O'ldirish istagi❤️🔥
Qorong'u yerto'lada hatto bir siqim yorug'lik yo'q. Yerto'lani tashqi muhit bilan bog'lovchi birorta tirqish topilmasdi. Yerdan shu qadar badbo'y hid kelardiki, bunga chidashning iloji yo'q.
Xonada sukunat hukm surardi. Toki xonaning markazidagi zanjirlangan yigit uyg'onmagunicha. Zanjirlar bir uchi shiftga mahkamlangan va ikkinchi uchi yigitning ikki qo'liga kishanlang. Endi bu yerdan zanjirlarning jiringlashi eshitila boshladi.
🧑🏻🦳-axxx boshim. Jin ursin men qayerdaman🗣/hali ko'zini ochmay baqirdi.
Pov🧑🏻🦳
Boshim qattiq og'riyapti. Bu yer qayer? Bu nimani hidi?🤢🤮
Ancha vaqtgacha xushsiz yotgan yigit ko'zlarini ochdi. Shu zahoti dimog'iga urilgan hiddan yo'tala boshladi. Xonadagi havo uning burni, og'zi va o'pkasiga o'tarkan, u tinmay tipirchilardi. Ko'ngli aynir, boshini har tomonga burib, toza havo topishga harakat qilardi. Y
Deyarli yarim soat mobaynida harakatlari besamar ketgach, sekinlasha boshladi.
Yana bir soatdan keyin ancha ko'nikdi. Barbir tomog'i achishardi. Bu hid yerdan kelayotgani uchun boshi og'risada yerga yotmadi.
Keyin ancha olisdan qadam tovushi eshitila boshladi. Qadamlar vaqt o'tgan sayin balandroq eshitilardi. Bu aniq poshnalarning tovushi edi. O'sha qadamlar bir zumga to'tadi.
👸🏻-Sim Sim ochil(Ali bobo va qirq qaroqchidan chopdim🪓🤣)
Zulmat bosgan yerga yorug'lik kirdi. Yigitning ko'zlari qamashdi. Yorug'lik keskin uning ko'ziga tushgani uchun, u tashqarini umuman ko'rolmadi. Faqat nurni va u bilan xonaga kirgan soyani ko'rdi.
O'sha soya yaqinlashib, ochgan eshigini yopti. So'ng ingichka ovozda ogohlantirdi.
Pov🧑🏻🦳
Bu qiz bolaning ovozimi?
Ovoz shu qadar chuqur va qat'iy buyruq ohangida ediki, unga bo'y sunmaslikni iloji yo'qdek go'yo. Yigit ko'zlarini yumdi.
Keyin u yumuq qovoqlari ichida ham atrof yorishganini his qildi. Keyin asta ko'zlarini ochdi.
Atrof faqat shaffof shishadan iborat. Shishaning ustini esa qizil rangli suyuqlik sachrab yotardi. Ya'ni qon. Qon uzoq vaqt o'z holatini saqlab turolmaydi. Shundan keyin qon aynib badbo'y hid chiqaradi. Aynan shuning uchun bu yer odam jirkanadigan ahvolda. Xona shishalari juda zich bo'lgani sabab hashoratlar ham bu yerga qon isini sezib kela olishmasdi.
Xonaning eshigini devorlar bilan adashtirib qo'yish hech gap emas. Sababi eshikni ichki tomonini xona devorlaridan farqi yo'q.
Yigit qarshisida unga jilmayib turgan qizni payqashi bilan bir bora ortga qalqib tushdi.