O'zbek shaxmatida qanday o'zgarishlar sodir bo'lmoqda? / O'zbek shaxmatida nima yangilik?
Xabaringiz bor 2024-yilning 4-oktyabrida O'zbekiston bosh vaziri Abdulla Nigmatovich Aripov shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi.
Federatsiya rahbari lavozimiga bosh vazir nomzodi yurtimizda shaxmatni yanada ommalashtirish, ushbu sportga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish hamda Olimpiadaga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish va prezident qarorida belgilangan vazifalarni to‘liq amalga oshirish maqsadida taklif etilgan.
Eslatib o'tamiz, Butunjahon shaxmat olimpiadasi 2026-yilda aynan O'zbekistonda o'tkazilishi belgilangan.
Keling, shu o'rinda ushbu intellektual sportning yurtimizdagi yaqin tarixiga nazar tashlasak.
Mustaqillikdan so'ng, 1992-yil Filippinning Manila shahrida o'tkazilgan 30-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O'zbekiston terma jamoasi 2-o'ringa sazovor bo'lgan.
2004-yilgi FIDE jahon chempionatida Rustam Qosimjonov jahon chempionligini qo'lga kiritdi.
Aynan o'sha yillarda tug'ilgan yosh shaxmatchilarimiz ham yuqori natijalarni yurtimizga olib kelishdi.
Nodirbek Abdusattorov - 2012-yilda 8 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Jahon kubogi g'olibligini qo'lga kiritdi. Shuningdek, 13 yoshida o'z reytingini 2500 dan oshirib, xalqaro grossmeyster unvoniga sazovor bo'lgan hamyurtimiz, 2021-yilda tezkor shaxmat bo’yicha jahon chempioni bo'ldi.
Javohir Sindarov esa 12 yoshida dunyoning birinchi eng yosh grossmeysteri sifatida o'z nomini tarixga muhrladi.
Shundan so'ng esa uzoq muddat o'zbek shaxmatida yorqin g'alabalar ko'rinmadi.
2022-yilda O'zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbariyati tarkibida bir qator o'zgarishlar amalga oshirildi. 24-may sanasida federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot saylov konferensiyasi o‘tkazilib, unda Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan Alisher Zafarovich Sa'dullayev shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi.
Aynan ushbu yilda Xitoyning Chennay shahrida o'tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida vakillarimiz munosib ishtirok etib, tarixda ilk bor chempionlikni qo'lga kiritishdi.
Shuningdek Afruza Hamdamova 2023-yili Italiyada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida 1-o'rinni, Nodirbek Yakubbayev Magnus Karlsen, Hikaru Nakamura kabi dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ishtirok etgan "Qatar Masters" musobaqasi va "Abu Dabi Masters" turnirida mutlaq g'oliblikni, Bahrom Bahrillayev 2024-yili Toshkent shahrida o'tkazilgan FIDE rapid va blits jahon chempionatida eng yuqori o'rinni egalladi.
Ushbu yilda o'tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida esa tarkibida Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboyev, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vahidovlar bo'lgan erkaklar terma jamoamiz munosib ishtirok etib, faxrli 3-o'rinni, Shamsiddin Vohidov o'z taxtasida oltin,Nodirbek Abdusattorov kumush, ayollar jamoasi a'zosi Nodira Nodirjonova kumush medalini qo'lga kiritishdi.
Joriy yilda o'tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida terma jamoamiz murabbiyi sifatida 14-jahon chempioni Vladimir Kramnik ishtirok etdi.
O'zbekistonda ilk bor dunyoning ekstra toifadagi shaxmatchilari ishtirokida o'tkazilgan "Uzchess Cup 2024" superturniri xalqaro miqyosda e'tirof etilgani yurtimizda ushbu sportga qaratilgan yuksak e'tiborni yana bir bor tasdiqladi. Qo'shimcha qilish joizki, turnirning "Masters" guruhida Nodirbek Yakubboyev, "Challengers" guruhida Shamsiddin Vohidovlar 1-o'rinni qo'lga kiritishgan edi.
Shuningdek, yurtimizda shaxmat sportini rivojlantirish, yoshlar o’rtasida keng targ’ib qilish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Uzchess” loyihasi ishga tushurildi. Ayni kunga qadar loyiha doirasida 1300 dan ortiq bepul videodarsliklar, xalqaro turnirlar strimlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa 100 mingdan ortiq obunachilar, YouTube kanalida umumiy hisobda 27 mln ko'rishlar soniga ega.E'tiborli jihatida Jahon olimpiadasi vaqtidagi Hindiston va O'zbekiston bahsida bir vaqtning o'zida 17000 dan ortiq umumiy hisobda 220 dan ortiq tomoshabin jonli efirni kuzatishdi.Bu ham shaxmatga bo'lgan qiziqish tobora oshib borayotganidan dalolatdir.
Bugungi kunda 2026-yilga olimpiadada ishtirok etuvchi 6ta jamoamiz (3ta erkaklar va 3ta ayollar) a'zolarining tayyorgarligiga e'tibor berish, shaxsiy murabbiylar bilan ta'minlash, hududlarda iqtidorlarni aniqlash, barcha hududlarda ko'plab Fide reytingli ochiq turnirlarni tashkil etish orqali o'zaro raqobatni kuchaytirish kun tartibida turgan masalalardandir.
Agarda sizda O'zbekistonda shaxmat sportini ommalashtirish, rivojlantirish bo'yicha g'oyalaringiz bo'lsa, quyidagi so'rovnomada o'z fikrlaringizni qoldirishingiz mumkin.