February 4, 2025

Shamollarda qolgan hislarim 

Hayotim endi oldingidek mazmunli emas. Endi quyosh avvalgidek nur sochmaydi. Qalbimdagi muzliklarni eritmaydi. Lekin nega... Nega men... Men qanday ayb ish qildim ?! Axir men ham insonman. Mening ham yuragim toshdan emas-ku. Meni insonligimni qachon his qiladilar. Axir men charchadim. Hammasini kulib yengishdan charchadim. Bardoshim yetmaydi.... ) bu hayotning zarbalaridan charchagan qiz koʻzlarida liqtoʻla koʻz yoshlari bilan yerga oʻtirib oldi. Osmonni qora bulut qoplaganiga hamda shamolning beayov esayotganiga qaramay yerga mushtlay boshladi. Ichidagi dardlari shunchalik yigʻilib qolganidan goʻyoki koʻzlariga dunyo tordek edi.

- Mona.... Mona ~ dugonajon bu yerda nima qilyapsan. Ustingni yupqaligini qara.. muzlab qolibsanku, qoʻllaringni qara. Usting ham yupun. Shifoxonadan aytmasdan ketib qolibsan ) dugonasiga zoʻrgʻa termulayotgan qiz uning qoʻllaridan ushlab oldi.

Sona

- Sona dugonajon yaxshi ham bu dunyoda sen bor ekansan. Agar sen boʻlmagningda hali hamon tushkunlikdan qutila olmay yurardim. Senga katta rahmat ) Mona soʻzlarini tugatib hushidan ketib qoldi. - Mona... Mona... Mona.. koʻzingni och ) Sona uning yuziga urar ekan Mona qilt ham etmay yotardi.

Mona

- Hhhyunjin.... Hyunjin tez-tez mashinadan tushing boʻling Mona xushiga kelmayapti) dugonasidan xavotirlangan Sona mashinada oʻtirgan Hyunjinni Monani yoniga olib bordi .

My husband Hyunjin 🤭

- Mona.. azizam nega bunday yotibsan. Senga nima boʻldi . Koʻzlaringni och . Azizam .... Oʻlma ) Monaning tanasi sovib ketayotganidan tashvishga tushgan Hyunjin uni dast koʻtardi-yu mashinaga olib bordi.

- Sona eshikni oching zudlik bilan shifoxonaga olib bormasak boʻlmaydi) mashinani ichiga solib mashinani tezligini oshirib shifoxonaga haydadi.

Bir soatlar orasida shifoxonaga yetib kelgach Monani belidan qoʻllarini oʻtkazib shifokorlarni zambilni olib kelishini ham kutmasdan ichkariga kirib ketdi.

- Yordam bering... Yordam odam oʻlyapti. Iltimos uni hayotini qutqarib qoling ) koʻzi toʻla yosh bilan registratsiyadan oʻtadigan joyda turgan navbatchi shifokorni yoniga bordi va undan yordam soʻradi . Shifokorlar zudlik bilan Monani zambilga solib , sunʼiy nafas beradigan sozlamani ulab jonlantirish xonasiga olib kirib ketishdi.

- Hyunjin Mona tirik qoladi bunga ishoning. U juda ham kuchli qiz. Hali u tuzalib ketadi ) oʻzining gaplariga oʻzi ishonmayotgan Sona jonlantirish xonasini eshigiga qarab qoldi.

- Mona.. Mona yaxshimi. Qani u? Qayerda ? ) Monaning ota-onasi qizining ahvoli ogʻirlashib qolganini eshitib uchib kelishdi. Afsuski Monaning ahvoli havas qilarli darajada emas edi.

- Koʻzingiz qayerda edi sizlarni. Mona chiqib ketmagunicha qarab turaverdingizmi? Qizimga bir gap boʻlsa mendan yaxshilik kutmang. Shifoxonani boshingizga qulataman) janob Kim qizining ahvolidan tashvishlanib shifokorlarga dakki berardi . Albatta bir insonning hayoti ustida gap ketganida hammasi jiddiy boʻladi .

- Mona xonimni yaqinlari hammangiz shu yerdamisizlar? Havotirga oʻrin yoʻq Mona xonim yana hayotga qaytdi. Faqat ozgina jonsiz . Nafas olishi ham sust. Lekin umidni uzmang. Hammasi yaxshi boʻladi. ) shifokorning gaplari havotirni oʻz boʻlsa-da soʻndirdi. .

- Sona Monani qayerdan topib keldingiz ? ) Kim xonim uni savolga tutdi

- Xolajon Monani bir yaylovdan topdik. Seulni chetidagi bir tepalik bor edi. Havo bulut boʻlishiga qaramay usti yupun holatda edi. Avvallari shamolni sevardi. Har shamol esganda koʻzlarida oʻt chaqnardi. Lekin boya unday emasdi. Madori qurib qolgan goʻyoki oʻlayotgan insondek koʻzlari soʻngandi. Yoninga borganimda bir-ikki soʻz aytishga ulgurdi xolos. Keyin xushidan ketdi . Hyunjin bilan uni tezlik bilan shifoxonaga yetkazishga harakat qildik. Yaxshiyamki oʻz vaqtida olib keldik .

- Hyunjin sizga rahmat lekin iltimos keting. Mona sizni koʻrishni istamaydi. Qizimga bir narsa boʻlishini xohlamayman. Oʻzingiz tushunasiz endi keting ) janob Kim Hyunjinni yelkasidan qoqib qoʻyib xotinini oldiga ketdi

Flashback 2 oy oldin.

– Ha, eshitayapman, – dedim nihoyat. – Nega soʻrayapsan?

U kulimsiradi, ammo nigohida gʻam bor edi.

– Hislar... – dedi u past ovozda. – Balki men qoldirgan hislarni ham shamol olib ketgandir.

– Ha, lekin ularni eslash ogʻriq keltiradi, – dedi u mayin. – Shamol hamisha oʻtib ketadi, ammo yuragingda qolgan hislar har safar yangi shamol esganda oʻzini eslatadi.

– Yoʻq, – dedi. – Chunki shamollarda qolgan hislarim – mening eng samimiy xotiralarim. Ular ogʻriqli boʻlsa ham, men o‘zimni o‘sha hislar orqali tanidim.

Shamol bizning suhbatimizni quchib olib, ufqqa tomon ketdi. Lekin u keltirgan hislar hamon yuragimda yashardi.

- Jake bilasanmi sen bilan birga boʻlsam qandaydir oʻzimni xotirjam his qilaman. Buni sababi nima ekana. Bilmaysanmi? ) sochlari shamolda uchib koʻzlarini toʻsiv qolgan Mona Jake tomon qarab turardi. - Gapirsangchi) deb turtib qoʻydi .

- Oʻylab qarasam mashinaga borib oʻtirishim kerak ekan ) deya ortiga oʻgirildi

- Seni bilmaydi deb oʻylaysanmi adashasan. Mona meni gapimdan soʻng mashinaga chiqishing kerakligi esingga tushib qoldiku) dedi va Monani qoshi chimirildi

- Sona dugonang qayerda ? Nega qoʻngʻiroqqa javob bermayapti ) Sona tomon oʻqqa oʻxshab savollar otilardi

- Prezident bugun Monaga dam olish kuniku. U dam olish kunlarida qoʻngʻiroqqa umuman javob bermaydigan odati bor. Oʻzim ham uni telefoniga zoʻrgʻa tushardim .

Prezident Cha Eunwoo

- Aha shunday deng bugun kechroq dugonangizni koʻrsangiz meni uyimga borishini ayting

- Min xonim kim bilandir prezidentni gʻiybatini qilyapsizmi?) ortidan kelgan savoldan doʻvdirab qoldi

- Aaa janob Hwang) uning qoʻqqisdan kelib qolganidan talvasaga tushib qolgan Sona nima deyishni ham bilmay qoldi.

Hwang In Yeop

- Yoʻq janob shunchaki shoshib qoldim. Ahaha ish joyimga borishim kerak edi kechirasiz ) deb taʼzim qilib aylanib oʻtib ketdi

To be continued 🦋