March 2

Uzchess

1.Rokirovka

Shaxmatda bir yurishning o'zida 2 ta sipoh bilan harakatlanish mumkin. Ha, bu yurishning nomi - rokirovka deyiladi.

Rokirovka shoh va rux o'rtasida boshqa sipohlar bo'lmaganda amalga oshirilib, qisqa (shoh va rux o'rtasida 2 ta xona) va uzun(shoh va rux o'rtasida 3 ta xona) bo'lishi mumkin.

Quyidagi holatlarda esa rokirovka qilish mumkin emas

1)Shoh va ruxlar yurishni amalga oshirgan bo'lsa

2)Rokirovkadan keyin shoh zarbaga uchraydigan bo'lsa

3)Shoh va rux o'rtasida o'zining yoki raqibining sipohi bo'lsa

4)Rokirovka paytida shoh hujum qilingan xonadan o'tadigan bo'lsa

Yana qaysi holatda rokirovka qilish mumkin emas? Izohlarda yozib qoldiring

2.Bir yurishda mot qiling

3.POT! Baribir yutolmadingiz

Shaxmat taxtasida Shohga hujum bo'lmagan, sipohlarning hech qaysisida yurish imkoniyati qolmagan holat - POT deyiladi.

POT-bu durang.

Asosan kuchsiz tomonda shohning o'zi qolib, kuchli tomonning shoshqaloqligi va e'tiborsizligi tufayli vujudga keladi. Potdan asosan mag'lubiyatdan qutulib qolish usuli sifatida foydalaniladi.

MOT emas POT bo'lib qolmaslik uchun g'alabingiz aniq bo'lsa ham e'tiborni yo'qotmang. Shaxmat - shoshqaloqlar o'yini emas

4.Bir yurishda MOT yoki POT bo'lishi mumkin bo'lgan kombinatsiyalarni sanang

5.Eng uzoq davom etgan shaxmat partiyasi qancha davom etganini bilasizmi?

Ushbu o'yin 1989-yil, Belgrad shahrida o'tkazilgan turnir davomida bo'lib o'tgan. Raqiblar Ivan Nikolich va Goran Arsovich o'rtasida o'tgan aqliy jangda ular naqd 269 ta yurishni amalga oshirishgan. Tasavvur qilyapsizmi?

O'yinning umumiy davomiyligi esa naqd 20 soat, 15 daqiqani tashkil etgan. Sizning shaxsiy rekordingiz qanday? Izohlarda qoldiring