Endi chiqindidan qarzingiz bo‘lsa, “svet” uchun pul to‘lolmaysiz
"Samarqand yoshlari" gazetasi
Endi qattiq maishiy chiqindilar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan qarzingiz bo‘lsa, “svet” uchun pul to‘lolmaysiz. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil 4-yanvarda imzolangan “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5-sonli Farmoni 4-bandida belgilab qo‘yilmoqda. Endilikda chiqindilar uchun pul to‘lamagan uchun:
– 2024-yilning 1-iyunidan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida chiqindi xizmatlari bo‘yicha 6 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;
– 2024-yilning 1-noyabridan respublikaning barcha hududida chiqindi xizmatlari bo‘yicha 3 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;
– 2025-yilning 1-yanvaridan e’tiboran respublikaning barcha hududida chiqindi xizmatlari bo‘yicha 1 oylik qarzdorlik uchun elektr energiyasiga to‘lovni amalga oshirishda cheklovlar o‘rnatiladi.