Baxtim qaro boʻldimi ?
Ajoyib va bejirim qilib bezatilgan maxsus mehmonxona zalida hamma yoq taxt qilingan. Affitsantlar, oshpazlar, qoʻshiqchi va raqqoslar ham birday shay boʻlib, bazm boshlanishini kutmoqdalar. Bitiruv uchun ajoyib Oqshom uyushtirgan yoshlar birin ketin, eshikdan kira boshladi. Birinchi juftlik.... Ikkinchi juftlik.... uchinchi va toʻrtinchi juftlik.... birozdan soʻng Namjoon va Lianniye ham koʻrindi. Ohistalik bilan Namjoonga ergashib kelayotgan qiz Oqshom uchun atalgan Zaldagi bir nechta yoshlarga koʻz yugurtirdi. Boshini hiyol koʻtarib, koʻzlari bir insonni izlar ekan, Namjoon buni payqamay qoʻymadi.
Namjoon: Kimnidur qidirayabsanmi deyman?) Kinoyali bu soʻzdan keyin,
Lianiye: Hech kimni. Shunchaki juda chiroyli joy.) Namjoon indamay qoʻya qoldida, doʻstlari davrasiga borib qoʻshildi. Lianniye atrofga alanglar ekan, Shia kelib
Shia: Lia, keldingmi?
Lianiye: Ha keldim, Shia, bugun juda chiroylisan.
Shia: Tashakkur, sen ham hech qolishmaysan.) Liannie javoban mayin tabassum qildi.
Shia: Yuraqol, qolganlarga qoʻshilamiz.
Liannie: Sen boraver, men hozir orqangdan boraman.) Shia rozi boʻlib, qolgan qizlarga qoʻshildi. Liannie esa derazadan tashqariga chiqib, boʻshliq osmondan ayirib turadigan, taxmiman 80 sm uzunlikdagi panjara toʻsiqlari ustiga ikki qoʻli keng yoyib qoʻydi. Yon- atrofni kuzatib, bepayon osmonga hamohang tarzda sokin va viqorli turibdi. Koʻzi tepaga qaratilgan, qoshlari keng yoyilgan, koʻzlari dam pir-pirab qoʻyar, qizil boʻyalgan lablari, kipriklari qaltirashi, qirrali yuzlari hammasi juda chiroyli koʻrinadi. Lekin chuqur oʻyga botgan qiz, bilmagan holda koʻzlaridan bir necha tomchi yoshini oqqizib yubordi. Birdan orqadan,
_ Lia, bu yerda nima qilayabsan?) degan savol keldi. Liannie darxol endi chiqqan yoshlarini artib orqasiga qaradi.
_ M-minso? Men haligi... biroz havo almashtirish uchun chiqqan edim.
_ Yigʻlaganmisan? Nima boʻldi, Lia?
_ Shunchaki... Shunchaki biroz hayol surib qolibman.) Minso biroz oʻylanib, Lianniening oldiga kelib turdi. U ham Lianniega qoʻshilib, atrofni biroz kuzatdi. Minso yana aoʻz boshladi;
Minso: Lianie. Bilaman men senga Shia yoki Aerachalik yaqin emasman. Lekin, bu yerda men eng koʻp seni yaxshi koʻraman. Kollejimni oʻzgartirib, yangi kollejga birinchi kelgan kunim, faqatgina sen menga samimiy mubosabatda boʻlgan eding. Shuning uchun yolgʻiz yurmaslik uchun doyim seni ketingdan qolmay yurar edim. Sen ham hech oʻzingdan itarmading. Sen bilan birgalikda vaqt oʻtgan sari senga mehrim tushib qolaverdi. Shu bir yil ichida juda ajoyib dugonaga erishgan edim. Xatto hayotim davomidagi juda ajoyib dugona desa boʻladi... Sen bilan yaqin doʻst boʻlganimdan hech afsuslanmadim, Lia!) Minso samimy soʻzladi.
Liannie: Rahmat, Minso...) Liannie toʻlqinlanib gapirdi. Minso tutqichda turgan qoʻlini sekin, Liannie tarafga yoʻnaltirib, qoʻli ustidan qoʻlini qoʻydi. Unga qarab,
Minso: Liannie! Sen mening yaqinimsan. Shunday ekan, agar yolgʻiz qolsang, yoki suhbat qurish uchun sirdosh izlasang, men hamisha tayyorman. Agar xohlamasang, hech narsa dema! Mayli menga aytishing shart emas, lekin, iltimos, bunday oʻzingni qobigʻingga oʻralma... ) Minso jon kuydurib gapirdi. Lianniening yoshlangan koʻzlari bekorga emasligini tushungandi. Liannie bir dam unga qarab qoldi. Minsoning soʻzlari qandaydur unga oʻz ta'sirini oʻtkaza olgam edi. Minso hayolida yana unga qarab, aytmoqchi boʻlgan gaplarini ayta boshladi.
Pov Liannie: Minso... Sen shunchalar yaxshimisan-aaaa? Nega bunchalar yaxshisan? Nega?... Senga hozir hammasini, dilimdagilarni aytgim, bor ichimdagi gʻuborlardam halos boʻlgim kelayabdi. Hozir yolgʻiz oʻzim kimsasiz yerda paydo boʻlib qolsamu, baqirib xumorimdan chisam edi. Toʻyib yigʻlab olsam edi....) Zum deguncha shoʻylarni oʻylagan Liannie;
Liannie: Minso seni yaxshi koʻraman!...) deb yigʻlab yubordi. Piqqillab yigʻlayotgan qizni Minso bagʻriga bosib, tinchlantirishga urundi. Liannie ham uni bagʻriga goʻyo shoʻngʻiganday, oʻzini erkin his qildi. Shu ishni poylab turganday, yanada koʻz yosh ottilib chiqa boshladi. Issiq mehrda erigan qiz hpngrab yigʻlashga oʻtdi. Ikki dugonalar biroz bir-birlarini quchib turishdi. Bu borada Minsoning ham koʻzidan yosh tomdi... keyin Liannie Minsoning bagʻridan chiqib, egik boshini yana mislsiz osmontomonga qaratdi. Koʻz yoshlarini qoʻllarida artib, oʻzini oʻnglay boshladi.
Liannie: Rahmat senga Minso... ancha yengil tortdim. Yana iliq soʻzlaring uchun rahmat...(Lianniening ham soʻzlari samimiy chiqardi.) Sen eng zoʻr doʻstimsan!) Oxirgi soʻzini moʻltilab, boʻgʻzi alamga tiqilib gapirdi.
Minso: Rahmat, Liannie...
Liannie: Bilasanmi...? Namjoon bilan biz bolalikdan qalin doʻstmiz. Oilaviy doʻstligimiz tufayli, otalarimiz bizni unashtirib qoʻyganlaridan xabaring bor.
Minso: Haa.
Liannie: Namjoon, boshqa bir insonni sevadi.
Minso: Nimaaa?!.. Lekin, s-seen?..
Liannie: Menmi?(Lia bu safar labi cjetida tabasum qilib gapirdi.) Men Namjoonni yaxshi koʻraman va hurmat qilaman. Doʻst sifatida. U mening akam, doʻstim va ajoyib yigit...
Minso: Uni senga koʻngli isimasligidan qoʻrqayabsanm?
Liannie: Aslo unday emas. Aslida, men umuman boshqa narsa uchun yigʻlagan edim. Bundan 4 oy oldin qilgan xatoyim sabab...
Minso: Xato?... Qanaqa xatoni aytayabsan?
Flashback. 4 oy oldin
Liannie va Aera kollej bogʻida gazli ichimlik ichib oʻtirishibdi. Aera hech narsaga e'tiborsiz telefonini titkilasa, Liannie bir tarafga koʻzini poylab, yuragi taka-puka boʻlib turibdi.
U nigohlarini qadab turgan tomondan ikki yigit bir biri bilan suhbatlashib kelishar edi. Taehyung va SeokJin. Liannie ularni koʻrib, koʻzlari porlab ketdi. Baxtdan sarmast insonday, oʻzi bimagan holda yuzlarida keng yoyilgan tabasum joylashib oldi. Toʻgʻri Liannie tarafga qarab kelayotgan ikki yigitning faqat biriga jning quvonchi sababchisi edi. Taehyung...
Taehyung kelishgan, bosiq, oʻzini tutib olgan yigit. Jigarrang koʻzlari, oʻng koʻzining pastidagi holi, toʻgʻri va tekkis tushgan burni, nim pushti labi, qora qoshlari va ajoyibona tabassumi... bular shunchaki Lianniening yuragini shunchalar shoshirib qoʻyar ediki, Taehyungga sezdirmasdan uni kuzatardi.
Aera: Minso,shi.( ismini aytib chaqirganidan keyin hayollari tarqab, Aeraga qaradi)Yur, hozir dars boshlanadi.
Liannie: Yaxshi, yura qol) oʻrnidan turib, ikki yigit kirib ketgan tarafga kira ketishdi. Dars boshlandi. Lianniening hayollari darsda ham Taehyungni soʻzlar edi. Unga tikilib turgan qizni Taehyung payqab,
Taehyung: Nima?
Liannie: Nima?) Liannie tushunmagan holda Taenimg savoliga savol bilan javob berdi.
Taehyung: Nega unday qarab oʻtiribsan?
Liannie: Qaramadim.) Bolalarcha begʻubor gapirdi. Tae buni koʻrib,
Taehyung: Hha, shunaqami? Men notoʻgʻri koʻrdim shekili.
Liannie: Darsga tushunayabsami? Men umuman tushuna olmayabman.
Taehyung: Eshitib oʻtirsang tushunasanda.
Liannie: Taeeee! Yordam bera qol..) Taehyung Lianing bu soʻzlarudan keyin yoʻq deya olmay, aftini kulguli yarzda burishtirdi.
Tarhyung: Aysh, doyim senga oʻrgataman. Sen qiz, juda xumparsan. Bu ketishda universitetga qanday kirmoqchisan?) Tae jon kuydurib, Liani koyidi.
Liannie: Universitetgami? Amallab kirarman) deb oq tishlarini koʻrsatib tabassum qildi.
Tae: Sen amallab ham kira olmaysan.
Lia: Yonimda senday doʻstim bor ekan, albatta, buni uddalayman.
Tae: Lekin men oʻrninga imtihonga kira olmaymanda.
Lia: Seni kim kirasan dedi. Oldimda dalda boʻlib tursang boʻldi. Seni ishonching hammasidan kuchli.
Tae: Rostdanmi?) Mayin tabassumda soʻradi.
Lia: Yoʻq, yolgʻondan. Zumda erib ketganinichi buni.
Tae: Tentak) deb yana jilmaydi.
Tae: Qornim och. Seniki ochmadimi deyman?
Lia: Ochdi. Qolganlar kelsin birga oshxonaga tushamiz.
Tae: Yaaaa, seni doʻstlaringni jinim suymasligini bilasan, Lia.
Lia: Men rozi. Ketdik biror nima yeymiz) Lia ortiqcha qarshiliksiz, Tae bilan sinfxonadan chiqishdi. Oshxonaga tushib, patnisga birin ketin ovqatlarni joylab bosh joyga oʻtirishdi. Ikkisi ham ishtaxa bilan taom tanavvul qilayabdi. Liannie ora-orada Taehyungga qarab qoʻyar, ovqat yeyishini kuzatar edi. Taehyung bildirmay, lab chetida kulib qoʻydi.
Tae: Lia, ovqatingi sovutmoqchimisan?
Lia: Yoʻq, yeyabmanku.
Tae: Yeyaqol, katta-katta ye.( oʻzini ovqatidagi bir boʻlak goʻshni olib Lianing likopchasiga qoʻydi) Borgan sari ozib ketayabsan.
Lia: Tae, bu nimasi? Oʻzimni ovqatim borku?
Lia: Taeee..
Tae: Nima?
Tae: Lia bugun kino koʻrishga boraylik. Haligi kino vanihoyat chiqibdi.
Lia: Men roziman.
Tae: Har xolda anavi bekorchi, takasaltang oʻrtoqlaringdan ancha yaxshi.
Tae: Buni nima ahamiyati bor.
Lia: Tae, iltimos, kel shu mavzuni qayta koʻtaraverma.
Tae: Yaxshi, asosiysi, sen ulardek emassan. Samimy va sodda qizsan. Menga aynan shu hislating juda yoqadi.) Taehyungning bu soʻzlaridan keyin Lianniening ikki yuzi qizil boʻldi. Taehungning maqtovidan, yettinchi osmonga chiqqar darajada shod boʻldi. Ikkisi darslarni tugatib, Kollej binosidan chiqa boshlashdi.
Ikkisi piyoda suhbat qurib ketayotgan bir pallada, Lianniening telefoniga SMS keldi. Liannie ochib qarasa
" Lia, ketma, qayoqqa ketayabsan?"
" Tezroq tomga chiq, hammamiz shu yerdamiz" degam ikki xabar kelgan edi. Yoʻluda toʻxtab, " Oʻzlaring shu ishni qila qolinglar, hozir ishim bor edi" deb javob yozdi. Birozdan keyin javob keldi.
" Boʻlmaydi. Qanday ishing boʻlsa ham tashlab, kel. La'nati Jungkook shu yerda. Uni oʻzing bilasanku, keyin yomon boʻladi"
" Yana bechora Lilyni oʻrniga sen qolib ketmagin, kela qol" yana ikki bu xabar, Lianniening aftini oʻzgarishiga sabab boʻldi.
" Yaxshi, Shia, hozir men oʻsha yerda boʻlaman." Shunday deb yozdi. Keyin, Taehyungga yuzlanib,
Lia: Taeee, ming bor uzur, lekin bora olmas ekanman. Shuni ertaga qoldiraylik, maylimi?
Tae: Mayli, lekin qayerga ketayabsan?
Lia: Oyim yozdi. Singlim Soni bilan bir yerga borishimiz kerak ekan. Hafa boʻlma faqat hoʻpmi?
Tae: Nega hafa boʻlaman, Tentak? Bora qol.) Lia orqasiga qaytdi. Taehyungga yolgʻon gapirgani uchun oʻzini urushib ketar edi. Zinalar uzra koʻtarilib, va nihoyat, eng yuqori qavatga chiqdi. Soʻngra eshikni ochib tomga chiqdi. Tomda esa bir nechta yoshlar yigʻilgan edi. Jungkook Paxan edi. Bezorilar toʻdasi boshligʻi. Umuman tarbiyasi joyida emas. Kim koʻziga koʻrinsa, ustidan kulgan, urgan, shaxsiyatiga tekkan... Kollejda deyarli hamma uni koʻrsa hadiksiraydi. Ayniqsa, undan qattiq jabr koʻrganlar.
Yoni berida Jimin, Yoongi, Hoseok, Shia, Aera yana bitta ikkita bezorilar turibdi. Aslini olganda bular ham Jungkookdan anchagina qoʻrqadi. Shuning uchun ham toʻdasidan chiqib keta olishmaydi. Liannie sekin yurib kelib qolganlarga qoʻshilar ekan, Jungkook chimirilgan qoshgʻarini hammaga bir-ma bir yugurtirib chiqdi.
Jungkook: Demak, hammamiz shu yerdamiz.( ana endi boshlasak boʻladi degandek gapirdi. Yonidagi boshini egib, ikki yelkasini qisib, qoʻrqib turgan qizga qarab) Yoqimtoy Lily ham shu yerda.)dedi. Bu safar gʻaraz niyyatli koʻzlari bilan kulib qaradi. Qizni esa qoʻrquvi oshib, yigʻlab yubordi. Buni sezgan Jungkook
Jk; Yaaaaa, bu nimasi?) Bir qoshini koʻtarib gapirdi hamki, qiz shoshib chap qoʻlida koʻz yoshini artib, qoʻlini qovushtirib oldi. Jungkookka qarashga jur'ati yetmaydi ham. Jungkook indamay, kulib qarab kuzatib turdi. Hama indamay, nima qilishiga qarab turibdi. Liannie esa, hammadan orqaroqda hech kimga halal bermay turibdi. Hayolida tezroq shu ish tugasaku, shu balodan qochib uyiga ketsa.
Jungkook: Hoʻsh, Lily? Yana nega men haqimda boʻlar boʻlmas gaplar tarqatib yuribsan?) Jungkookning xotirjam, ammo, yeb qoʻygudek, zaxarli ovozi shu soʻzlarni aytdi.
Lily: M-men, hhh, mennn,
Jungkook: Xoʻsh, nima sen?) Bu safar Jungkookning ovozi koʻtarilibroq chiqdi. Qiz bundan oʻtakasi yorilay dedi.
Lily: Men hech narsa qilmadim. Men hech narsa qilganim yoʻq. Jungkokk, rostdan hech narsa qilmadim. Iltimos, ishon hech narsa qilganim yoʻq. Sen gaqingda hech nima tarqatmadim. Men hech narsa qilmadim) qiz tez-tez, tez aytishni aytgandek aytaverdi.
Lily
Jungkook indamay, bu holdam rohat olishni voshlayotgan edi. Birdan yigʻilganlar ichidan bir qiz ovoz chiqarib kulib yubordi. Shu zaxoti, Jungkook oʻsha tomonga oʻqrayib qaradi. Oʻsha qiz ham shu zaxoti oʻzini kulgidan tiyib, yuzini yerga qaratib oldi.
Jungkook: Sen!
Qiz: M-menmi?
Jungkook: Qani oldirogʻimga kelchi.) Bu gapdan keyin qiz bir Jungkookka, bir yigʻilganlar qarab, Jungkookni oldiga keldi.
Jungkook: U yerga emas! Yana ham oldirogʻimga kel!) Jungkook har bir gapini ta'kid bilan gapirdi. Qiz koʻzlarini pir-pir ochib yumib, sekin yana ham oldiroqqa qadam tashladi.
Jungkook: Menga qara!) Qiz yuzini koʻtarib, Jungkookka qarashini bildi hamki, yuziga tarsaki kelib tushdi. Hamma bu holni indamay, kuzatdi. Qiz urilgan yuzini qattiq ushlab, yigʻlab yubordi.
Qiz: Kechir, Jungkokk, atay qilmadim. Iltimos...
Yoongi: Kim senga Jungkookning ishiga halaqit qil dedi? Oʻzinga oʻzing qilib olding.
Jimin: Qoʻying yigitlar, bizni arslonimizdan bechora qiz kaltak yeb qattiq qoʻrqib ketdi. Oʻzim uni yupatib qoʻyaman.
Hoseok: Jimin bas qil. Shia seni boʻgʻizlashga tayyor boʻlib turibdiya.
Yoongi: Jiminku, mayli. Bu bechora qiz tirik, qolmaydi, keyin.
Jimin: Yigitlar, menga yarashaveradi. Bu qizlar bilan biroz oʻynashamanda, Shia axir hayotim mazmuniku...
Jungkook: Pffff, boʻldi qil, endi, hammang!) Shunday deb boyagi qizga yana sovuq yuzi bilan qaradi.
Jk: Xoʻsh, yana birovni ustidan kuladigan boʻldingmi?
Qiz: Y-yoʻq.
JK: Agar yana bir martta, shu qizni ustidan kulganingni koʻrsam, ishon! Ayab oʻtirmayman.
Qiz: Hoʻp, Jj-junkookkk.
Jimin: Yaaa, bu nimasi? Nima deyayabsan?
Jungkook: Oshnaa, Bu Mittivoyni oʻzim har qancha hafa qilsam qilaman, lekin senlar emas. Axir, shaxsiy mulkimku) kulib gapirdi. Qolganalar ham indamay, uni gapink tasdigʻlab qoʻya qolishdi.
Birdan;
_Maynavozchiligingiz tugadimi?) Degan yogʻon ovoz. Hammani orqaga qarashga undadi.