October 6

Oʻzbekistonda oʻtkazilgan I II III Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi

2022-yil 22-26-mart kunlari birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi(TXIF-2022) boʻlib oʻtgan. Ilk bor oʻtkazilgan forum ishbilarmon doiralar tomonidan yuqori baholangan. Ushbu forumda dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 1,5 mingdan ortiq mehmonlar ishtirok etgan. Forumda Yevropa tiklanish va taraqqiyot prezidenti, Osiyo taraqqiyot banki prezidenti, Saudiya Arabistoni podshohligi investitsiyalar vaziri, Jahon savdo tashkiloti vitse-prezidenti kabilar qatnashgan. Forum doirasidagi taqdimotlarda Oʻzbekistonning turli tarmoqlari va mintaqalarining sarmoyaviy va savdo imkoniyatlari, moliya bozorini rivojlantirish istiqbollari, mahalliy sanoatni modernizatsiya va raqamlashtirishga oid chora-tadbirlar ochib berilgan. Forum yakunida umumiy qiymati $7.8 mlrd.lik 105 ta hujjat imzolangan.

TXIF-2022
TXIF-2023

Ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiyalar forumi 2023-yilning 27-28-aprel kunlari Congress Hallda boʻlib oʻtdi. Forumda Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning investitsiya salohiyatini ochib berishga qaratilgan yalpi majlis, ekspertlarning 30dan ortiq bahs-munozaralari, panel munozaralari, davra suxbatlari boʻlib oʻtdi. Dunyoning 70 ta davlatidan 2,5 mingdan ortiq biznes va moliya sohasi vakillari ishtirok etgan. Tadbirda oʻzaro hamkorlik, xususan, Oʻzbekiston korporatsiyasi va korxonalari oʻrtasida savdoni rivojlantirish yoʻnalishlari muhokama qilindi. Yakunida esa qiymati $11 mlrd.lik 164 ta shartnoma va bitimlar imzolandi.

TXIF-2024

Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi 2024-yil 2-3-may kunlari boʻlib oʻtdi. Bu forum dunyoning 93 ta davlatidan 2,5 mingdan ortiq delegat va vakillarni yigʻdi. Ishtirokchilar orasida hukumat amaldorlari, korparativ rahbarlar va BMT, YETTB, OPEK va SHHT kabi xalqaro tashkilot vakillari bor edi. Tadbir Prezident nutqi bilan boshlandi, soʻngra bir qator munozarali sessiyalar va davra suhbatlari boʻlib oʻtdi. Ushbu sessiyalarning maqsadi Oʻzbekistonning toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi yutuqlarini yaxshilash boʻyicha fikr va rejalar almashish edi. Forum shuningdek, energetika, infratuzilma, turizm, qishloq xoʻjaligi, togʻ-kon sanoati va raqamli iqtisodiyot sohasidagi istiqbolli investitsiya imkoniyatlarini koʻrib chiqdi. NBT vakillari "Suvni boshqarish: davlat, biznes va jamiyatning roli", "Yashil energiya investitsiyalar: barqaror kelajakni yaratish" va shu kabi mavzulardagi panel sessiyalarida faol ishtirok etdilar. Yakunida qiymati $26,6 mlrd.ga teng kelishuvlar imzolandi.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak oʻtkazilayotgan xalqaro investitsiya forumlari oʻz natijalarini bermoqda. Taqqoslaydigan boʻlsak TXIF-2022 da qiymati $7,8 mlrd, TXIF-2023 da $11 mlrd, TXIF-2024 da $26,6 mlrd.lik shartnomalar imzolangan. Bu oʻtkazilayotgan forumlar mamlakat ishbilarmonlik muhitining yangi tendensiyalarini oʻrganish, Oʻzbekiston tadbirkorlarining keyingi avlodini shakllantirish va rivojlantirishda faol ishtirok etishga koʻmaklashish; iqtisodiyotni erkinlashtirish davlat dasturi haqida toʻliq tasavvurga ega boʻlish; mamlakatning va qoʻshni mintaqalarning biznes vakillari, moliyaviy va hukumat tuzilmalari bilan aloqalarni oʻrnatish; Markaziy Osiyo bozorlariga kirish uchun boshlangʻich nuqtaga aylanish kabi imkoniyatlarni yaratdi.