Buxoro shahar Adliya bo'limi tomonidan "Tengdoshimga huquqiy yordam" tadbiri amalga oshirildi.
Buxoro shahar Adliya bo'limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini tashkil etish yuzasidan tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Tengdoshimga huquqiy yordam” mavzusida Buxoro shahridagi yoshlarga Adliya vazirligining asosiy faoliyat yo’nalishlari,shu jumladan qonunchilik hujjatlari loyihalarini tayyorlash, huquqiy ekspertiza faoliyati, xalqaro hamkorlik, huquqiy targ’ibot va O’zbekistonda yuridik fan va ta’limning rivojlanishi yuzasidan targ’ibot tadbirlarini amalga oshirdi. Buxoro shahar MMTB ga qarashli maktablarning bitiruvchi o'quvchi yoshlari bilan Adliya bo'limida ochiq muloqot o`tkazilib mazkur uchrashuvlarda yoshlar tomonidan TDYU boshqa OTM yurisprudensiya yo’nalishlari va yuridik texnikumga o’qishga topshirish tartibi,yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek tadbir davomida tinglovchilarga Buxoro shahar Adliya bo'limi Natarial arxiv, FXDY arxiv va FXDY organi faolyatining tuzulish va tartiblari haqida malumotlar berildi va yoshlar o'zlarini qizirtirgan savollarga javoblar oldilar.