December 6, 2024

Pedagogik amaliyot samarali davom etmoqda...

BuxDU Tarix va yuridik fakulteti Tarix (yo'nalishlar va mamlaktlar bo'yicha) yo'nalishi II bosqich (qishki) magistranti Tog'oyeva Maftuna tomonidan joriy yilning 25-noyabr sanasida shu fakultetning 5-3 Tar-2024 guruh talabalari bilan Tarixiy geografiya fanidan "O'rta Osiyoning Chor Rossiyasi boshqaruvi davridagi tarixiy geografiyasi" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Darsda amaliyotchi magistrant Chor Rossiyasining O'rta Osiyoni istilo etishi, chegaralari, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va Turkistonda sovet hokimiyati va boshqaruviga qarshi olib borilgan milliy-ozodlik harakatlari haqidagi ma'lumotlarni slaydlar, videoroliklar, ilmiy adabiyotlar orqali talabalarga yetkazdi.

O'tilayotgan darsning samaradorligini oshirish maqsadida dars mashg'ulotida bir qancha zamonaviy metodlardan foydalanildi. Ayniqsa, "Bingo" metodi talabalarda chaqqonlik, darsda faollikni oshirish va ma'lumotlarni yaxshi esda saqlash imkonini berdi.

Ochiq dars fan o'qituvchisi B.M. Yo'ldosheva hamda boshqa kafedra o'qituvchilari tomonidan tahlil qilinib, ijobiy baholandi.

Pedagogik amaliyot davomida tashkil etilgan darslar amaliyotchi magistrantlar uchun katta tajriba bo'lib xizmat qilyapti.