. Boshliq uni Nisaga biriktirdi. Nisa buyruqni qabul qilib majlisdan soʻng qizni ish xonasiga olib bordi.
N: Bu ish joyi sen uchun. Kel avval tanishib olamiz. Men Park Nisaman. Bu yerda meni lavozimim boshliqdan keyingi pogʻonada turadi. Shu sabab hamma bilan ham yaxshi chiqishib keta olmayman. Birgina xato va meni oyogʻimga bolta urishadi. Bugundan boshlab bir hafta amaliyotda boʻlasan. Oʻzingni tanishtir.
Qiz nurdan saqlovchi koʻzoynagini toʻgʻirlagancha gap boshladi
Y: Meni ismim Min Yeri. Avval sanʼat universitetida kotiba edim. Malaka oshirganidan soʻng ish oʻrnini almashtirish haqida oʻylagan edim. Menimcha siz bilan yaxshi kelishib ketamiz.
N: Yaxshi Yeri unda bugun ishdan soʻng birga soju ichib yaqindan tanishib olishga nima deysan?
Y: Albatta men uchun ham yaxshi boʻlardi
Ikki qiz ishga kirishib ketishdi.
Changbin gul doʻkoniga koʻzi tushar ekan rafiqasi haqida oʻyladi. Ichkariga kirib Yeriga yoqadigan moviy atirguldan buket qildirdi. Sotuvchi atirgul rangiga moslab moviy qogʻozga oʻradi. Changbinning quvonayotganini koʻrgan sotuvchi unga bir taklif berdi.
S: Janob hohlaysizmi? Bizda bunday gullarning oldiga ajoyib kanvert ham qoʻshib beramiz.
Sotuvchi bir necha jozibali va nafis oshlangan kanvertlarni koʻrsatdi.
S: Bulardan birini tanlashingiz mumkin va ichiga dilingizdagi gaplarni yozasiz
Changbin kapalak naqshi tushurilgan ikki burchagiga nozik shakillar berilgan toʻq moviy kanvertni koʻrsatdi. Sotuvchi ruchka bilan uni uzatdi. Changbin unga uch qator soʻz yozdida kanvertni sotuvchiga uzatdi. Sotuvchi uni muhirlab buket ichiga joyladi. Changbin toʻlov qilgancha gul doʻkonidan chiqib ketdi.
Y: Ha 5 yil boʻldi. Oʻzingizchi?
N: Menikiga 4 yil boʻldi. Mendan koʻra turmushni yaxshi tushunasiz deb oʻylayman.
Y: Ha turmush oʻrtogʻim juda mehribon. Unday erkaklarni topish qiyin
N: Men ham erimni tasodifan tanlaganman. Ammo tanlovda adashmadim.
Y: Sizni Amerikada yashagan deb eshitdim. U yerlar ajoyib nega Kareaga qaytdingiz?
N: Men kareada tugʻulganman. Bu yerga qaytmasligim mumkin edi, agar erimni uchratmaganimda. Baxtimga uni uchratdim va u orzularimni birin ketin amalga oshirmoqda.
Y: Siz men oʻylaganimdan ancha jozibali ekansiz
Y: Ammo men ketishim kerak. Tez orada erim uyga qaytadi. Uni kutib olishimni yoqtiradi.
Yeri silkasini olgancha stuldan turib ketdi. Nisa soju ichgancha mol goʻshtini yeyishda davom etdi.
Qoʻngʻiroq ovozini eshitgan qiz eshik tomon shoshildi. Eshikni ochar ekan Changbin ichkariga otilib kirib Yerini quchoqlab oldi. Peshonasidan oʻpgach qoʻlidagi guldastani qizga uzatdi. Yeri quvongancha Chamgbinni yana quchdi.