October 17

DASTLABKI KUNDA 4777 NAFAR SAYLOVCHI MUDDATIDAN OLDIN OVOZ BERGAN

"Samarqand yoshlari" gazetasi

Bugun Yoshlar markazida Samarqand viloyati hududiy komissiyasi tomonidan jurnalist va blogerlar ishtirokida shu yilning 27-oktabr kuni o‘tkaziladigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi munosabati bilan anjuman tashkil etildi.

Anjuman davomida, viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Xo'jaqul Muhammadiyev saylov jarayonlariga qizg‘in tayyorgarlik ishlari amlaga oshirilayotganligi haqida gapirdi. Nutqi davomida: "9 kundan so‘ng 2024-yilning mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayoni bo‘lib o‘tadi. Bu jarayonga viloyatimizda ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Belgilangan tartiblarga muvofiq hamda komissiyaga taqdim etilgan hujjatlar asosida Samarqand viloyati hududida 1130 ta saylov uchastkasi tuzilgan va uchastka saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlangan. Barcha saylov uchastkalari binolarida komissiyalar faoliyatini amaldagi tartib-qoidalarga muvofiq amalga oshirishlari uchun hamda ovoz beruvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratilgan" - deydi u.

Shuni ham aytib o‘tish joizki, kuni kecha saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar 2024 yil 16-oktabrdan 23-oktabrgacha (shu kuni ham) soat 9:00 dan 18:00 ga qadar, dam olish kunlari esa soat 11:00 dan 17:00 ga qadar o‘z hududlaridagi saylov uchastkasiga borib, muddatidan oldin ovoz berishlari mumkinligi aytilgan edi. Shu sababdan 10 foizi miqdordagi saylov byulletenlari uchastka saylov komissiyalariga yetkazilgan. Viloyatimizdagi barcha saylov uchastkalarida ushbu jarayon boshlandi va dastlabki kunda 4777 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz bergan.