September 21

Next room

Episode - 2
Biz bosib o'tadigan yo'l hali uzoq ko'rinadi... balki oxiri yo'qdir

Vaqt allaqachon kech bo'lgan. Soat millari 9 dan o'tkanini ko'rsatmoqda. Officeda hujjatlarga ko'milib o'tirgan qiz, qo'l soatiga nazar tashladi. Stoldagi faylni oxirgi varog'iga qo'l qo'yib yopti va narsalarini yig'ishtirdi. Officedan chiqib mashinasiga joylashti. Bir insonga kutilmagan sovg'a qilish maqsadida o'sha manzilga shoshildi.

"Prada" nomi ostidagi brend do'konidan qo'llarida turli xil qimmatbaho buyumlar ila chiqqan qiz telefoniga nazar tashladi. Miyyasida tungi klubga borishni reja qilgancha sumkasidan avtomobil pultini chiqarib bosti. Oq rangdagi mashina chiroqlari yonib o'chti. Endi avtomobil yoniga yaqin kelgan qiz ortidan kimdir kelib, boshiga qurol oqtaldi. Orqa miyyasida sovuq qurolni his etgan qiz, indamay joyida qotti.

-Kimsan?,- Kazuhani ohangida qo'rquv sezilardi.

-Ajaling,- kichik kulgi ila davom etti,- Meni rostan tanimadingmi Zuhaa?,

Kazuha

Tanish laqabni eshitgan qiz asta ortiga ogirildi. Uni faqat bir inson shunday chaqiradi. Albatta bu Sero.

-Sero?! Bu nimasi? Men juda qo'rqib kettim axir,- Kazuha qizni sumkasi bilan ura boshladi.

Sero

-Hoy bo'ldi og'riyapti... ammo qanday titraganingni bir ko'rganingda edi,- Sero o'zini kulishdan arang tiyib so'zladi.

-Bu kulgili emas,- Kazuha araz qildi.

-Men 3 yil deganda Koreaga keldim. Sen esa hatto eslamading. Bu esa jazo Zuhaa,

-Bu sovuq qurolni yoqtirmasting,- Kazuha qizni qo'lidagi to'pponchaga ishora qilib gapirdi.

Sero tezda qo'lidagi o'yinchoq to'ppanchani yaqindagi axlat chelagiga tashlab yubordi. Ikki dugona birgalikda mashinaga minishti.

-Aybingni yuvasan Zuhaa,

-Kelishtik, klubga boramiz. Sen esa yo'lda nimalar bo'lganini aytib berasan.

Sero rozi bo'lib boshini qimirlatib qo'ydi.


Jay
Taehyung