March 24, 2019

Men nega ko'p vaqtimni unga arzimaydigan loyihalarga sarflayman?

Salom. Siz meni yaqindan taniysizmi? Unda yaxshi bilsangiz kerak, men doim oddiy loyihalar yarataman. Misol uchun auto pul ishlaydigan robot.

  • U nega kerak? - U botlardan pul ishlaydi.
  • Uni tuzish uchun qancha vaqt ketdi? - Taxminan 1 oy.
  • U orqali bir oyda o'rtacha qancha ishlash mumkin? - Eng kamida 100 rubl.

Bir oy vaqtimni shu 100 rublga sarflaymanmi? Yo'q! Men unchalik axmoq emasman :) . Men doim xizmatlarni free va premium versiyalarini taqdim etaman. Preimium versiyalar juda antiqa, kuchli va cheklangan hajmda sotiladi. Premium versiyalar qimmat bo'ladi, lekin ular orqali anchagina daromad olish mumkin. Ayni paytda yasayotgan auto pul ishlaydigan robotimni premium versiyasini sotib olgan mijoz bir oyda eng kamida 300 rubl ishlaydi. Shunchaki bir marta sotib oladi va ikki - uch oyda pulini to'liq chiqarib oladi. Keyin foyda ko'rishni boshlaydi.

P.S: Men har yangi loyiha yaratganda ularni premium versiyasini sotib oladigan doimiy 3 mijozim bor, ular qaysidir ma'noda fanatlarim)

Xullas mening ish tarzimni tushunib oldingiz deb o'ylayman. Men oddiy xalq uchun tushunarli bo'lgan kichik loyihalar tuzaman va ularni murakkablashtirishga qiziqqan kishilarga ularni murakkab versiyasini sotaman.