Next room
Vaqt allaqachon kech bo'lgan. Soat millari 9 dan o'tkanini ko'rsatmoqda. Officeda hujjatlarga ko'milib o'tirgan qiz, qo'l soatiga nazar tashladi. Stoldagi faylni oxirgi varog'iga qo'l qo'yib yopti va narsalarini yig'ishtirdi. Officedan chiqib mashinasiga joylashti. Bir insonga kutilmagan sovg'a qilish maqsadida o'sha manzilga shoshildi.
"Prada" nomi ostidagi brend do'konidan qo'llarida turli xil qimmatbaho buyumlar ila chiqqan qiz telefoniga nazar tashladi. Miyyasida tungi klubga borishni reja qilgancha sumkasidan avtomobil pultini chiqarib bosti. Oq rangdagi mashina chiroqlari yonib o'chti. Endi avtomobil yoniga yaqin kelgan qiz ortidan kimdir kelib, boshiga qurol oqtaldi. Orqa miyyasida sovuq qurolni his etgan qiz, indamay joyida qotti.
-Kimsan?,- Kazuhani ohangida qo'rquv sezilardi.
-Ajaling,- kichik kulgi ila davom etti. -Meni rostan tanimadingmi Zuhaa?,
Tanish laqabni eshitgan qiz asta ortiga ogirildi. Uni faqat bir inson shunday chaqiradi. Albatta bu Sero.
-Sero?! Bu nimasi? Men juda qo'rqib kettim axir,-Kazuha qizni sumkasi bilan ura boshladi.
-Hoy bo'ldi og'riyapti... ammo qanday titraganingni bir ko'rganingda edi,-Sero o'zini kulishdan arang -Men 3 yil deganda Koreaga keldim. Sen esa hatto eslamading. Bu esa jazo Zuhaa,
-Men 3 yil deganda Koreaga keldim. Sen esa hatto eslamading. Bu esa jazo Zuhaa,
-Bu sovuq qurolni yoqtirmasting,- Kazuha qizni qo'lidagi to'pponchaga qarata gapirdi. Sero tezda qo'lidagi o'yinchoq to'ppanchani yaqindagi axlat chelagiga tashlab yubordi.
Ikki dugona birgalikda mashinaga minishti.
-Kelishtik, unda klubga boramiz. Sen esa yo'lda nimalar bo'lganini aytib berasan,
Sero rozi bo'lib boshini qimirlatib qo'ydi.
Tungi klub... deyarli barcha yoshlar vaqtini behuda sarflaydigan joy. Har chekkalarda jirkanch ishlar bilan shug'illanayotgan ikki hil jins vakillari. Ba'zilar esa baland musiqa sadosida tinmay raqs tushayapti. Barmen yonida o'tirib kimdir siqilishdan, kimdir esa zerikishdan alkogol mahsulotlarini qabul qilib o'tiripti. Bu yerda hatto stollarda karta o'ynab, qo'lidagi sigaretdan ko'k tutunni osmonga purkab o'tirgan insonlar ham topiladi. Ayni klubga mos stilda kiyingan bir yigit icgkariga kirdi. Stollardan birida o'tirgan do'stini ko'rib yoniga qadam tashladi.
-Taehyung xush kelibsan,-ikki yonida deyarli yopiq yeri yo'q holda kiyingan qizlar bilan o'tirgan yigit do'sti bilan muloqot qila boshladi.
-Jay har doimgidek shu yerdasan,- stol qarshisidagi uzun divanga joylashib olgan yigit gapini davom etti. -Bilasanmi, diding menga umuman yoqmaydi,- yonida o'tirgan o'sha ikki qizga ishora qilib gapirdi.
-Senda yangisi bormi?,-yonidagi ikki qizdan uzoqlashgan Jay, stolda turgan muzdek alkogolni bir ko'tarishda ichib yubordi.
Avtomobil manzilga deyarli yaqinlashib qoldi. Qizlar pardozlarini biroz yangilab suhbatlarini davom ettirishti.
-Balonni Sen teshting shundaymi?,- Zuha dugonasi aytib bergan voqealardan kulgisi keldi.