Mantiq maydoni

1. 5 ta ot 3 kunda 60 kg yem yeydi. 7 ta shunday ot 8 kunda qancha (kg) yem yeydi?

A) 216

B) 224

C) 232

D) 240

2. 5 ta nasos 3 soat davomida 27 metr kub suvni kanaldan tortib chiqaradi. 4 ta shunday nasos 5 soatda necha metr kub suvni tortib chiqaradi?

A) 30

B) 36

C) 40

D) 48

3. 100 ta chittak 100 kunda 100 kg don yeydi. 10 ta chittak 10 kunda qancha don yeydi?

A) 10 g

B) 100 g

C) 1 kg

D) 10 kg

4. Uzunligi 56 metrga teng bo‘lgan maktab koridorini bo‘yash kerak. Koridorning 22
metrlik qismini bo‘yash uchun 5,5 kg bo‘yoq sarflandi. Koridorning qolgan qismini bo‘yash
uchun necha kilogramm bo‘yoq kerak?

A) 6,5

B) 7,5

C) 8,5

D) 9,5

5. 18 ta ishchi ko‘p qavatli uydagi xonadonlarni 24 kunda ta’mirlaydi. Shu ishni 12 ta ishchi
necha kunda bajaradi?

A) 28

B) 32

C) 36

D) 40

6. Mushuk va quyon birgalikda 10 kg, it va quyon birgalikda 20 kg, it va mushuk birgalik-da 26 kg kelsa, it, mushuk va quyon birgalikda necha kilogramm keladi?

A) 29

B) 28

C) 27

D) 26

7. Quyidagi bog‘liqlikdan foydalangan holda noma’lum sonni aniqlang.
13 → 15 → 18 → 22 → ?

A) 27

B) 28

C) 29

D) 30

8. Quyidagi bog‘liqlikdan foydalangan holda noma’lum sonni aniqlang.
1 → 4 → 7 → 9 → ?

A) 10

B) 11

C) 12

D) 13

9. Mototsiklchi va velosipedchi bir tomonga harakatlanmoqda. Velosipedchining tezligi 12 km/soat, mototsiklchiniki 30 km/soat va ular orasidagi masofa 72 km bo‘lsa, necha soatdan keyin mototsiklchi velosipedchini quvib yetadi?

A) 1

B) 2

C) 3

D) 4

10. Velosipedchi 12 km/soat tezlik bilan Toshkentdan Yangiyo‘lga 2,5 soatda bordi. U shu masofani 2 soatda bosib o‘tishi uchun qanday tezlik (km/soat) bilan yurishi kerak?

A) 12

B) 13

C) 14

D) 15

11. Yo‘lovchi 3,6 km/soat tezlik bilan yurib, hamma yo‘lga 2,5 soat sarfladi. U 5 km/soat tezlik bilan yursa, shu yo‘lga qancha vaqt (minut) sarflaydi?

A) 108

B) 144

C) 192

D) 7,2

12. 2 soat 30 minut 3 sekund jami necha sekunddan iborat?

A) 90 003

B) 9 003

C) 903

D) 90,3

13. Uchta traktor uchun 2 kunga 90 litr yonilg‘i sarflaydi. 2 ta shunday traktor uchun 5 kunga
necha litr yonilg‘i kerak?

A) 120

B) 150

C) 160

D) 180

14. Ikki sonning yig‘indisi 51 ga, ayirmasi esa 21 ga teng bo‘lsa, shu sonlarni aniqlang.

A) 37; 14

B) 36; 15

C) 34; 17

D) 33; 18

15. Yaylovda qo‘ylar va g‘ozlar boqilyotgandi. Bola sanaganda ularning boshlari 30 ta, oyoqlari esa 96 ta chiqdi. Yaylovda nechta qo‘y bo‘lgan?

A) 10

B) 12

C) 14

D) 18

16. 800 kg mevaning tarkibida 80% suv bor. Bir necha kundan keyin mevaning og‘irligi 500 kg bo‘ldi. Endi uning tarkibida necha foiz suv bor?

A) 62

B) 64

C) 66

D) 68

17. Poyezdda 936 ta yo‘lovchi bor. Agar erkaklar soni bolalar sonidan 7 marta, ayollar soni bolalar sonidan 5 marta ko‘p bo‘lsa, poyezdda nechta ayol bo‘lgan?

A) 320

B) 360

C) 380

D) 400

18. Ahror bir son o‘yladi, bu songa 1 ni qo‘shib, so‘ngra uni 2 ga ko‘paytirdi, ko‘paytmani 3 ga bo‘ldi va bo‘linmadan 4 ni ayirdi, natijada 5 hosil bo‘ldi. Ahror qanday son o‘ylagan?

A) 7

B) 12,5

C) 13,5

D) 15

19. Ikki bo‘yoqchi 19 metr kvadrat bo‘lgan devorni ma’lum vaqtda bo‘yadi. Shuncha vaqt ichida 133 metr kvadratli devorni bo‘yash uchun yana nechta ishchi kerak?

A) 10

B) 12

C) 14

D) 16

20. Yilning qaysidir oyida uchta shanba kuni oyning juft kunlariga to‘g‘ri kelgan. Shu oyning 25-kuni haftaning qaysi kuniga to‘g‘ri keladi?

A) dushanba

B) seshanba

C) chorshanba

D) payshanba

Tayyorlovchilar: Yangiyo'l shahridagi "IBN SINO" ATM kimyo fani o'qituvchisi Ma'ruf TONGOTAROV va O'zMU kimyo fakulteti 2-kurs talabasi Ravshan MELIQO'ZIYEV

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

https://t.me/masofatalim