February 22, 2025

Senla men borman

Jungkook & Jadi

~~

Bu hayotda sen bo'lmasang menga ne hojat. Axir senla men borman. Sen mensiz yasharsan, ammo men sensizlikda yasholmayman.

~~

Qorong‘u kecha. Havo tunchalik sovuq, ammo atrofdagi xavf undan-da muzdek edi. Jadi tor ko‘chalardan yugurib borarkan, yuragi qattiq urardi. Uning atrofini o‘rab olgan qora mashinalarning faralari orasidan dushmanlarining sharpalari ko‘rinar, ularning qo‘llaridagi qurollar chaqnab ketardi.

— Qochadigan joying yo‘q, Jadi! — deb qichqirdi ulardan biri.

Jadi lablarini tishlab, orqaga bir qadam tashladi. "Tugadi..." degan o‘y kechdi miyasidan. Ammo birdan quloqni yirtilib ketgudek qiluvchi motor ovozi eshitildi. Ko‘chalarning chuqurligidan kimdir shiddat bilan yaqinlashardi. Va shunda...

— Uzr, lekin men sening do‘stlaringni yoqtirmayman, — deya jarangladi tanish ovoz.

Jungkook qora mototsiklda paydo bo‘ldi. U bir lahza bo‘lsa ham, ko‘zlarini Jaddian uzmadi. Keyin esa rulni o‘ngga burib, uni qo‘liga olib, tezlik bilan orqaga haydadi. Dushmanlar chinqirib, ularga o‘q uzishga ulgurmay qoldilar.

— Qani, qayerga olib ketay? — dedi Jungkook shamolda o‘zini yo‘qotib qo‘ymay.

Jadi o‘zini tez orada tiklab oldi va sovuqqon ohangda javob berdi " Biror joyga olib boraver, faqat uzoqroqqa"

Jungkook odamlar deyarli yashirmaydigan qandaydir g'alatiroq joyga Jadini olib keldi so'ngra biroz o'ylanib savol berdi

— Aniq shu yerda qolmoqchimisan? Uy manzilingni ayt olib borib qo'yaman — so‘radi u shunchaki, ammo ovozida nimadir bor edi.Jadi undan ko‘zini olib qochdi.

— Ha aniq shu yer. Yo'lingdan qolma — dedi va asta pastga tushib. Jungkook hech narsa demadi. Ammo mototsiklidagi faralar yonib turarkan, uning nigohlari Jadaning soyasini uzoq kuzatdi.

~ Bir necha oy o‘tib... ~

Jungkook qo‘liga kelgan yangi buyurtmani ko‘rib, kulib yubordi.

— Jadi, Jadi... — dedi u o‘ziga.

U mototsiklini yurgizdi va tanish hududga yo‘l oldi. Kutilmaganda, u Jadining uyi oldida to‘xtadi. Eshik ochildi, va u eshik oldida turibdi.— Demak, bu sen ekaningni bilardim, — dedi Jadi jilmayib.

— Meni yana nima bilan lol qoldirmoqchisan?-dedi Jungkook uning qarshisida turib.

Jadi unga yaqinlashdi va xuddi oldingidek sovuqqon ohangda gapirdi:

— Menga mafiyada shiddatli odam kerak. Yaxshi haydovchi, jasur, ishonchli…

Jungkook bir oz unga tikildi.

— Yoki...?

Jadi jilmayib turib javob berdi:

— Balki, faqat seni yo‘qotishni xohlamaganim uchundir...

Jungkook bir lahza jim qoldi, keyin esa kulib qo‘ydi.

— Demak, meni o‘zing bilan olib ketasanmi?

— Sen bo‘lmasang, mafiya unchalik qiziq bo‘lmaydi.

Jungkook lablarini tishladi va keyin sekin mototsikliga qo‘lini uzatdi.

— Unda, xohlasang... yana birga uchamiz!

Tassavur uchun
Jungkook
Jadi

Jadi va Jungkook shahardan biroz chetroqqa chiqqach, yo‘l bo‘yida to‘xtashdi. Mototsikl dvigateli asta tinib, atrof sukunatga cho‘mildi. Qorong‘u osmon ostida, shahar chiroqlari uzoq-uzoqlarda mayoqdek miltillardi.

Jadi yon-veriga qaradi. Bu joy unga yoqdi. Jimjit, sokin... Tashvishlardan biroz bo‘lsa ham uzoq.

— Ancha yaxshi joy ekan, — dedi u qo‘llarini cho‘ntagiga tiqib.

Jungkook kaskasini yechib, yelkasiga osib qo‘ydi.

— Ha, dam olish uchun ayni muddao. Lekin men dam olishni yoqtirmayman, — deya yengil kuldi u.

Jadi unga qiziqsinib tikildi.

— Sen haqida hech narsa bilmas ekanman, — dedi u bir oz o‘ylanib. — Kim San , qayerdan kelgansan, qanday yashagansan...

Jungkook boshini biroz egdi, yerga qarab turib, og‘ir xo‘rsindi.

— Bilishing shart ham emas, aslida, — dedi u past ovozda.

— Lekin men bilmoqchiman, — dedi Jadi jiddiy ohangda.

Jungkook kulimsiradi. So‘ng asta mototsiklidan tushib, unga yuzlandi

— Yaxshi. Hamma gap shundaki... men mehribonlik uyida katta bo‘lganman. O‘sha joyda hayotimning 18 yilini o‘tkazdim. Keyin esa ular shunchaki meni tashlab qo‘yishdi. Yigirma ming won va "endi o‘zing bilasan" degan gap bilan kuzatishdi.

Jadi jim qoldi. Ko‘zlarini unga tikib, ich-ichidan nimadir g‘ashini keltirgandek tuyuldi.

— Qanday qilib omon qolding?

— Ishlashdan boshqa choram yo‘q edi, — dedi Jungkook yelka qisib. — Buyurtmalar yetkazib, mayda-chuyda ishlar bilan shug‘ullanib yurdim. O‘zimni boqish uchun yetarlicha topdim.

Jadi uning qo‘llariga qaradi. Kuchli, qattiq, ammo charchoq sezilarli edi.

— Mototsikl-chi?

Jungkook jilmayib yubordi.

— Yoshligimdan qiziqardim.

Ishlaganimdan keyin pulni yig‘dim va o‘zimnikini oldim. Haqiqiy erkinlik degani shu, — dedi u mototsiklini ohista silab.

Jadi uzoq nafas oldi. Keyin esa nigohlarini uzoqlarga qaratdi.

— Oilang haqida hech narsa bilmaysanmi?

Jungkook yelka qisdi.

— Go‘yo ular hech qachon bo‘lmagandek. Yer yorilib, ichiga kirib ketishgan.

Jadi unga tikilib turdi. Qandaydir achinish emas, balki tushunish bor edi uning ko‘zlarida.

— Odamzot g‘alati... — dedi u past ovozda.

Jungkook yengil kulib yubordi.

— Ha, shunaqa. Lekin men o‘zimni yetarlicha yaxshi boqaman. Yakka-yolg‘iz bo‘lish ham yomon emas.

Jadi chuqur xo‘rsindi. Keyin unga qarab jilmaydi.

— Odamzot g‘alati... — dedi u past ovozda.

Jungkook yengil kulib yubordi.

— Ha, shunaqa. Lekin men o‘zimni yetarlicha yaxshi boqaman. Yakka-yolg‘iz bo‘lish ham yomon emas.

Jadi chuqur xo‘rsindi. Keyin unga qarab jilmaydi.

— Endi yolg‘iz emassan, Jungkook.

Jungkook unga tikildi. Bu gap shunchaki tasalli emasligini anglab yetdi. U kulib bosh chayqadi va yana kaskasini qo‘liga oldi.

— Demak, endi men mafiya odammanmi?

Jadi jilmayib qo‘ydi.

— Agar o‘zim bilan olib ketgan bo‘lsam, demak, sendan voz kechmoqchi emasman.

Jungkook mototsiklni yurgizdi va shay holatda unga qaradi.

— Unda... yana uchamizmi?

Jadi mototsiklga mindi va orqaga suyanib, yengil pichirladi

— Uchishni xohlasang istalgan vaqting uchamiz... - Jungkook jilmayib Jadiga qarab qoldi. Jadi ham uning o'rmon kabi qora va chuqur ko'zlariga tikilib go'yo o'rmonda adashib qolgandek yo'l izlab qarab qoldi.

~ 3oydan so'ng ~ Omertà( mafia qasamyodi)

Tun. Osmonda oy porlab turibdi. Yomg‘irdan keyingi havo salqin va toza. Hovlida bir necha kishi sukut saqlab turardi. Jungkook o‘rtada. Uning oldida esa Jadi.

Bu uzoq kutilgan lahza edi. Qasam ichish. Mafiya a’zosi sifatida tan olinishi.

Jadi unga tikildi. Uning nigohlarida qat’iyat bor edi.

— Tayyormisan? — deb so‘radi u sokin ovozda.

Jungkook chuqur nafas oldi va bosh irg‘adi.

— Ha.

— Bilasanmi, bu yo‘l oson emas. Bu yerdan qaytish yo‘q, — dedi Jadi jiddiy ohangda.

— Men hech qachon ortga qaytmayman, — dedi Jungkook qat’iy.

Jadi jilmaydi. Bu javob unga yoqdi. So‘ng yonidagilarga ishora qildi. Ular oldinga chiqib, Jungkookning oldiga kichik stol qo‘yishdi. Stol ustida qora pichoq va mafia ramzi tushirilgan qog'oz bor edi.

— Jungkook, bu yerda faqat kuchlilar yashaydi. Bu yerdagilar bir-birining oilasi. Sen ham endi o‘z oilangni topding. Lekin bir narsani unutma: bizga xiyonat yo‘q.

Jungkook buni yaxshi tushunardi. U bir necha oy davomida mafiyaning qoidalarini, tartibini o‘rgandi. Bu shunchaki guruh emas, bu oilaga aylangan odamlar edi.

Jungkook qasamyodni boshladi . Pichoqni o'ng qo'liga olib chap qo'lining jimjiloq barmog'ini qon chiqunga qarad biroz kesdi. Bu qon mafia oilasiga "Jon va tan bilan sodiq bo'lish" ramzi hisoblanadi. Qadaqdagi sharobga bir ikki tomchi o'z qonidan qo'shdi. So'ngra kisasida yondirgichni olib mafia ramzi tushirilgan qog'oz bo'lagini yo'qdi. Qog'oz yonib borarkan Jungkook shunday dedi: "Agar xiyonat qilsam, mening hayotim ham shu olov kabi yo'q bo'lsin" bu akt xiyonat jazosi o'lim ekanini anglatadi. Deyarli yonib bo'lgan qog'ozni ham sharob ichiga tashladi. So'ngra uni qo'liga ko'tarib " Men o‘z qonim bilan qasamyod qilaman. Bu oila uchun jonimni berishga tayyorman.Hech qachon bu oilaning sirlarini ochmayman va xiyonat qilmayman.Agar xiyonat qilsam, men va oilam qonga botib o‘laman." Deya butun hovli eshitadigan darajada baland tonda gapirdi. Hamma unga qarab turarkan qasamyodning deyarli yakuni yetgandi. Jungkook qadaqni qo'liga olib bir ko'tarishda sharobning barini ichdi. Qadaqning stolga qattiq qo'yilgandan jaranglab chiqgan ovozi jimjitlikga go'yo chiroy qo'shgandi. Birdan hamma qarsak chala boshladi. Endi qasamyodning so'nggi eng kulminatsion daqiqalariga yetib kelgandi. Hammaning ko'zi Jungkookda. Jungkook o'rnidan sekin turib bir aylanib hammaga ko'z tashlab chiqdi. So'ngra yana o'sha yo'g'on va baland ovozda " Endi meni Qora lochin deb chaqirsangiz bo'ladi " qatiyat va shijoat bilan balara aytdi. Mana qasamyod yakuniga yetdi.

~ 6 oydan so'ng ~

Jungkook tezligi va qobilyati bilan mafialar orasida ancha tez tanildi. Ko'pgina topshiriqlarni a'lo darajada yakunladi. Uning yangiligi uchun ko'pchilik uni o'ziga og'dirib olishgan ham urundi. Ammo bu ularning qo'lidan kelmadim. Jungkook aslida mafiaga nega qo'shildi. U boshida Jadiga nisbatan biroz qiziqish bordek tuyuldi ammo tayyorlov 3oyida shuni tushundiki bu oddiy qiziqish emas . Bu sevgi. Mana uning asl sababi.

Qarorgohda AQShdagi topshiriqni muvaffaqiyatli yakunlagan Jungkook ning sharafiga bazim o'tkazisharkan Jadi va Jungkook balkonda bir qadaq sharob bilan shirin suhbat qurishardi.

— Nega 1oy qolib ketding. Menga 2haftada qaytaman deganding - lablarini shishirib erkalanib gapirdi

— Ishlar men o'ylagandan biroz jigalroq ekan ammo meni endi sen bilanman Mana yoningda turibman - ikki qo'lini keng ochib qiz ga jilmayib qaradi. Jadi biroz uning bu holatiga tikilib turib so'ngra uni quchih oldi.

— seni sog'indim - qo'llarini qattiqroq siqib xuddi Jungkook qayergadir ketib qolayotgandek.

— Men ham sog'indim - Jading peshonasida qisqa o'pich qoldirib.

( chunmayotganlar uchun ular Jungkook AQShga topshiriq bilan ketishidan avval bir birga nisbatan sevgisini tan olishgandi. )

Jadi Jungkook ning bag'ridan chiqib unga tikilib turdi oy shulasi uning qop qora ko'zlariga tushib unga yana chiroy qo'shardi. Ikkisi bir birining ko'zlariga cho'kib ketgudek qarab turisharkan tuning go'zaligiga yanada chiroy qo'shishardi. Jungkook Jadiga sekin asta yaqinlashi bo'yi baravar egilib sekin uning ko'zlaridan nigohlarini olib lablariga qaratdi.

— Seni sevaman Jadi - deya lablarini qizning lablari ustiga qo'yib bo'sa ola boshladi unga Jadi ham javob qaytardi. qisqa bo'sadan so'ng lablar uzuldi. Jadi Jungkookning ko'zlariga tikilib

— Meni uchurib kelmaysizimi ancha bo'ldi uchmaganimga - jilmayib.

— sen xohlasang bas ketdikmi - Jadiga ketishga ishora qilib.

~~

Qora lochin kabi yo'lda uchib ketayotgan mototsikl da Jadi va Jungkook ketardi Jadi Jungkook belidan qattiq quchib olgan. Shunchaki shamol urilib odamni tinchlantirardi bu o'z gacha hotirjamlik o'zgacha zavq bag'ishlaydi. Jungkook yo'lga qarab ketarkan nigohi o'ziga tanish bo'lgan mashinaga tushdi. Mototsilkni kengroq va kattaroq bo'lgan maydonda to'xtatdi va ularni kutib turdi.

— Jadi ularni ko'rdingmi - qizga savola termulib

— Ha kamida 3ta mashina kelsa kerak bo'liga qistirilgan to'ponchani qo'liga olib men chap tomoni den esa o'ng tomoni hal qil markazga yaqin kela ko'ra

— Hop - Jungkook ham kisasidagi to'ponchani qo'liga olib. ( Jadi katta mafia shuning uchun Jungkook ga buyruq berdi )

– Uchta mashina, – pichirladi Jadi. – Birinchisida sardor bo'ladi, qolganlari esa uning odamlaridir.

Dushmanlarning mashinalari birin-ketin to'xtadi. Eshiklar qarsillab ochilib, qora kiyimdagi odamlar chiqib kela boshladi.

— Jadi va Qora lochin midi bugun tekshiramiz rostan ham lochin misan - gapining ko'ngida yengi ovoz chiqarib kulib qo'ydi

— Gap sotishga keldingmi - jadi jiddiy va kesatiq ohangda

— tis cho'kib yolvorganingda ko'ramiz shunday ohangda gapirarmikansan - huddiki hali jang boshlanmasidan hukum chiqargani Jadiga yoqnadi va o'zi jangli boshlashga qaror qildi. Birinchi o'q Jadining to'ponchasidan otildi.

O'q ovozlari quloqni qomatga keltirar, qorong'ulik ichida jang qizigandan-qizirdi. Jungkook o'ng tomoni o'z qo'liga olgan bo'lsa ham Jadidan ko'zini uzmasti. Markazda Jadiga qurolini o'qtalib tepkini bosishga shaylanib turgan usha Jadining ashadiy dushmanini ko'rdi. Lochin kabi Jadining yoniga kelib uni issiq bag'ri ostiga oldi. O'qling ovozi baland eshtildi. Jadi bo'lsa nima bo'lganini tushunmay turardi.

Qattiq zarbaga ham yiqilmaydigan yigit hozir yerda yotardi. Jadi dushmanlariga ham qaramay Jungkook ning yoniga tizzalab o'tirib ko'zi to'lib yosh kelardi. Mashinalarning to'xtaganda shinasidan chiqgan quloqa yoqmaydigan ovozi hammani e'tibor torti faqatgina Jadidan bo'lak uning fikru hayoli Jungkook da edi.

~ 30 minut avval ~

— Jake 6-trasaga kel Chan bizni jangga chaqirdi qolganlarni ham o'zing bilan olib kel

📞 hop hozir boramiz

Jungkook mototsilkni bir chekkaga qo'yib kisasidagi to'ponchani qo'liga oldi.

Comeback

Jake

— Jungkook! — Jadi o'zini uning yoniga tashladi. Qo'lidan qon sizib chiqardi.

— Men... yaxshi, — deb pichirladi u og'riqni bosishga urinib.

— Qimirlama hozir yordam keladi - ushlab turgan ko'z yoshlariga erkinlik berib

— Seni himoya qilmoqchi edim... — Jungkook yengil iljaydi, ammo ovozida og'riq sezilardi.

— Jadi ... Jadiyim ... - ovozi past va sust chiqardi holi qolmagan

— ha Jungkook nimadir demoqchimisan - unga yaqin kelib qo'lidan qattiq tutib turardi.bosh barmog'i bilan Jungkook ning qo'lini asta silardi.

— Dunyo qorong'u sen bo'lmasang gar,

Yasholmasman sensiz hatto bir kun ham. Sensizlik men uchun yakunimi gar,

Axir bu dunyoda Senla men borman.

Jadi hech nima demay yig'lardi. Jungkook qo'lini zo'rg'a ko'tarib Jadining yuzini asta silib ko'z yoshlarini artdi.

— Jadi seni sevaman - jilmayib ko'zlari sekin sekin yumilib

— Men ham sevaman Jungkook biroz chida iltimos uhlama - Jungkookning ko'zlari allaqachon yumulgandi. Jadi Jungkookni quchib bor ovozi bilan yig'lardi.

~ 2 yildan so'ng ~

Jadi oyna oldida oq libosda turarkan eshik ochilishi uni e'tibor tortdi. Birdan yuziga kulgu yugurdi. Yigit oyna oldiga kelib qizning yelkasiga qo'lini qo'yib

— bugun baxtli kuning kulib tur bari ortda qoldi. Hozir u kiradi - Jake jilmayib so'ngra chiqib ketdi.

Jadi uning kirishini kutib eshikka tikilib o'tirarkan eshik ochilib u kutgan inson kirib keldi jadi u tomon yugurib yelkasiga osildi u bo'lsa uni ko'tarib aylantirdi.

— Seni sog'indim ... - hali havoda turardi so'ngra bola uni yerga tushirdi

— men ham sog'indim sensizlikda ancha qiynaldim Jadiyim - ikki qo'li bilan yuzini nozik ushlab ko'zlariga tikilib

— Sen yo'qotib qo'yishdan qo'rqdim Jungkook - ko'zi yosh ga endi to'layotgandi

— bugun yig'la Mana qarshingda turibman yig'lama - bo'yi barobar egilib jilmayib qiz ha degandek boshini yengil silkib qo'ydi.

— Seni sevaman Jadiyim - sekin asta qarshisidan jilmayib turgan sizning lablaridan qisqa bo'sa oldi.

The endi!

Dunyo qorong'u sen bo'lmasang gar,

Yasholmasman sensiz hatto bir kun ham.

Sensizlim men uchun yakunimmi gar,

Axir bu dunyoda senla men borman

leora agreste

@crazy_fanfic uchun Leora Agreste tomonidan