WAYU
Xorijiy ta'lim muassalari diplomini nostrifikatsiya qilish to'g'risida nimalarni bilasiz?
Ushbu postda siz kerakli hujjatlar, cheklovlar va nostrifikatsiyasiz qabul qilinadigan diplomlar haqida ma'lumotga ega bo'lasiz(pastdagi matn)
Maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiyalanadi:
-Xalqaro shartnomalar, Prezident hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida xorijiy davlatlarda ta’lim olgan;
-O‘zbekiston hududida faoliyat yuritishiga ruxsat etilgan xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan;
-Xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar)ga muvofiq vazirlik va idoralarning yo‘llanmalari asosida ta’lim olgan;
-Xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan ta’lim muassasalarida ta’lim olgan bitiruvchilarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlari.
Nostrifikatsiyalash uchun zarur hujjatlar:
-Hujjat egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
-Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va uning ilovasining asl nusxasi (o‘tilgan o‘quv kurslari va ularning hajmi, yakuniy baholar, amaliyot, kurs va bitiruv malaka ishlari ro‘yxati, o‘quv jarayonining boshqa bajarilgan talablari ko‘rsatilishi lozim); xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va uning ilovasining davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi;
-Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish talablari:
-Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni bergan ta’lim muassasasi o‘zi joylashgan davlatning vakolatli organlari tomonidan tan olingan bo‘lishi;
-Ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilgan davlatda tan olingan bo‘lishi;
-Ta’lim to‘g‘risidagi hujjat O‘zbekistonda amalda mavjud bo‘lgan ta’lim shaklida o‘qib olingan bo‘lishi;
Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning tan olinishi O‘zbekiston bilan davlatlararo bitimlarda ko‘zda tutilgan bo‘lishi zarur. Mazkur talablarga mos kelmaslik xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olmaslikka asos bo‘ladi.
2-post
Xorijda ta'lim olib, o'z bilim va ko'nikmalaringizni oshirmoqchimisiz?
Hozirgi kunda ko'pchilik yoshlar xorijiy universitetlarda tahsil olishni ma'qul ko'rmoqdalar. Ular uchun e'tiborga molik eng muhim jihatlarni siz bilan bo'lishmoqchimiz.
1.O'zingiz bormoqchi bo'lgan davlat tilini hech bo'lmaganda suhbat darajasida o'rganishga harakat qiling. Chunki barcha muqim yashovchi aholi ham siz o'rgangan(rus/ingliz/nemis) tilni bilmasligi mumkin.
2.Bo'lajak ta'lim maskaningiz, o'qishga kirmoqchi bo'lgan yo'nalishingiz haqida batafsil ma'lumot oling. Chunki aynan ushbu tanlovingiz kelajagingizga katta ta'sir o'tkazadi.
3.Konsalting xizmatidan foydalanganda faqat oldin tekshirilgan, ishonchli tashkilotlarga murojaat qiling. Hozirda bu sohada ham firibgarlar yetarlicha.
4.Agarda o'qishni tugatib O'zbekistonda faoliyat yuritmoqchi bo'lsangiz, tanlagan OTM'ingiz diplomini nostrifikatsiya qilish imkoni bor-yo'qligini tekshiring.
5.Va albatta o'qishga hujjatlarni vaqtliroq topshiring. Shunda imtihonlardan o'tish ehtimolingiz yuqori bo'ladi.
Ana endi o'zingiz sevgan universitet tomon yo'l olsangiz bo'ladi
3-post "Ta'lim olish eng arzon Yevropa davlatlari"
Xorijda ta'lim olishni istagan yoshlar, yaqinroq keling. Ushbu post aynan siz uchun!
Yevropada ta'lim olish, sayohat qilish va yangi madaniyatni kashf etish imkonini cho'ntakbop narxlarda taklif etuvchi universitetlarni siz uchun jamladik.(pastdagi matn)
Sapienza University of Rome/Italiya
Yillik ta'lim narxi - 1300-1500$
École Normale Supérieure de Lyon / Fransiya
Universität Freiburg/Germaniya
Scuola Normale Superior di Pisa/Italiya
4-post"Qozog'iston universitetlari haqida"
5-post "Mehnat migrantlari uchun 5 tavsiya"
O'z ish faoliyatingizni xorijda yuritmoqchi yoki chet elda ishlamoqchimisiz? Unda ushbu tavsiyalar siz uchun albatta foydali bo'ladi.
1.Ishga kirmoqchi bo'lgan xorijiy tashkilotingizning hujjatlarini o'rganib chiqing. Noqonuniy tashkilotlar bilan aloqa o'rnatmang.
2.O'zingiz borayotgan davlatning qonunchiligini o'rganing. Huquqlaringiz va mahalliy qonunlarni bilishingiz, sizga har qanday holatda yordam beradi.
3.Ish beruvchi bilan shartnoma qilishini talab qiling. Ish soatingiz, oylik maoshingizni oldindan belgilang.
6-post "Ingliz tilini o'rganish uchun foydali manbalar"
Ingliz tilidagi bilimlarini mustahkamlash yoki o'z darajasini yaxshilash istagi yoshlar uchun mutlaqo bepul 5 ta platforma.
Siz til o'rganishda yana qanday resurslardan foydalanasiz? Izohlarda qoldiring.(pastdagi matn)
Ingliz tilini o'rganishga mo'ljallangan eng taniqli ilova hisoblanadi. Til o'rganishni qiziqarli tarzda tashkil etishni istaganlar uchun ayni muddao. Ilova foydalanuvchilari yangi so'zlar va gaplarni o'rganish borasida o'zaro musobaqalashadilar. Ingliz tilidan tashqari 30 dan ortiq dunyo tillarini ham aynan Duolingo orqali o'rganish mumkin
BBC Britaniya radiostansiyaga qarashli ta'lim platformasi. O'rganish uchun materiallar maxsus kurslar shaklida jamlangan bo'lib, ingliz tilining barcha darajalari uchun mo'ljallangan. Platformaning gadjetlar uchun mo'ljallangan ilova shakli ham mavjud.
Yangi so'zlarni eslab qolishga mo'ljallangan eng mashhur ilova hisoblanadi. Ishlash sxemasi esa oddiy - sizga berilgan kartaning bir tomoniga inglizcha boshqasiga rus/o'zbek cha tarjimasini yozib chiqasiz. Ma'lum jamlanma yig'ilgandan so'ng, ilova sizga kartaning bir tomonini ko'rsatadi, siz esa uning orqasida(tarjimasi) qanday ekanini topishingiz zarur.
CELTA sertifikatiga ega tajribali ustoz Barno Askarova ingliz tili bo'yicha o'z tavsiya hamda bilimlarini ushbu sahifada ulashib boradi. Blog tili - o'zbek
Taniqli bloger Azam Qahramoniy ingliz tilining asl mohiyatini oddiy, xalqona tilda obunachilarga yetkazib beradi. Blog tilo - o'zbek
7-post "IELTS dan yuqori ball olish"
8-post "Rus tilida bilishingiz zarur bo'lgan iboralar"
1. Belgilangan ish vaqti nechi soat?
2. Oylik maoshim miqdori qancha? oyning qaysi qismida olishim mumkin?
3. Ish joyimga eng yaqin turar joyni qayerdan topsam bo'ladi?
4. Shahar markaziga qanday qilib metroda/avtobusda yetib olishim mumkin?
5. Eng yaqin do'kon qayerda joylashgan?
6. O'zbekiston elchixonasi qayerda joylashgan?
7. Qaysi bank pul o'tkazmasini amalga oshirish uchun qulayroq?
9. Hisobni olib kela olasizmi?
10. Eng yaqin do'konga qanday borsam bo'ladi?
11.Maoshimni qachon olsam bo'ladi?
14.Mana bu mahsulot necha pul turadi?
10-post "Musofir" Xayriya loyihasi
"Musofir" - O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan tashkil rtilgan xayriya loyihasi hisoblanadi.
Asosiy maqsadi xorijda mehnat qilayotgan va ta'lim olayotgan, yordamga muhtoj vatandoshlarimizga ko'mak berish bo'lgan loyihaga nafaqat O'zbekistonda yashovchi, balki xorijda istiqomat qiluvchi hamyurtlarimiz ham xayriyani amalga oshirishlari mumkin.
Loyihaning shaffofligini ta'minlash maqsadida assotsiatsiya saytida maxsus bo'lim tashkil etilgan.
Xayriya mablag'larini Payme, Oson, uPay ilovalari orqali amalga oshirish mumkin.