The Creature
Fiona o'zini kelayotgan bo'ridan himoyalab, qo'llari bilan yuzini to'sib oldi. Va ko'zlarini qattiq yumib oldi.
*Bu mening so'nggi daqiqalarim. Hozir o'lsam kerak... Ammo yashashni xohlayman... Hech bo'lmasam bo'rilar qo'lidan o'lim topmay. O'limimni bunday tasavvur qilolmayman.
Tepadan qanotlarini qoqib pastga tushgan yigit, qanotlarini ikki marotaba qattiq qoqdi. Qanotlari shamolni keltirib chiqardi. Shamoldan va yigitning qattiq nigohlaridan qo'rqgan bo'rilar hali o'ljalariga erishmay turib, chekinishga majbur bo'lishdi.
Taehyung to'liq yerga tushmagan edi. Oyoqlari yerdan deyarli 10cm tepada turardi. Bo'rilar ketganiga ishonch hosil qilgandan keyingina u pastga to'laqonli ravishda tushdi va yerga qadam qo'ydi. So'ng qanotlarini yig'ib, qo'rquv ila qaltirayotgan qiz tomon o'girildi.
Qiz qo'rquvdan qaltirar, nima deyishni yoki qilishni bilardi. Hali yuzini to'sgancha, yerda o'tirardi.
Yigit u tomon qadam tashlab, uning tepasida turib, unga qarab turardi.
*Oldimga kimdur keldi. Bu...bu odam meni qutqardi. Ha... U sabab bo'rilar ketishdi. Ammo bu...bu kim? Qarashga ham qo'rqyapman...
- hey, - yigit qo'llarini ko'ksiga bog'lab, yuzini berkitayotgan qizga sovuq va chuqur ovozda gapirdi, - yana qancha shu holda turmoqchisan?
*Bu ovoz... Aka... nahotki bu akam bo'lsa... Meni akam qutqaradimi!?
- siz..., - qiz asta qo'llarini bo'shatib, yuzini ochar ekan qarshisida turgan insonni ko'rib hayratda edi, -...aka...
Qizning tilidan faqat shu so'zlar eshitildi holos. Keyin esa u Taehyungga yaqinlashaman deb, turmoqchi bo'ldi. Ammo oyog'ini qayirib olgani sabab, yana joyiga o'tirib qoldi.
- ahhh, - Fiona yuzini burishtirib, oyog'ini ushladi.
- bu yerda nima qilyapsan?, - qizning holatini ko'rib, pinagini ham buzmay turgan yigit, qisilgan ko'zlar bilan qaradi.
- men..., - qiz esa yigitning kutilmagan va sovuq savolidan biroz hayratga tushdi.
- men senga atrofimda o'ralashma deganmidim? Yoki men bilan o'yin o'ynaging kelyaptimi?, - yigit har so'zida qizning bo'yi darajasida egilib, unga yaqinlashardi.
Fiona esa Taehyungni ko'zimga qaragancha, yo'q deb bo'sh silkadi.
- unda nega meni orqamdan yuripsan?, - Taehyung Fionaga yaqin kelib, uning iyagidan ushladi, - kim bilan o'ynashayotganingni bilasanmi?... Men oddiy odam emasman. Men mahluqman. Men bilan o'ynashishning oxiri yaxshilik bilan tugamaydi.
*Akam... Akamdan asar ham qolmagan. Mehribon va hushchaqchaq emas. Sovuq, jiddiy va o'tkir nigohli... Huddi iblisga aylangan farishta kabi...
- siz mahluq emassiz..., - Fiona oyog'i qayirilgani va iyagi qisilganiga e'tibor bermay, Taehyungni ko'zlariga diqqat bilan qaradi. Huddi unga birornarsa demoqchidek. Yoki bilib olmoqchidek, - siz meni akamsiz...
- lanati, - Taehyungning jag'i tarranglashib, ko'zlari yanada qorong'ulashdi. Va Fionani iyagini qattiqroq siqdi, - Men! Men senga allaqachon akang emasmanligimni aytdim! Ammo sen hali ham meni akang deb hisoblayapsanmi?
- aka, nahotki shuncha o'tkazgan vaqtimizni eslolmayapsiz?, - qiz yigitning ko'zlaridan o'zinikini uzmay qarab turardi. Qiz ko'zlariga yosh to'layotganini his etsada, ularni tashqariga chiqishiga izni bermayotgandi.
- men. Sening. Akang. Emasman, - yigit har bir so'zlarini dona-dona va juda sovuq ovoz bilan talaffuz qildi, - men mahluqman. Ko'rmayapsanmi? Yoki ko'rmisan?
*Akamning har bir gapi yuragimga og'ir botyapti. Hanjardek sanchilyaoti. Ammo chidashim kerak... Akamni o'z holiga qaytarishim kerak...
Fiona hech narsa demay Taehyungni ko'ziga qarab turardi holos. Nima deyishni bilmasdi.
Taehyungni esa qizning hech narsa gapirmayotganidan jahli chiqa boshladi. Va birdan Fionani iyagini qo'yib yubordi.
- kel senga qanday mahluq ekanligimni, nimalarga qodir ekanligimni ko'rsataman...
- siz bunday qilolmaysiz, - Fiona hali ham o'tirgan holicha, joyidan qimirlamay turardi.
- hhhh, - Taehyung lab uchida iblisona jilmaydi, - nima uchun bunday deb o'ylayapsan?
- chunki..., - Fiona biroz to'xtab qoldi, - siz mening o'gay bo'lsada akamsiz...
- hmmm, - Taehyung yana kuldi. Ammo yuzi yanada qoralashib, jiddiylashdi, - senga shunday azob beramanki, qaytib meni aka demaydigan bo'lasan!
Taehyung Fionani yelkasidan ushlab,majburlab turg'izdi. Fiona oyog'i qaltirab, zo'rg'a turardi. Va oyog'i og'riganidan, biroz g'inshidi.
- aka, menga ishoning, siz mening akamsiz. Ammo bu narsani...nega eslolmayapsiz?, - Fiona orada g'inshib gapirardi.
- bo'ldi. Meni sabr kosam to'ldi. Hoziroq senga qanday mahluqligimni ko'rsataman, - Taehyung Fiona qo'llariga ko'tarib olib, osmonga ko'tarildi.
Fiona esa bo'lgan ishlardan qo'rqib, tezlikda Taehyungning bo'ynidan qo'llarini o'rab ko'zlarini yumib oldi.
- qo'llaringni ol!, - Taehyung osmonda muallaq holda qanot qoqib turarkan, qo'rqayotgan qizga qarab, buyruqli ohangda gapirdi, - men senga, menga tegishinga ruhsat bermadim!
- ammo, - Fiona ko'zlarini ochar ekan, balandlikdan qo'rqib, ko'zlarini qattiqroq yumib, Taehyungni yanada qattiq quchoqladi, - men...men yiqilib tushaman.
- menga farqi yo'q. Hoziroq qo'llaringni bo'shat!, - Taehyung hali ham qo'llarida Fiona ko'tarib turardi, - bo'laqol.
*Men...men qo'rqaman. Axir...axir biz juda ham balandlikdamiz. Agar sizni qo'yib yuborsam, yiqilamanku... Nima qilishim kerak...
Fion asta qo'llarini Taehyungning bo'ynidan bo'shatdi. Ko'zlari hamon yopiq holda... Qo'llarini bo'shatishi bilan ularni chaqaloq kabi ko'lsiga bog'lab oldi.
Taehyung esa qizni qo'rquvini ko'rib, birdaniga yo'nalishini pastga o'zgartirib, o'rmon ichida tezlik ucha boshladi.
Fiona esa qo'rquvdan titrab kelardi. Qo'rquvini bosish uchun hech narsani ushlab yoki bag'riga bosolmaydi.
Taehyung 5 daqiqalik parvozdan so'ng uncha katta bo'lmagan uy oldida to'xtadi. Qanotlarini yig'ib, Fionani pastga tushurmagan holda pastga tushdi.
Fiona to'xtaganini his qilib, ast ko'zlarini ochib, biroz qo'lini bo'shatdi. Qiz qayerga kelagnligini tushunmadi. Va bir eshikka, bir Taehyungga qarab qo'yardi.
- ...qayerga keldik?, - Fiona Taehyung qarab, tushunarsiz nigoh bilan savol berdi.
- uyimda, - Taehyung odatdagidek, sovuq va jiddiy ohangda javob berdi. Va Fionani ko'targan holda uy ichiga olib kirdi. Fiona esa uyni har bir burchaklariga qarab, uyni o'rganishga harakat qilardi.
Taehyung yuz ifodasini o'zgartirmay yotoqxonasiga kirdi. Va eshikni orqasidan yopdi.
- a-aka...nega meni bu yerga olib keldingiz?, - Taehyungning quchog'ida turgan qiz xona ichini o'rgangancha savol berdi. Ammo Taehyung hech narsa demay sovuq nigoh bilan yotoq tomon yura boshladi.
- aka..., - akasidan javob olmagan Fiona, yana bir bor uni chaqirdi.
- senga nechchi marotaba aytdim. Men sening akang emasman!, - bu safar Taehyungning ko'zlarini g'azab qoplab olgan edi.
Yigit qizni ko'targancha xonaga kirib, qizni yotoqqa tashladi. Va orqasidagi qanotlarini biroz yig'di.
- senga akang emasligimni tushuntirib qo'ymoqchiman.
- ammo...siz mening o'gay bo'lsada... akamsiz.
- senga rostdan ham yaxshilab tushuntirish kerakka o'xshaydi.
Yigit yotoq ustiga chiqib, qizni tagiga oldi. Qanotlarini yoyib qizni yon tomonlarini to'sdi. Bilaklarini ushlab boshini tepasiga o'tkazib, mahkamladi. Qizni oyoqlarini oyoqlari orasiga oldi.
- senga akang emasligimni yaxshilab tushintiraman qizaloq. Mahluq bilan o'ynashish qanday bo'lishini bilib olasan.
#Fiona
@Twins_fanfics