Next room
Biz bosib o'tadigan yo'l hali uzoq ko'rinadi... balki oxiri yo'qdir
Yuvinish xonasi yo'lagi tomon ko'zi tushgan qiz, dugonasini kelayotganini payqadi. Qarshisidagi yigitdan qutulish uchun oyog'iga tepti.
-Hoy nima qilayapsan?,-Taehyung oyog'ini ushlab biroz tizzalab qoldi.
-Battar bo'l. Baoshqa menga yaqinlashma,-Sero stolda turgan sumkasini olib, Kazuhani qo'lidan tortib tezda klubdan chiqib ketti.
Qora o'rmon ichida yo'lidan adashgan qiz. Tinmay qichqiriqlar ovozi quloqlari ostida yangramoqda. Uni chorlayotgan ovoz tomon bor kuchi bilan yugurmoqda. Bu safar ham kech qolishdan qo'rqadi. Yana ulgurmay qolsachi?... va o'sha 3 yil oldingi oq ovozi... Sero ulgurmadi... qutqara olmadi. Yana qo'llari qonga belandi. Yaqin insoni qoniga...
Tinmay alahsirab, terga botgan qiz oxiri ko'zlarini qo'rquv ila ochti. Haa bu shunchaki tush edi. Qo'rqinchli tush holos.
-Yaxshimisan?,-oshxona tomondan Kazuhani ovozi eshitildi.
Yotog'idan asta qo'zg'algan Sero, oshxonaga kirdi. Stakanga suv quyub ichib, o'ziga keldi. Terlagani sababli hol bo'lgan sochlarini quloqlari orqasiga qistirdi.
-Yomon tush ko'rdingmi?,-vaziyatni anglagandek dedi qiz.
-Koreaga kelganimdan beri birinchi marta bu YOMON tush meni bezovta qildi,-Sero ko'zlari yoshga to'lgan ko'yi bayon etti.
-Sen kuchli qizsan. Bu narsalar ortta qolgan. Yana eslashni keragi yo'q,-Kazuha dalda berdi va dugonasini bag'riga bosti.
-Bu shahar meni chuqurlikga tortishini bilsada, shu yerga yuborgan dadamdan xafaman ayni damda,-Sero ko'nglidagi gaplarni oxiri tiliga chiqardi.
-O'zing ham erkalanib ketganding,-bag'ridagi qizni chimchib qo'yib davom etti. -Axir butun boshli Marketni yoqib yuboribsan,
-Zuhaaa~ kel bu ishlar haqida gaplashmaylik,-Sero qizni pinjidan chiqib, soatga nazar tashladi.
-Oxxx allqachon 7 bo'libti. Bugun yangi hamkorlar bilan uchrashuvim bor,-shoshib xonasi tomon yurib gapirdi.
-Men nonushta tayyorlab qo'ydim,-Kazuha qizni ortidan baqirdi.
Sero Yangi hamkorlar bilan uchrashuv uchun kompaniyaga yetib keldi. Tepa qavatga ko'tarilib, hujjatlarni to'g'irlashga kirishti. Boshliq stuliga joylashib, barmoqlarini bir-biriga jipslashtirgan ko'yi mehmonlarini kutti.
Katta kompaniya qarshisida to'xtagan qizil BMW avtomobilidan tanish chexra tushti. Rasmiy kiyingan, sariq sochlari turmaklangan qora ko'zaynak taqqan yigit, kompaniya tomon qadamlarini tezlatti.
Qo'l soatiga yana bir bor boqqan qiz, kech qolayotgan hamkorlardan allaqachon asabiylasha boshlagandi. Ko'p kutgan odamlar kelganini bildirib, eshik ochildi. Qiz eshik tomon nigohlarini tikti, haydovchisi Haeyang, hamkorlarni ichkariga chorladi. Sero yana o'sha sariq sochli kelishgan yigit bilan to'qnash keldi.
-Sen?!,-ovozi balandlab ketganini hatto sezmadi.
-Menda sal boshqacharoq savol bor. Sen bu yerda nima qilayapsan?,-yigit ham qiz kabi hayratga tushti.
-Janob Taehyung bu bizni yangi hamkorimiz Miss Lee Sero. Sero xonim bu esa Kim kompaniyasi vorisi Kim Taehyung,-o'rtaga janob advokat aralashti.
-Faqat bu emas,-pichirladi qiz.
-Kim Taehyung,-yigit ayyorona jilmayib qo'lini uzatti.
-Lee Sero,-qiz ham rasmiy tabassumini yuzida namoyon etti.
Hamma joylashgandan so'ng, yig'ilish boshlandi. Ikki kompaniyaga ham bu hamkorlik foyda olib kelishi tasdiqlandi. Noiloj hamkorlik bitimi tuzildi, Sero rad etolmasligini sababi dadasi, Taehyung uchun esa bu hamkorlik qizga yaqinlashishga imkon beradi.
2 soat davom etgan yig'ilish nihoyat tugadi. Hamkorlarini kuzatib qo'yib xonasidagi kresloga o'zini tashlagan qiz chuqur uhh tortti. Yana bir omadsiz kun. 3 yil davomida faqat omadsiz kunlar qiz bilan xamrohdek... uni quvonchi bo'lgan inson bu hayotta ortiq yo'qligi azob beradi ba'zida... Ammo sezdirmaydi... axiyri bu la'nati hayollar tomog'ida nimanidir tiqilishiga va ko'zlaridagi kuchsizlik nomoyon bo'lishiga olib keldi. Sero kresloga boshini suyagan ko'yi ko'zlarini yumib, yoshlari chiqishiga imkon berdi.. o'pkasiga yetib bormayotgan kislorod sabab, chuqur nafas olishga urindi. Muhimi yoshlar chiqishi, ichini bo'shatib olishi. Shuncha payttan beri yig'ilgan hislar va voqealar natijasi...
Timeskip➡️ | oradan 1 oy o'tti.
Hamkorlikdagi kunlar kulgili ammo ba'zida asabiy ham. 1 oy bo'yi bir-birigi arang chidab yurgan qiz va yigit, agar imkon berilsa hatto qotillikga ham qo'l urushlari mumkin. Kompyuterda ish bajarayotgan qizni eshikni ovozi chalg'itti.
-Sero xonim sizga jo'natma bor,-Haeyang kichik qutini stolga qo'ydi.
-Bu nima?,-savolli tilkildi qiz.
-Tushunarli. Ketishing mumkin,-yigit bosh egib xonadan chiqti.
-Yana qanday o'yin qilmoqchisan Mister,-qiz qutini o'ziga yaqin tortib ochishni boshladi. Quti ichidan kaktus va kichik xat chiqti.
"Bugun do'kon oralab yurganimda shu kaktusga ko'zim tushti. Uni ko'rishim bilan seni esladim. Bu mening senga kichik sovg'am Kaktus xonim... qara bu nom senga qanday yarashti. Kaktuslar senga o'xshaydi yoqimsiz va zararli, tikanlari esa odamga azob ham berishi mumkin. Kaktus xonim ertaga ko'rishguncha." Xatni o'qib bo'lgan Sero boshini ortga tashladi. "AXMOQ" hayolidan faqat shu gaplarni o'tkazib, quti ichidagi kaktusni stoli ustiga qo'ydi.
Hamkorlar bazimiga istamay tayyorlanayotgan qiz, ko'ylagini tugmasini taqa olmay asabiylashti.
-Shu bazimga borishim shartmi?,-oyna yonida turgan telefonida "Lee Yurin" maqomi ostida saqlangan raqam bilan gaplashayotgan qiz savol berdi.
-Shart! Bitta bazimga borsang hech narsa bo'lmaydi. Sero dadangni jahli hali ham bosilmadi,-onasi Yurin xonim qiziga ko'rsatma bergan bo'ldi.
-O'rgildim o'sha jahlidan. Meni bu yerda siqilib ketayapman,-oxiri tugasini taqishni uddalagan qiz davom etti,- Yana kamiga anavi Tonka bilan ham hamkor qilib qo'ydilar. U yigit meni asablarimni yeb bitirmoqda.
-Yaxshigina bola. Senga o'zi kim va qachon yoqqan?,-qizini qaysarligini yuziga bosti.
-Lee Yurin suxbatimiz shu yerda yakunlanadi, hayr,-onasini keyingi gaplarini eshitishga toqati qolmagan qiz a'loqani uzdi.
Makiyajini yakunlay deganda eshik qo'ng'irog'i yangradi. Pastgi qavatga tushib, eshik ortidagi sevimli qo'shni bilan to'qnashti.
-Ayshsh hali ham tayyor emasmisan?,
-Yo'q. Yakunlashim zarur bo'lgan narsalar bor. Seni nega avzoying buzuq?,-Sero yigitni jig'iga tegishni istadi.
-Kaktus xonim Sen bilan bazimga borishni xohlamayman. Ko'p ichib yuborsang oyog'imga tepasan,-gaplarini jiddiy qiyofada aytgan yigit Seroga tikildi.
-Nima?,-qiz o'zini kulgidan tiya olmay qoldi. -Aytgancha men ham senga nom toptim... mmmmm sen Robotsan. Hissiz va bahaybat. Mister robot... ouuu qanchalar ajoyib eshitilmoqda shunday emasmi?,-yigitni turtti.
-Baribir kaktusga yetmaydi,-eshik yonida 15 daqiqadan beri gap talashib turgan juftlik hech qolishayotganini unutti. Qiz ichkariga kirib, pardozini yakunladi va narsalarini olib, uyidan chiqti. Eng pastgi qavatga tushganida Taehyung shu yerda ekanini payqadi.
-Meni mashinamda ketamiz,-yigit qizga ishora qildi.
Ammo... m,-qiz gapini yakunlashga ulgurmay yigitni ortidan ergashti. Baribir bu robot uni eshitmaydi. Sero va Taehyung qizil BMW avtomobiliga o'tirishti.
-Kamarlarni taq. Parvoz qilamiz. Tezlikdan qo'rqmaysan shundaymi?,-yigit qizga kichik ko'rsatmalar berib, pedalni bosti...