..
Erta tong, Park Yuna maktabga ketish uchun tayyorlanayotgandi. Sochlarini turmakladi, pardoz-andozlar qildi va maktabga ketti.Maktabga kelganda uning yaqin doʼsti Lee Nayeon uni kutib oldi: "Salom yaxshimisan? Seni juda ham sogʼinib kettim. Oʻzgarib ketibsan". "Shundaymi? Sen ham juda chiroylisan"-dedi.
Lee NayeonUlar darsga endi kirishmoqchi boʻlganda Nayeon uni toʻxtatdi? "Buni qara, ular kimlar?" Yuna ularni koʻrib jim boʻlib qoldi. Ularga qarab juda ham kelishgan yigit qarab kelayotkandi. U klassik uslubda kiyinib olgandir. Ammo Yuna ularga eʼtibor bermadi:
— Bunchalar kelishgan yigit boʻlmasa-ya - dedi Nayeon.
—Hoy bular shunchaki oddiy yangi oʻqituvchi boʻlsa kerak: dedi Yuna
— Nima qilibdi? Uni qara kelishganligini.
—Unga termulishni bas qil darsga kech qolamiz- deb Nayeon bn darsga bordi.
Yuna yoʻlakda turganida birdan chetroqda turgan oʻsha oʻqituvchiga koʻzi tushdi. Oʻqituvchi ham ham undan koʻzini uzmay qarab turgandi. Yuna unga qaramay dugonasi bn suxbatini davom ettirdi. Ammo yana oʻsha tomonga qaraganda , oʻsha yigit hali ham unga qarab turgandi. Yuna bundan juda noqulay boʻldi. Oʻsha tomonga qaramaslikka qancha harakat qilsa ham, baribir qarab yuborayotgan edi. Yuna bundan oʻzini gʻalati his qila boshladi . Va darsi tezroq boshlanishini duo qildi.
Darslar boshlanib Yuna sinfda oʻtirarkan, Nayeon bilan turli xil mayda-chuyda gaplarni gaplashib oʻtirishdi.
Tanaffusda yoʻlak boʻylab shoshilib ketayotgan ekan, oʻsha yigitga urilib ketdi, va biroz bir birlariga termulib qolishdi. Yuna u yerdan tezda ketib qoldi.
Darslar tugab maktabdan chiqib ketayotib oʻziga oʻzi shunday dedi: " Nega unday boʻldi, unga urilib ketgan paytim yuragim juda tez urib ketdi, qiziq nega bunday boʻldikan, yoʻlakda ham menga qarab turganida yuragim qinidan chiqib ketay dedi . Yoʻq yoʻq bemani narsalarni oʻylashni bas qil, axir men bitiruvchi sinfdaman bor e 'tiborimni oʻqishga qaratishim kerak . Yo xudoyim nega u menga bunday qaradi? " - deb tpirchilab ketdi.
Uyiga yetib kelganida kayfiyati biroz tushib ketdi. Uyining darvozasiga chamasi ikki daqiqa qarab turdi va chuqur nafas olib uyiga kirdi.
- Dadam qayerdalar? - deb xizmatkorga savol berdi.
- Hali ishdan kelmadilar- dedi xizmatkor.
- Agar kelsalar menga habar bering- deb xonasiga chiqib ketdi.
Xonasiga kirib oʻrniga yotib tepaga qarab bir nimalarni oylay boshladi va uxlab qoldi. Uygʻonganida esa vaqt allaqachon kech boʻlgandi. Uyqisrab xonasidan chiqib pastga tushdi. Toʻsattan otasi uyga kirayotganini koʻrib qoʻrqib shoshilib zinadan tepaga koʻtarilib, xonasining eshigini qulflab oldi, va chuqur nafas olib yana oʻrniga yotib uxlashga harakat qildi. U tomonga qaradi, bu tomonga qaradi baribir ham uxlay olmadi. Shu sabab u noutbukini yoqdida eng sevimli yigirmanchi asr qizi filmini tomosha qila boshladi . Yarim tungacha oʻsha filmni yigʻlab qayta-qayta koʻrib chiqdi.
- Yo xudo nega ular birga boʻlisha olmaydi? Nega uning sevgilisi oʻladi? Axir uni shuncha yil umid bilan kutgan ediku-u-u-u - deb yig'lashni davom etdi va oʻsha joyning oʻzidayoq noutbukini quchoqlab uxlab qoldi. Ertalab uni Nayeondan kelgan qoʻngʻiroq uygʻotib yubordi: " Qayerdasan? Kelyapsanmi? Hozir dars boshlanadi "
- Nima?- dedida soatga qaradi. Soat allaqachon yettidan ellik daqiqa oʻtgandi. Yuna oʻrnidan darhol turib: " Hoy uxlab qobman-ku nega ertaroq uygʻotmading? "- deb baqirib berdi.
- Nima? Nega men seni uygʻotishim kerak? Shundoq ham oʻn marotaba qoʻngʻiroq qildim .
- Yaxshi hozir boraman - deb telefonni oʻchirdi .
Oʻrnidan turib tapur-tupur qilib tayyorlanishni boshladi . Tayyor boʻlgach uyidan chiqib ketayotganda otasi uni toʻxtatdi .
- Manabu pullarni ol, meni bezovta qilib pul soʻrama chunarlimi? - deb uyidan chiqib ketdi . Yuna esa otasini gapidan biroz kayfiyati tushib ketdi, biroq shuncha pulni koʻrib kayfiyati darhol koʻtarildi. Yoʻl boʻylab yugirib ketayotgan ekan, yonidan bir doʻkon chiqib qoldi.
U biroz oʻsha doʻkonga qarab qoldi va dedi: " Yoʻq yoʻq, men darsga kechikyapman, ovqatlanishga umuman vaqtim yoʻq " - deb yoʻlini davom ettirdi . Ammo toʻxtab : " Axir meni qornim och-ku faqatgina suv olaman"- deb ortiga qaytib doʻkonga kirib ketdi.
Bir qoʻlida muzqaymoq, bir qoʻlida shirinlik, uning ustiga suv bilan buterburod ham olib maktabga kirib ketayotgan edi. Darsga shunday holida kirolmasligini bilib, chetroqda narsalarini yeb olishga qaror qilib chetroqqa oʻtmoqchi edi. Biroq toʻgʻrisidan kelayotgan kechagi yigit uni koʻrib hayron qoldi. Yunaning oʻgʻzi toʻla ovqat edi, shuning uchun u bundan juda uyalib ketib teskari qarab oldi. Yigit ham uni koʻrmaganlikka olib tez-tez yurib ketdi. Yuna bundan juda uyalib, qoʻlidagi bor narsasini yana oʻlziga solib darsga yugurdi.
Darsga kirganda yana oʻsha yigitni koʻrdi va hayajonlanganidan nima deyishini ham bilmay qoldi .
- Kirsam boʻladimi? - deb duduqlanib soʻradi.
- Hm... - deya bosh silkatib qoʻydi - oʻsha yigit.
Yuna partasiga xuddi yurishni bilmaydigandek qoqilib-qoqilib yurib bordi . Oʻsha yigit esa buni koʻrib labini chetida samimiy kulib qoʻydi va bir nimalarni gapirishda davom etdi. Yuna tushundiki u yigit mk dagi yangi ustoz edi. Yuna unga koʻzini uzmay qarab turdida, oʻzidan-oʻzi qoʻlini koʻtarib savol berdi.
- Siz bu yerda yangi oʻqituvchimisiz? - deya savol berdi.
- Haligi... Ha - deb koʻzlarini olib qochib hayajon bilan javob berdi va biroz jim turib yana gapirishni davom etdi.
Dars tugab tanaffuz payti oʻquvchilar yoʻlakda xonaga kirish uchun kutib turishar ekan, yuna sal uzoqroqda yana oʻsha yigitni koʻrib qoldi. Bu safar Yuna unday koʻzini uzmay unga qarab turdi . Uning oʻsha yigitga qarashi goʻyoki uni oʻldirishga tayyordek qarab turardi. Buni koʻrib oʻsha yigit koʻzini olib qochib uyoq buyoqqa qarashni qarashni boshladi. Birozdan soʻng qarasa Yuna hali ham unga xuddi oʻsha nigohlari bilan qarab turgandi. Bundan u oʻzini noqulay his qilib yonidagi odamga bir nimalar deb u yerdan ketib qoldi. Yuna ham bir-birlariga bunday qarab turganlaridan uyalib ketgandi.
Darslar tugab Yuna uyiga qaytayotganda otasini koʻrib qoldi. Otasi mashinasini toʻxtatib: " Maktabdan qaytyapsanmi? " - dedi
- Ha... - deb Yuna endi mashinaga oʻtirmoqchi boʻlganida otasi mashinani haydab ketib qoldi.
- Men ham oʻtirib olsam nima boʻlardi? Axir nariroqda uyimiz-ku , hatto mashinalariga ham oʻtirishim yoqmaydi. Ha mayli hechqisi yoʻq, oʻzim ketaman - deb Yuna yoʻlini davom ettirdi.
Uyiga kirganida hovlida otasini sigaret chekib turganini koʻrdi va otasi unga shunday dedi: " Mashinamga oʻtirib olishni bas qil " - deb jaxil qildi. Yuna hech nima demasdan xonasiga chiqib ketdi. U xonasida har doimgidek film koʻrishni boshladi.
Ertasi kuni dars boshlanishidan avval oʻsha yigit yana unga qarab turgandi. Buni Nayeon koʻrib dugonasidan bu haqida soʻradi.
- Nega u senga doim bunday qaraydi? Har doim koʻrganimda faqat senga qarab turgan boʻladi - dedi Nayeon
- Bilmasam. Men ham shunga hayronman - Yuna javob berdi
- Men aniq bilaman, menimcha sen unga yoqib qolgansan, boʻlmasam u senga bunday koʻzlar bilan qaramasdi.
- Qanday koʻzlar bilan?
- Qanday qanday ? Albatta sevgi koʻzlari bilanda senga qarashini qara qiziq uning ismi nima ekan-a?
-Boʻlishi mumkin emas, u menga toʻgʻri kelmaydi!
- Nega toʻgʻri kelmas ekan, axir kelishgan yigit boʻlsa , afsus meni oʻzimning yigitim borda .
- Ha... Juda ham kelishgan-da - deb ensa qotirib biroz unga qarab qoldi .
Tanaffus payti Yuna qoʻlini yuvish uchun hojatxonaga bordi, ammo u keyingi darsga shoshilayotgan edi. Shosha-pisha qoʻlini yuvib endi yugurib ketayotganda , yana oʻsha yigitga urilib yiqilib tushdi.
- Koʻzingizga qarab yurmaysizmi? - deb Yuna unga qaramasdan kiyimlarini toʻgʻirlashga tushib ketdi. Yuna uni yuzini koʻrgandan soʻng darxol uni tanidi.
- Axir bu siz, har safar menga olayib qarab turadigan yigit. Nega menga bunday qarayverasz, yoki nima qayerimdir kulgulimi tikilib turaverasiz.