March 31, 2019

Qanday qilib 15 yoshimda 1 mln so'm ishlab topganim haqida

Men userbotlar yaratishni 2018 - yilning sentyabr oylarida boshladim. Men kichkina, foydasiz loyihalar yaratardim ammo shu loyihalar ortida mashaqqatli mehnat turardi. Yana men yosh havaskorlarga yo'llanmalar berib, ular bilan vaqtimni o'tkazardim. Ochig'i bu ishlarni nega qilayotganimni bilmasdim, chunki bu havaskorlar menga yoqmasdi. Ular hatto telefon qilib ham oddiy ishlarni qanday qilishini so'rashardi. Shu sababli men telefonimga kiruvchi qo'g'iroqlarni faqat o'z kontaklarimgagina amalga oshirish funktsiyasini yoqib qo'ydim.

Bir qancha vaqt o'tgach do'stim menga telefon qildi. Bir odam men bilan gaplashishi zarurligini, menga qo'ng'iroq qilib ulanaolmaganligini, ijtimoiy tarmoqlardan do'stlarim kontaktlarini topib ular orqali men bilan bog'lanmoqchi bo'lganligni aytdi. Men ham darrov u odamga qo'ng'iroq qildim. Sababi men bilan bog'lanish uchun shuncha harakat qilibdimi, demak unda qandaydir loyiha borligini tushundim va men o'ylagandek chiqdi.

U o'zining loyihasini, loyiha uchun unga birqancha dasturlar kerakligini, anashu dasturlarni men yozib berishimni istayotganini aytdi. U men o'ylagandan ancha ko'p narx taklif qildi. Men ham darrov rozi bo'ldim. Oddiy ish uchun u menga 200 ming so'm berdi va bu loyihani boshqalarga ham sotishim mumkinligini aytdi. Men bir qancha kanallarga bu dasturim haqida reklama berdim va yana 4 ta xaridorni o'zimga jalb qila oldim. Ular ham darrov bu dasturni sotib olishdi va men shu tariqa 1 mln so'm ishlab topdim. Dastur esa soddagina edi. Bu dasturni siz ham bilsangiz kerak, u AUTOREPOSTER USERBOT!