October 9

Qotilni seva olasanmi...?!

8-qism

"Qora o'yinchi"

O'rmonga tun kirishi bilan, unda sirli tungi hayot jonlandi. Sassiz harakatlanuvchi hayron va hashoratlar yashab qolish uchun kurashishardi bu zulmatda.

Huddi o'rmonning eng quyi qismidagi uycha ichidagi odamlar kabi...

Qarshisidagi insonni bir ko'rishda eslagan qiz, zumda ikkilanib qoldi.

POV Aureus
Axir bu....yo'q buni iloji yo'q. U bo'lishi mumkin emas.

Taehyung ming bir hayol bilan, ularga o'tkiz ko'zlarini uzmay qaxr bilan qarab turgan erkakka tikilib turardi.

Erkakning sochlari tim qora rangda bo'lib, o'ziga g'ayratabiiy ravishda yarashib turardi. Uzun qora plashi uni yanada salobatli ko'rsatardi.

POV Taehyung
Qoidalarga ko'ra o'yin qatnashchilari o'yinchilarga hujum qilishi taqiqlangan. O'yinchilar uchun ham shunday. Ammo qora o'yinchining men bilan nima muammosi bor?

Butun bir o'yinning qarshi tomon boshqarivchisi bo'lgan, jang taqdirini hamisha soyadan hal qiladigan sirli va metin aql egasi bo'lgan bu yigit, bugun birinchi marta o'z chegarasini buzdi.

POV Amaru
Xato qildim... bu menga hos emasdi.

O'yladi o'sha g'azab aks etgan qiyofasida bilinmas qilib iljayarkan.

POV Amaru
Ammo... vaziyat shu tariqa davom etganda, bu lanat* meni hazinamga qo'l tekkizishi mumkin edi...😑

Nigohidagi aql bovar qilmas nafrat o'tini Taehyung tomon sochdi.

King Amaru

POV Taehyung
King Amaru-uni suratini faqat maxfiy hujjatlarda ko'rganman.

Taehyung: bu yerda nima qilyapsan?

Taehyung Aureusni ortiga yaxshiroq berkitdi.

Bu vaqtda esa Amaruning ko'zi Aureus va Taehyung ikkisining birlashgan qo'llariga tushdi. Taehyung esa qizni qo'lini bosim bilan mahkamroq ushladi.

POV Amaru
Aureus...hazinam meni. Va'da beramanki u senga butun bir boshli 567 daqiqa teginim turgani uchun albatta javob beradi... ungacha sabr qil.

Amaru: ogohlantiraman undan uzoq yur....

Ko'rsatgich barmog'i bilan qizni ishora qildi.

Amaru: ....Yo'qsa bu o'yinning keyingi qurboni sen bo'lasan!

Keyingi soniyalardagi chiroq miltillashi sabab u g'oyib bo'ldi.

Ammo...u aytgan so'zlar aniq va xonada haki ham uning qora aurasi bordek edi...

●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●

Aynan shu tunda. Shaharning shovqinidan tingan ko'chalarning biridagi qahvahonada Liliya kechgi osmonga tikilgancha o'tirardi.

Kech bo'lgani sari odamlar oqimi kamayib borardi. Tunni yarmiga kelib esa Sho so'nggi mijozlarni kuzatib, qahvaxona tashqarisidagi stullardan birida o'tirgan qizni oldiga bordi.

Liliya

Sho: qahvaxonani berkitaveraymi?

Liliya: ....ha

Sho rozilikni eshitgach burulib ketmoqchi bo'ldiyu, bir nima yodiga tushib qayrildi.

Sho: Anavi politsiyachini o'ldiraymi?

U e'tiborsiz javob berdi.

Liliya: shunchaki bu yerdan yo'qot.

●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●

O'rmon yoqasidagi yo'ldan RWD rusumli mashinasini yurib o'tardi. Uning ichidagi odamning yomon kayfiyatini sezmaslikning iloji yo'q.

Chap qo'lida ilgakli pichoqni o'ynagancha, o'ylayotgandi.

POV Amaru
Shaxsimni oshkor qilmaslik uchun ijtimoiy jamiyatda ko'rimsiz ishlar bilan shug'ullanardim. Masalan: Temirchilik va duradgorlik. So'nggi 3 yil ichida esa kichik ko'chalardan biridagi kutubxonada kutubxonachi bo'lib ishga kirdim. Odamlar deyarli kelmasdi. Ammo....bir qiz. U kutubxonaning doimiy mijozi va meni e'tiborimni torta olgan yagona ayol edi.

O'rmon yo'li

Alvon rangdagi sochlari va zangoti ko'zlari bilan menga tikilganda, shoshilib qolardim... Ba'zida esa qo'limdagi buyumlar tushib ketardi... Uni ko'rsam ko'nglim hotirjamlikni tuyardi. U sababgina shu ishda 3 yil qoldim. Uni ko'rish uchun...

Bir hafta muqaddam esa u yo'qolib qoldi. Boshimni qayga urishni bilmay qoldim... Izlay-izlay uni boshqasining quchog'ida topdim jin ursin*

Amaru asabiy jag'ini qisib qo'ydi.

POV Amaru
Hazinamni birovni qo'lida qoldirmayman....HECH QACHON!!!

Erkak yonidagi o'rindiq ustidagi tekefonini oldiyu, kerakli raqamni terdi.

πŸ‘€: eshitaman

Amaru: ertagayoq oq tulpor o'yindan chiqishi kerak!

πŸ‘€: bajarildi deb hisoblang

●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●

Zulmat bosgan shahar bo'ylab, tong o'tarkan. Butun tabiat ahli va u bilan birga insonlar ham uyg'ona boshlashdi.

Hamma o'z yotog'ida qulaygina o'rnida uyg'onardi. Axlat qoplari ustida bir ahvolda yotgan yigit esa, bunday o'ylamaydi shekilli....

U azbaroyi badbo'y hid sabab uyqu aralash burnini jiyirib qo'yardi. Huddi shu yo'l bilan bu hiddan qutulmoqchidek. Lekin foydasi bo'lmasdi... birozdan so'ng boshi va bo'yni atrofidagi qo'shaloq og'riq bilan gavdasini zo'rg'a tikladi.

Min Yoongi (😍)

O'ziga kelishi uchun bir qo'lini chakkasiga qo'ydiyu, ikki marta qattiq silkidi. Ko'zlarini yarmigacha ochib, gandiraklagancha o'rnidan qo'zg'aldi.

Ammo soniya o'tmay, qayta o'tirib qoldi.

Yoongi: jin ursin*

Bir ammallab axlat qoplari yonidan uzoqlashgan yigit og'ir va chalkash qadam tashlardi. Lekin kayfiyati yaxshi.

Hushidan ketishdan oldin, uni hushidan ketgazgan odamdan sezdirmay yulib olgan tumorini qo'liga olgancha lab chetida jilmaydi.

POV Yoongi
Kalavani uchi qo'limda...g'altakni topsan bo'lgani...😏