May 22, 2023

Bolalikdagi psixologik travmadan ham muhim muammo bor!

Oilada nizolar kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri bu har bir insonning o'zi yaratgan ideali mavjudligi va o’sha idealidagi hamda real inson bir-biriga mos kelmasligidir. Bu ideallik qayerdan keldi deyishingiz mumkin?! Buni biz o’zimiz miyamizda yaratamiz. Vaholanki bu ideallikka hech kim to’g’ri kelmaydi. Tog’ri kelishga ham majbur emas!

Haqiqat shuki - ideal urishmaydigan, talashmaydigan oilanining o’zi yo’q!

Sizga: - "Biz urishmaymiz, bizda hammasi zo’r, "chiki-chiki""- degan oilani ko'rganmisiz?

- Yo'q!

- Nima uchun ?

Chunki, unday oilaning o'zi yo'q.

Biz 7 yil psixologiya sohasida bo’lib shuni ko'rdikki, eng idealman degan oilalarda ham muammolar yetarlicha. Hattoki, o’zimiz er-xotin psixologlarda ham tushunmovchiliklar bo'lib turadi.

Sizga oddiy misolda tushintirishga harakat qilamiz. Oilangizda muammo bo’ldi: kelishmovchilik, urish-janjal, nizo, xafachilik, norozichilik va h.k. Shunday paytda agar siz o’zingizga o'zingiz haqqoniy bo’lmasangiz, barchasini ichingizda saqlasangizu tashqarida hammasi zo’r, ideal desangiz, siz ichdan yemirilib boraverasiz. Misol uchun kartoshkani olaylik. Agar u qopni ichida turaversa nima bo’ladi? O'zi chirip, qopniyam chiritip tashlaydi. Sizning oilangizdagi muammolar: norozilik, xafachiliklar ham faqat o’zingizni chiritadi.

O’zingizni o’zingiz anglamas ekansiz. Sizga hech kim hech qachon yordam bermaydi. Sizga qanchalik zo’r bilimlar berilmasin. Siz o’zingizga o’zingiz haqqoniy bo’lib o’zingizni holatingizni tan olmasangiz. Hech qanaqa natijaga erisha olmaysiz!

Oilani rivojlantirish - ayolning zimmasida!

Chunki, oilada energiya beruvchi hammani ruhlantiruvchi ayoldir!

Ahamiyat berib ko’ring, agar ayol kishining kayfiyati bo’lmasa butun bir uyga ta’sir qiladi. Bu holat ko’p takrorlanaversa farzandlarning o’sishi va ongining rivojlanishiga ta’sir qiladi. Chunki, ayol kishi hamma narsadan ta’sirlanadi.

Masalan, ayolda: yolg’izlik, keraksizlik, his tuyg’ulari bo’lsa, ayollar shu narsani o’ylab yuradi. Bu esa, munosabatga keskin ta’sir ko’rsatadi.

Qabul qilish nimaga ish bermayapti?

Siz juda ko’p psixologik kurs va treninglarga borgansiz! Nima uchundir qabul qilish ba’zi hollarda ish bermaydi?

— Tog’ri agar siz o’zingiz yomon ko’rgan insonni tan olib qabul qilsangiz, hammasi yaxshi bo'ladi, ko’rmaganday bo’lib ketadi deyishadi. Ammo har doim ham bu kutilgan natijani bermaydi. Siz qanchalik qabul qilmang, baribir eringiz yoki boshqa bir oila a’zoyingiz o'zgarmayotganday tuyuladi. Nega?

Sababi bu genetika bilan uzviy bog'liq.

Genetika haqida hali ko'pchilikda yetarli ma’lumot yo’q. Deyarli 99% insonlar hali buni bilishmaydi deyish mumkin. Shuning uchun odatiy kurslar sotib olib o’qisangiz, ular sizga davomiy natija bermasligi mumkin. Bu holatda genetika bilan ishlash kerak. Chunki bizda ajdodlarimizdan kelgan ma'lum miqdor gen mavjud.

Bizga genetika masalasida ko'plab mijozlar kelishadi.

Hozir sizga ulardan bir necha misollar keltiramiz:

Misol 1: Bitta mijozim bor edi, 5 marta turmushtga chiqqan. Bizning mentalitetda buni noto’g’ri tushinishadi, lekin agar erkak kishi bo’lsa oddiy holat. Bu mijozimiz nima sababdan bunday bo’lganini bilish maqsadida bizga keldilar. Ular bilan kvant bo’yicha razbor o'tkazdik.

Misol 2: Qiz voyaga yetdi. Turmushga chiqdi. Hammasi a’lo darajada edi. Erga tekkandan keyin, turmush o’rtoq ayolga mas’uliyatni berishni boshladi. Ayol, oila mas'uliyatini o'z bo'yniga olgandan keyin, itoatkor va mas'ulyatsiz erkak bilan yashashni xohlamadi. Ajrashib ketishgan. Keyin, ayol yana boshqa o'zi kutgan ko'rinishdagi erkakka turmushtga chiqdi. Oradan vaqt o’tib bu erkak ham ayolga bo’ysinishni boshlaydi, ayolning aytganini qiladi, unga butun mas’uliyatni topshirib qo’yadi. Uyda o’tiradigan va xotinidan qo’rqadigan bo’lib qoladi. Xullas, 6 marta shunaqa hodisa takrorlanaverdi. Eng qizig’i ularning orasida millioner erkak ham bo'lgan. Hammasi unga itoatkor bo’lib kelavergan. Nega bunday bo'lganini bilish uchun bizga murojaat qildilar. Biz ular bilan ishladik. Va buning javobi ham genetikaga borib taqalishini aniqladik.

Misol 3: Bitta klient keldilar 20.000$ qarzga botgan. Toshkentga ishlashga kelgan. Uyini sotgan. Umuman imkonsiz holatda edilar. Hayotlarida imkon topolmaganidan joniga qasd qilishga ham tayyor edi. Bu mijoz bilan kvant seans o'tkazganimizdan so'ng. Dadasi kelib qarzlarini to'lab bergan.

Genetika - bu o’tmishdagi vaziyatlarning hissiyotlari jamlanmasidir. Biz ichimizdagi o'g'riqlar bilan ishlaymiz, lekin genetikadan kelgan hissiyotlar bilan emas. Shuning uchun bizda xafagarchilik, pulsizlik, alamzadalik, munosabatda kelishmovchilik va h.k.lar bo’laveradi.

Hamma olayotgan bilimlaringiz, kouching, "razbor", raskopka hammasi hozir bilan. Ya’ni daraxt misolida oladigan bo’lsak mevaga qurt tushgan bo’lsa, uni olib tashlaymiz. Lekin biz hozirdan iborat emasmiz, hammamizning ildizlarimiz bor. Bu ildizlar bo’lmasa biz bo’lmas edik. Genetik hislaringizni tozalamas ekansiz hayotingizdagi muammolar takrorlanaveradi. Lekin afsuski Genetika bilan ishlaovchi mutaxassislar O'zbekistonda deyarli yo'q!

Jarohatni ustini yopish bilan tuzatib bo'lmaydi!

Sizga genetikani yaxshiroq anglashingiz uchun yana bir misol keltiramiz. Futboldan qiyos, futbolist yiqilganida unga darrov muz sepishadi va u o’yinni davom ettiradi. O’yindan keyin u 1 oy davolanadi. Siz ham odatiy kurslarda o'qiganingizda faqat hozirgi holatingiz bilan ishlash orqali o’zingizdagi muammolarga muz sepgan hisoblanasiz. Muz o’yin tugaguncha og'riqni bosishi mumkon. Lekin keyin og’riq yana boshlanadi. Sizda ham vaqt o’tgan sari norozichilik, nizo, xafagarchilik, pulsizlik, kelishmovchilik, kimgadir pul berib ololmaslik, ajrim, muammolar yana avj olaveradi. Buni hammasi siz hozir bilan ishlab kelganingiz uchundir. Hamma muammolaringizni sababi ildizi esa genetikaga borib taqalaveradi.

Biz shakllanishimizda ota-onamizni DNK xromasomalaridan tashkil topgan hujayralar orqali shakllanamiz. Hujayra nima? Hujayra 72% suvdan tashkil topgan hisoblanadi. Olimlar bugungi kunda isbotlashganki, suv o’zida informatsiya saqlash hususiyatiga ega. Demak, otangizdagi, onangizdagi barcha informatsiyalar - travmalar, kasalliklar, qo’rquv, hissiyot barcha-barchasi sizga gendan o’tadi.

Savol tug’iladi: Eshitmaslik, infarkt, davleniya va boshqa kasalliklar gendan-genga o’tadimi?

Javob: To'g'ri sizning qaysidir ajdodingizda shunday muammo bo’lgan bo’lishi mumkin. Lekin, buni hech qaysi ajdodingiz yoki avlodingiz bilmasligi mumkin. Bunday kasalliklar siz negativ hislarga juda kirib ketganingizda sizda yoki farzandlaringizda paydo bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham genetik negativlardan xalos bo'lish shart. Bu muammolarni hal qilish uchun, genetikani anglash kerak.

Har bir insonning o'ziga xos genetik tarkibi bor, u ota-onasining genlari kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Inson genomi, ya'ni insonda mavjud bo'lgan genetik ma'lumotlarning to'liq to'plami, taxminan 20.000-25.000 gendan iborat. Bu genlar tanadagi hujayralar va to'qimalarning qurilish bloklari bo'lgan oqsillarni kodlash uchun javobgardir.

Shunday ekan muammolar girdobidan chiqish uchun avvalo GENETIK DARAJADA POKLANISHINGIZ kerak!

- Genetikadan oʻtgan pulsizlik 

- Ota-ona oldida qarzdorlik hissi

- Erini urug’ini tan olmaslik 

- Chuqur aybdorlik va gunohkorlik hissi

- Hayotidan doimiy qoniqmaslik, doimiy charchoqlar

- Xasislik va nafrat hislari

- Munosabatlardagi doimiy muammolar

👆 Ularning hammasi barakadan ayiruvchi sabablardir!