October 8

Heart in autumn

мафтуна<<<

Erta tong, Park Yuna maktabga ketish uchun tayyorlanayotgandi. Sochlarini turmakladi, pardoz-andozlar qildi va maktabga ketti. Maktabga kelganda uning yaqin doʼsti Lee Nayeon uni kutib oldi: "Salom yaxshimisan? Seni juda ham sogʼinib kettim. Oʻzgarib ketibsan". "Shundaymi? Sen ham juda chiroylisan"-dedi. Ular darsga endi kirishmoqchi boʻlganda Nayeon uni toʻxtatdi? "Buni qara, ular kimlar?" Yuna ularni koʻrib jim boʻlib qoldi. Ularga qarab juda ham kelishgan yigit qarab kelayotkandi. U klassik uslubda kiyinib olgandir. Ammo Yuna ularga eʼtibor bermadi:
— Bunchalar kelishgan yigit boʻlmasa-ya - dedi Nayeon.
—Hoy bular shunchaki oddiy yangi oʻqituvchi boʻlsa kerak: dedi Yuna
— Nima qilibdi? Uni qara kelishganligini.
—Unga termulishni bas qil darsga kech qolamiz- deb Nayeon bn darsga bordi.
Yuna yoʻlakda turganida birdan chetroqda turgan oʻsha oʻqituvchiga koʻzi tushdi. Oʻqituvchi ham ham undan koʻzini uzmay qarab turgandi. Yuna unga qaramay dugonasi bn suxbatini davom ettirdi. Ammo yana oʻsha tomonga qaraganda , oʻsha yigit hali ham unga qarab turgandi. Yuna bundan juda noqulay boʻldi. Oʻsha tomonga qaramaslikka qancha harakat qilsa ham, baribir qarab yuborayotgan edi. Yuna bundan oʻzini gʻalati his qila boshladi . Va darsi tezroq boshlanishini duo qildi.
Darslar boshlanib Yuna sinfda oʻtirarkan, Nayeon bilan turli xil mayda-chuyda gaplarni gaplashib oʻtirishdi.
Tanaffusda yoʻlak boʻylab shoshilib ketayotgan ekan, oʻsha yigitga urilib ketdi, va biroz bir birlariga termulib qolishdi. Yuna u yerdan tezda ketib qoldi.
Darslar tugab maktabdan chiqib ketayotib oʻziga oʻzi shunday dedi: " Nega unday boʻldi, unga urilib ketgan paytim yuragim juda tez urib ketdi, qiziq nega bunday boʻldikan, yoʻlakda ham menga qarab turganida yuragim qinidan chiqib ketay dedi . Yoʻq yoʻq bemani narsalarni oʻylashni bas qil, axir men bitiruvchi sinfdaman bor e 'tiborimni oʻqishga qaratishim kerak . Yo xudoyim nega u menga bunday qaradi? " - deb tpirchilab ketdi.
Uyiga yetib kelganida kayfiyati biroz tushib ketdi. Uyining darvozasiga chamasi ikki daqiqa qarab turdi va chuqur nafas olib uyiga kirdi.
- Dadam qayerdalar? - deb xizmatkorga savol berdi.
- Hali ishdan kelmadilar- dedi xizmatkor.
- Agar kelsalar menga habar bering- deb xonasiga chiqib ketdi.
Xonasiga kirib oʻrniga yotib tepaga qarab bir nimalarni oylay boshladi va uxlab qoldi. Uygʻonganida esa vaqt allaqachon kech boʻlgandi. Uyqisrab xonasidan chiqib pastga tushdi. Toʻsattan otasi uyga kirayotganini koʻrib qoʻrqib shoshilib zinadan tepaga koʻtarilib, xonasining eshigini qulflab oldi, va chuqur nafas olib yana oʻrniga yotib uxlashga harakat qildi. U tomonga qaradi, bu tomonga qaradi baribir ham uxlay olmadi. Shu sabab u noutbukini yoqdida eng sevimli yigirmanchi asr qizi filmini tomosha qila boshladi . Yarim tungacha oʻsha filmni yigʻlab qayta-qayta koʻrib chiqdi.
- Yo xudo nega ular birga boʻlisha olmaydi? Nega uning sevgilisi oʻladi? Axir uni shuncha yil umid bilan kutgan ediku-u-u-u - deb yig'lashni davom etdi va oʻsha joyning oʻzidayoq noutbukini quchoqlab uxlab qoldi. Ertalab uni Nayeondan kelgan qoʻngʻiroq uygʻotib yubordi: " Qayerdasan? Kelyapsanmi? Hozir dars boshlanadi "
- Nima?- dedida soatga qaradi. Soat allaqachon yettidan ellik daqiqa oʻtgandi. Yuna oʻrnidan darhol turib: " Hoy uxlab qobman-ku nega ertaroq uygʻotmading? "- deb baqirib berdi.
- Nima? Nega men seni uygʻotishim kerak? Shundoq ham oʻn marotaba qoʻngʻiroq qildim .
- Yaxshi hozir boraman - deb telefonni oʻchirdi .
Oʻrnidan turib tapur-tupur qilib tayyorlanishni boshladi . Tayyor boʻlgach uyidan chiqib ketayotganda otasi uni toʻxtatdi .
- Manabu pullarni ol, meni bezovta qilib pul soʻrama chunarlimi? - deb uyidan chiqib ketdi . Yuna esa otasini gapidan biroz kayfiyati tushib ketdi, biroq shuncha pulni koʻrib kayfiyati darhol koʻtarildi. Yoʻl boʻylab yugirib ketayotgan ekan, yonidan bir doʻkon chiqib qoldi.

Park Yuna