October 19

“Dushanba” kuni to‘g‘risida qiziqarli faktlar

"Samarqand yoshlari" gazetasi

Balki eshitgandirsiz, dushanba Oy bilan bog‘liq bo‘lib, "Dies Lunae" – lotinchadan tom ma’noda Oy kuni deb tarjima qilinadi.

YouTube dushanba kuni paydo bo‘lgan

Uning tug‘ilgan kuni - 2005 yil 14-fevral. O‘sha (dushanba) kuni YouTube domeni hayotga kirib keldi va ko‘plab odamlar hayotining bir qismiga aylandi.

Dushanba – yangi mashina sotib olish uchun yaxshi kun
Tadqiqotlar ba’zi odamlar dam olish kunlari avtomobil sotuvchilari uchun eng gavjum kunlari bo‘lishini hisobga olib, mashina sotib olishdan o‘zini olib qochishini ko‘rsatdi. Sotuvchilar ularga ko‘proq vaqt ajrata olishi hisobga olinganda, odamlar avtomobillarni dushanba kunlari sotib olishar ekan.

Biz unchalik g‘amgin emasmiz
Journal of Positive Psychology jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, dushanba kuni biz o‘zimizni ko‘proq qayg‘uliroq, noroziroq va hatto baxtsizroq deb hisoblar ekanmiz.
Aslida unday emas, tadqiqot bu kundagi kayfiyat ham haftaning boshqa kunlardagidan ko‘ra yomon bo‘lmasligini ko‘rsatdi.

Dushanba - onlayn xaridlar kuni
Ko‘pchilik onlayn xaridlarni aynan dushanba kuni amalga oshiradi.

Vaznimiz boshqa kunlarga qaraganda og‘ir
Kornell universitetining tortish sikli tadqiqotlariga ko‘ra, dushanba kuni vaznimiz boshqa kunlarga qaraganda og‘irroq bo‘ladi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki biz shanba, yakshanba kunlari mazali taomlarni iste’mol qilamiz, kam harakatlanamiz va ko‘proq dam olamiz. Ba’zilar hatto dushanba kunini sog‘lom turmush tarziga qaytish imkoniyati deb biladi.

Yurak xuruji kuni
“Yurak xuruji kuni” ham dushanba kuniga to‘g‘ri keladi, bu vaqtda yurak kasalliklari soni sezilarli darajada oshadi (o‘rtacha 20 foiz). Buning oldini olish uchun haftaning boshlanishi haqida kamroq tashvishlaning.

Dushanba unumli kun
Tadqiqotlar o‘rtacha dushanba va seshanba kunlari haftaning eng samarali kunlari ekanligini ko‘rsatdi.

Va’dalar kuni
Eng ko‘p va’dani odamlar o‘zlariga dushanba kuni berishadi. Hozirgacha odamlar dushanba kuniga qaraganda, haftaning boshqa kunlarida o‘z oldiga har xil maqsadlar qo‘yishga, o‘zini rag‘batlantirishga va yangi hayot boshlashga harakat qilgan emas.

Yangi rejalar
Tadqiqotlar sevimli teleko‘rsatuvingiz yoki yaxshi ko‘radigan filmingizni tomosha qilish, onlayn xarid qilish yoki keyingi ta’tilingizni rejalashtirish dushanbalaringizni sezilarli darajada yaxshilashi mumkinligini ko‘rsatdi.
Demak, agar ish joyingizda zeriksangiz, ko‘ngilsizliklardan qutulmoqchi bo‘lsangiz, dushanba kuni onlayn xarid qiling va kelgusi ta’tilingiz rejasini tuzing.